Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIII BOB. SHAXSIY GIGIYENA ASOSLARI 13.1. Teri gigiyenasi
237 Darsda qo„llaniladigan innovatsion texnalogiya usullari: «Doira stoli» usuli Gurux talabalari 2-3 kishidan iborat kichik guruxlarga (KG) bo‗linadi. Xar bir KG ga savol yozilgan varaklar tarqatiladi 1-2 daqiqa davomda har bir KG savolga javob yozadi, so‗ng javob yozilgan savol keyingi KG ga uzatilib, ulardan boshqa savol olinadi. Agar 6 ta KG tashkil etilgan bo‗lsa 12 daqiqa davomida javoblar yoziladi, 12 daqiqadan so‗ng o‗qituvchi javob yozilgan qog‗ozlarni yig‗ib oladi, har bir KG tartib bo‗yicha raqamlanadi va javob varianti to‗g‗risida tartib raqami qo‗yilishi so‗raladi. Har bir qog‗ozda bitta savolga berilgan 6 ta javob varianti keltirilgan bo‗ladi. O‗qituvchi har bir javobga olingan 6 javob variantini o‗qib beradi. Olingan eng to‗g‗ri javobga yuqori bal qo‗yiladi va qolgan javoblarga mos ravishda pastroq ballar qo‗yiladi. Talabalarga mavzu bo„ycha quyidagi muammoli savollar berilishi mumkin: 1. Bo‗y uzunligi qanday aniqlanadi. 2. Umurtqa pog‗onasining tuzulishi. 3. Yassi tovonlikni aniqlash tartibi. 4. Antrapometrik ko‘rsatkich turlari. 5. Bo‘y, og‘irlik va ko‘krak qafasi aylanasini aniqlash tartibi. 6. Bolalar kun tartibiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar. 238 XIII BOB. SHAXSIY GIGIYENA ASOSLARI 13.1. Teri gigiyenasi Odamning terisi asosiy sezgi organlardan bo‗lib organizm uchun tirik qalqon, yuqumli kasal chiqaruvchi mikroblar uchun, to‗siq hisoblanadi. Teri bir qancha fiziologik protsesslarni, vazifalarni bajaradi. Terida juda ko‗p miqdorda nerv oxirlari joylashgan bo‗lib, ular teriga tashqi ta‘sir qiluvchi yosh qo‗zatuvchi omillarni qabul qilib oluvchi birinchi sezgi analizatoridir (teriga tegilgan narsani, issiq va sovuqni, og‗riqni sezadi). Terida joylashgan nerv oxirlari organizmda ro‗y beradigan fiziologik jarayonlari boshqarib turuvchi markaziy nerv sistemasi bilan har tomonlama bog‗liqdir. Gavda terisi odam organizmini tashqaridan bo‗ladigan fizikaviy va kimyoviy agentlari ta‘siridan, mexanik jarohatlardan va mikroblarni kirishidan saqlaydi. Terining 1 kv.sm yuzasidan 40000 tagacha mikroorganizmlar bo‗lib ularni ko‗plari kasal chaqiruvchi mikroblardir. Shu o‗rinda aytib o‗tish lozimki toza, teri unga tushgan mikroblarni o‗ldirish hususiyatiga ega. O‗tkazilgan tajribalarni ko‗ratishiga ko‗ra toza teriga sun‘iy ravishda surtilgan qorin tifi mikrob 10 daqiqadan keyin yo‗q bo‗lib ketadi, ya‘ni toza teri bu mikroblarni o‗ldirib yuboradi. Teri chiqaruvchi organ sifatida ham ahamiyati katta, bir kecha kunduz mobaynida teri orqali o‗pkaga nisbatan 2 marta suv bug‗lari ajratib chiqarildi. Odatda terida joylashgan ter bezlari bir kecha kunduz mobynida 600 dan 900 kub (sm) gacha ter ajratadi, ammo ma‘lum bir sharoitlarda teri orqali ajratiladigan suv miqdori 10 litrgacha oshib ketishi mumkin ( issiq fasl, issituvchi mikroiqlim) jadal jismoniy mehnat kabilar. Shuning bilan birga ter orqali organizmdan natriy va kaliy tuzlari, suvda eruvchi vitaminlar va tuzli zararli moddalar chiqarildi. Shu bilan ma‘lum darajada tana haroratini pasaytiradi, tanada energiyaning sarflanishini tartibga solib turadi va boshqarishda rol o‗ynaydi. Tashqi harorat 239 pasayganda tanadan kamroq issiqlik ajralib, harorat ko‗tarilganda esa ko‗proq issiqlik ajratiladi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling