Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Bolalar va o„smirlar salomatlik holatiga ta‟sir etuvchiijtimoiy gigienik


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Bolalar va o„smirlar salomatlik holatiga ta‟sir etuvchiijtimoiy gigienik 
omillar 
Ijobiy 
(sog„lomlashtiruvchi) 
Salbiy 
(xavf tug„diruvchi) 
1. Atrof-muhitning gigienik 
me‘yorlariga mosligi 
2. Optimal harakat tartibi 
3. Chiniqtirish 
4. Mutanosib ovqatlanish 
5. Oqilona tuzilgan kun tartibi 
6. Sog‗lom turmush tarzi
1. Atrof muhit omillarining va yashash 
sharoitining gigienik me‘yorlariga 
javob bermasligi 
2. Harakat faolligining oshib yoki 
kamayib ketishi 
3. Kun tartibi va o‗quv-tarbiya 
jarayonining buzulishi 
4. Ovqatlanishni tashkillashtirishdagi
kamchiliklar 
5. Sog‗lom turmush tarzini olib 
borishda gigienik ko‗nikmalarning 
etishmasligi 
6. Oila va jamoadagi noqulay 
psixologik muhit 
Barcha yosh guruhlarida bolalarning salomatligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatuvchi 
biologik omillar orasida onaning homiladorlik davrida kasallanishi, homiladorlik 
va tug‗ruqlarning asoratli kechishi katta ta‘sir ko‗rsatadi. 
12.4.Turli yoshdagi bolalar kun tartibining gigienik asoslari 
To‗g‗ri tuzilgan kun tartibi asosida shartli refleks faoliyati yotadi. Nerv 
sistemasining takomillashib borishi, uyg‗oqlik paytining uzayishi va tashqi olam 
bilan bo‗lgan aloqa kengayib borishi mobaynida bolalarning faoliyati o‗zgarib, 
shakllanib boradi. 
O‗z zamonida Abu Ali ibn Sino kun tartibining bolalar rivojlanishi va 
salomatligiga ta‘sirini, bunda asab sistemasi katta ahamyat kasb etishini aytib 


233 
o‗tgan edi. Keyinchalik I.P.Pavlov stereopit shartli va shartsiz reflekslar o‗z 
vaqtida va muayyan tartibda bajariladigan ko‗nikmalardir degan. Kun tartibining 
tarkibiy qismlarini boshlash va tugatish vaqtini doimo bir mahalda bajarish 
bolalarda vaqtga nisbatan barqaror shartli reflekslar hosil bo‗lishi to‗g‗risida N.I. 
Krasnagorskiy: «Bolalar orasida vaqtni to‗g‗ri taqsimlash kun tartibini 
rejalashtirish va tashkil etishda katta amaliy ahamiyatga ega» deb uqtirgan edi. 
To‗g‗ri tashkil etilgan kun tartibi bolada tetik va yaxshi kayfiyat, o‗qish va 
ijodga, turli o‗yinlar va mashg‗ulotlarga qiziqish uyg‗otadi, uning rivojlanishiga 
yaxshi ta‘sir ko‗rsatadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling