Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
“Orfografiyasi va punktuatsiyasi” tanlov fanida 38 soatlik mustaqil ish rejalashtirilgan. Uni amalga oshirishda fan xususiyatlaridan kelib chiqib, ishning quyidagi shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi:
– alifbo va imloga oid adabiyotlar, qonun va farmonlar, matbuot va internet materiallari bilan mustaqil ravishda tanishish, ularni konspektlashtirish;
– ma’ruzalarni o‘zlashtirish ustida ishlash;
– avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan tanishish;
– yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlarni va texnologiyalarni o‘rganish;
– belgilangan mavzular bo‘yicha konspekt tayyorlash, unda yaqin o‘tmishda va hozirgi kunda uchrab turgan imlo muammolariga munosabat bildirish;
– konspekt mazmunini yoritishda talabaning yangi pedagogik texnologiyalar va metodlardan, kompyuter ishlanmalaridan foydalanishi ham tavsiya qilinadi;
– konspektlar seminar mashg‘ulotlarda muhokama qilinadi va baholanadi.
Mustaqil ta’lim uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1. 1900-1930 yillarda alifbo va imlo muammolari.
2. 1930-1940 yillarda alifbo va imlo muammolari.
3. 1940-1995 yillarda alifbo va imlo muammolari.
4. Rus – o‘zbek alifbosiga asoslangan yozuvning grafik tavsifi.
5. Lotin-o‘zbek alifbosiga asoslangan yozuvning grafik tavsifi.
6. Rus-o‘zbek va lotin-o‘zbek alifbolariga asoslangan yozuvlarning qiyosiy tavsifi.
7. Fonetik-grafik simmetriya va asimmetriya hodisalari.
8. Orfografiya prinsiplari.
9. Rus – o‘zbek yozuvi imlo qoidalarining mazmuniy tavsifi.
10. Lotin – o‘zbek yozuvi imlo qoidalarining mazmuniy tavsifi.
11. Har ikki yozuvning imlo qoidalaridagi tafovutlar.
12. Til va yozuvga oid qonun,farmon va qarorlar.
13. O‘zbek tili punktuatsiyasi masalalari.
Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlar mazmuni va ularga ajratilgan soat
Do'stlaringiz bilan baham: |