Nukus davlat pedagogika instituti
AMALIY MASHG‘ULOTNING TEXNOLOGIK XARITASI
Download 3.96 Mb.
|
-----ORFOGRAFIYA УМК 2020-2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini isloh qilish bo‘yicha ishchi guruhning xulosalari e’lon qilindi
AMALIY MASHG‘ULOTNING TEXNOLOGIK XARITASI
1-ilova Savol va topshiriqlar: 1995-yildagi yozuv islohatlari haqida nimalarni bilasiz? 1993-yildagi grafikaga oid qarorlar haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? 2010-yilgacha kutulgan lotin grafikasiga to‘liq o‘tishning yakunlanmay qolish sabablari haqida gapiring. 2017-yilldagi va 2019-yildagi grafikaga oid maqollarning grafikamizga tasiri haqida ma’lumot bering? Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini isloh qilish bo‘yicha ishchi guruhning xulosalari e’lon qilindi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida ish olib borgan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini isloh qilish bo‘yicha ishchi guruhning xulosalari ma’lum qilindi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida ish olib borgan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini isloh qilish bo‘yicha ishchi guruhning xulosalari ma’lum qilindi. Bu haqda universitet kafedra mudiri Saodat Muhamedova feysbukdagi «O‘zbek tili jonkuyarlari guruhi"da ma’lum qildi. 2018 yil 15 mayda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti davlat maslahatchisi X.Sultonov tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirish bo‘yicha Harakatlar rejasi» tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 2018 yil 17 iyul kuni o‘tkazilgan majlis bayonining 28-bandida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish va uning qo‘llanishini osonlashtirish, o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlariga yanada moslashtirish yuzasidan takliflar kiritish topshirildi. Ushbu masalaning naqadar dolzarb ekani va bu borada kechiktirmasdan zarur qadamlarni qo‘yishimiz shart ekani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2018 yil 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan o‘n yettinchi yalpi majlisida Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev tomonidan ham qat’iy ta’kidlandi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshida tuzilgan ishchi guruh a’zolari tomonidan ikki yilda to‘plangan takliflar asosida ishlab chiqilgan bir necha alifbo loyihalarini yagona variantga keltirish, shuningdek, yuqorida qayd etilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida respublika jamoatchiligi, mutaxassis-olimlar, blogerlar va yoshlar ishtirokida 2018 yil 22 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini keng joriy etish va takomillashtirish muammolari» deb nomlangan ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Konferensiyada davlat va jamoat arboblari, taniqli olimlar, ijodkorlar, turli soha vakillari qatnashib, ona tilimizga oid muammolarni hal etish, jumladan, alifbomizni isloh qilish bo‘yicha qizg‘in bahs yuritdilar. Konferensiya natijasida ilmiy takliflar birma-bir ovozga qo‘yilib, yagona fikrga kelindi. Download 3.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling