Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Profilaktikasi quyidagilardan iborat
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
Profilaktikasi quyidagilardan iborat:
1. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlashga aloqador shahslarning sog‗ligi ustidan qat‘iy nazorat olib borish. Teri qatlamida qulog‗ida, ko‗zida, tamog‗ida yiringli kasalliklar va yuqori nafas yo‗llarida yallig‗lanish belgilari bo‗lgan shaxslar oziq-ovqat mahsulotlari bilan aloqador ishga qo‗yilmaydi. 2. Mastit kasalligiga uchragan hayvonlardan sog‗ib olingan sutni ichishni ta‘qiqlash. 3. Oziq-ovqat korxonalarining xodimlari orasida stafilokokk tashuvchanlikni aniqlash ustidan doimo nazorat olib borish, burun-xalqum va chirigan tishlarni o‗z vaqtida davolatishlari kerak. 4. Sut, sut mahsulotlari, kremli konditer taomlar shuningdek tez buziladigan boshqa mahsulotlarni sovitiladigan xonalarda saqlash. Botulizm (Klostridium botulinum) Botulizm lotin tilidan – botulis so‗zidan olinib, kolbasa ma‘nosini anglatadi. Chunki kasallikning kelib chiqishi ko‗pincha kolbasa iste‘mol qilish natijasida paydo bo‗ladi. Botulizm kasalligini keltirib chiqaruvchi bakteriya - Kl. Botulinum 1896 yilda Gollandiyalik cho‗chqa go‗shtidan qilingan kolbasani ist‘emol qilish natijasida kasallikning og‗ir turi keng tarqalgan vaqtda E.Van Ermengem 37 tomonidan kashf etilgan. Botulizm-klostridium botulini toksini tushgan ovqatni iste‘mol qilish natijasida bo‗ladigan og‗ir, o‗tkir kasallik. Klostridium botilunimning oltita tiplari ma‘lum (A, V, S, D e, G). Ularning hammasi kishilarda kasallik qo‗zg‗atishi mumkin va har bir tipning toksini faqat xudi shu tipga chiqargan zardob bilan neytrallanadi. Botulizmni qo‗zg‗atuvchi-aniq anaerob u havo kirmagan joyda ko‗payadi, ya‘ni baliq, yog‗li cho‗chka go‗shtida, kolbasaning katta bo‗laklari ichida yoki germetik berk konserva va bankalarida hosil bo‗ladi. Klinikasi. Botulizm belgilari organizmga tushgan mikrob toksinlariga ko‗ra 2 soatdan 36 soatgacha davom etadigan yashirin davrdan keyin yuzaga chiqadi. Kasallikning dastlabki alomatlari-«Ko‗z simptomlari» buyumlarning qo‗shaloq bo‗lib ko‗rinishi, ravshan ko‗rishning pasayishi. Bemorlarning boshi og‗riydi, tovushlar butunlay chiqmay qolishi mumkin (afoniya). Ko‗z qorachig‗larining yorug‗likni sezishi susayadi, akkamodatsiya pasaygan, ko‗z soqqalarining o‗ynab turishi (nistagim), katta kichikligi har xil (anizokoriya). Yuz muskulaturasining harakatchanligi zarar ko‗radi, mimika hatto yo‗qoladi ham (amimiya). Og‗zini ochish qiyinlashadi, yutish harakati buzuladi. Tana harorati me‘yorda, puls tez uradi. Kasalikning oxirgi davrida nafasning buzulishi asosiy siptom hisoblanadi. Botulizmda spetsifik zardob o‗z vaqtida yuborilmagan hollarda o‗lim hodisasi 70% gacha etadi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling