Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Bolalar va o„smirlar salomatlik holatini baholash


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Bolalar va o„smirlar salomatlik holatini baholash 
Hozirgi kunda bolalar va o‗smirlar salomatlik holatini baholash 
S.M.Grombax tomonidan tavsiya etilgan 4 ta mezon asosida olib borildi: 
1. Tekshiruv davrida surunkali kasalliklarning borligi yoki yo‗qligi. 
2. Organizm asosiy tizimlarining funksional holati erishgan darajasi. 
3. Organizmning noxush ta‘sirlariga qarshilik ko‗rsatish darajasi. 


230 
4. Erishilgan jismoniy rivojlanish darajasi va uning uyg‗unligi. 
Taklif etilgan sxemaga muvofiq, bolalar va o‗smirlar salomatlik holati 
hisobga olinib, beshta salomatlik guruhiga bo‗linadi: 
Birinchi guruh - amaliy sog‗lom bolalar, bular surunkali kasalliklarga 
chalinmagan, o‗z yoshiga mos ravishda uyg‗un jismoniy rivojlanishga va me‘yoriy 
funksional ko‗rsatkichlariga ega bo‗lgan bolalar. 
Ikkinchi guruh - amaliy sog‗lom bolalar, lekin morfologik yoki funksional 
siljishlariga ega, tez-tez kasal bo‗ladigan bolalar. Bu guruhga engil miopasi 
bo‗lgan, qomatning tuzilishida nuqsonlari, yassi tovonlik bilan og‗rigan va h.k 
bolalar kiritiladi. 
Uchinchi guruh kompensatsiya davridagi surunkali kasalliklarga chalingan 
bolalar (surunkali tonzillit, revmatizimning noaktiv davri va h.k), organizm ish 
faoliyatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadigan tug‗ma yoki orttirilgan jismoniy nuqsonlari 
bor bo‗lgan bolalar. 
To„rtinchi guruh - subkompensatsiya davridagi surunkali kasalliklarga 
chalingan bolalar. Bu guruhga kiritilgan bolalar tashkillashtirilgan bolalar 
muassasalariga borishadi. 
Beshinchi guruh - dekompensatsiya davridagi og‗ir surunkali kasalliklarga 
chalingan kam harakat, nogiron bolalar. Bu guruhga kiritlgan bolalar o‗quv-tarbiya 
muassasalariga qatnash imkoniyatiga ega emaslar. 
U.A.Karimov (1994) O‗zbekiston miqyosida, kichik yoshdagi bolalarni 
salomatlik guruhlariga taqsimlashda 2-guruhni alohida uchta guruhlarga bo‗lishni 
amaliyotga tavsiya qiladi: 
1. 2-A guruh ayrim a‘zo va tizimlarni hamda butun organizm ish faoliyatini 
me‘yorda kechishiga halaqit bermaydigan ayrim morfologik nuqsonlarga ega 
bo‗lgan bolalar. 
2. 2-B guruh kasalliklarni rivojlanishiga imkon beradigan turli xil ijtimoiy 
gigienik va boshqa tavsifdagi salbiy omillarga ega bo‗lgan bolalar. 
3. 2-V guruh tez-tez kasal bo‗ladigan bolalar. 


231 
Atrof-muhitning turli xil omillari bolalar salomatligiga ta‘sir ko‗rsatadi, 
shulardan ko‗pchiligiga xavf tug‗diruvchi omillar hisoblanib, ular bolalar 
organizmiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
Bolalar salomatlik holatiga ta‘sir etuvchi muhim omillar uch guruhga 
bo‗linadi: 
-turmush tarzi;-atrof-muhit holati;-biologik 
Ijtimoiy va atrof-muhit omillari biologik (shu jumladan, nasliy) omillar bilan 
birgalikda ta‘sir ko‗rsatadi. Bu odam kasallanishining atrof-muhit omillariga, 
shuningdek o‗sish va rivojlanishning biologik qonunlari va genotipiga uzviy 
bog‗liqligini yana bir bor ko‗rsatadi. 
Butun jahon sog‗liqni saqlash tashkiloti (BJSST) ma‘lumotlariga ko‗ra inson 
salomatligining shakllanishida ijtimoiy omillarning ta‘siri 50%ni, biologik omillar-
taxminan 20%, antropogen omillar-taxminan 20%, tibbiyot ta‘minlanganlik-10% 
ni tashkil etadi. Biroq bu ko‗rsatkichlar shartli, o‗rtacha hisoblanib, o‗sish va 
rivojlanishning 
yosh 
xususiyatlarini 
alohida 
davrda 
patologiyalarning 
tarqalganligini va xavf tug‗diruvchi omillar ta‘sirini hisobga olmaydi. Atrof-
muhitning xavf tug‗diruvchi omillarining ta‘sir kuchi turli yosh va jinsda turlicha 
bo‗ladi. 
Bu yoshgacha bo‗lgan bolalarning salomatlik holatiga ta‘sir etuvchi ijtimoiy 
omillar orasida oila tarkibi va ota-onaning bilimdonligi katta ahamiyatga ega 
bo‗lsa, 1-4 yoshda bu omillarning ta‘siri kamayadi, biroq hal qiluvchi ahamiyatga 
ega bo‗ladi. Lekin bu yashash sharoiti va oila daromadi, uyda parranda va uy 
hayvonlarining boqilishi, shuningdek, oila a‘zolarining chekishi katta o‗rin tutadi. 
Bolaning maktabgacha bolalar muassasalariga (MBM) qatnashi 1-4 yoshda muhim 
ahamiyat kasb etadi. 7-10 yoshda oila daromadi, yashash sharoiti, hayvonlarning 
boqilishi va chekish bolalar salomatligi shakllanishida katta ta‘sir ko‗rsatadi. 
Shunday qilib, o‗suvchi organizm salomatlik holatiga va rivojlanishiga ta‘sir 
etuvchi ijtimoiy-gigienik omillarni shartli ravishda muqobil (ijobiy) va nomuqobil 
(salbiy) guruhlariga ajratish mumkin.


232 
Jadval 12.1 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling