Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Yog„ bezlarining vazifasi. 
Bir hafta mobaynida yog‗ bezlari orqali organizmdan 100gr dan 300 gr gacha 
teri moyi ajraladi. Moy terini yumshatib, qurib qolishdan asraydi va ungil 
ta‘sirdan asraydi. Terining umumiy yuzasi 1,5-1,8 kv metr bo‗lgan holda, ma‘lum 
darajada nafas olish vazifasini ham bajaradi. U orqali qon va atmosfera havosidagi 
gazlar almashinuvi sodir bo‗ladi. 
Odam organizmi teri orqali atmosfera yutadigan kislorodning 1/ 180 
bo‗lagini qabul qilib, karbanat angdridni 1/90 bo‗lagini chiqaradi. 
Teri tashqarisidan va teri orqali ajraladigan moddalar bilan ifloslanadi. Har 
kecha kunduz epidermis orqali 6 gr dan 14 gr gacha mug‗uz po‗stloq tangacha 
ajraladi.Agar terini tozaligiga e‘tibor berilmasa ajralayotgan moddalar bilan 
teridagi turli bezlarni chiqaruv teshiklarini berkitib qo‗yadi va natijada ularni 
vazifa o‗tash qobiliyati buziladi. 
Teri suv, mineral, vitamin va boshqa almashinuvlarda aktiv ishtirok etishi 
bilan bir qatorda, tashqi ta‘sirlarni qabul qilib olib, bosh miya qobig‗iga uzatiladi. 
Buni esa terini asosiy vazifasi desa bo‗ladi. 
Shunday qilib, tana terisi organizmni tashqi muhitning nomuvofiq 
ta‘sirlaridan saqlabgina qolmay, balki juda murakkab organ bo‗lib, boshqa organ 
vazifalari bilan chambarchas bog‗liq. Terida biron – bir vazifaning ishdan chiqishi 
butun organizm foaliyatida namoyon bo‗ladi. 
Tashqi muhitni iqlim sharoitlari mehnatni tabiati (harakteri), ovqatlanish va 
dam olish, turmush sharoitlari va hakozolar barchasi teri hususiyatiga ta‘sir etadi. 
Chirituvchi bakteriyalar ta‘sirida murakkab organik birikmalar, teri va teri 
tarkibiga kiruvchi modadalar, agar ular teri yuzasidan o‗z vaqtida tozalanib 
turilmasa, oddiy moddalarga parchalanadi. Parchalanishdan hosil bo‗lgan 
birikmalar terini qo‗zg‗atadi va uni qichitadi. Shu bilan birga teridan ajralgan 
moddalarni parchalanishi hosila moddalari o‗ta badbo‗y hidga ega bo‗lishini 
ta‘kidlab o‗tish o‗rinlidir. 


240 
Agar tana etarli darajada pavarish qilinmasa, vaqtida yuvinib turilmasa, ichki 
kiyimlar tez ifloslanadi va ularning hususiyati o‗zgaradi. 
Ichki kiyimning ifloslanganlik darajasini undagi kir miqdoriga qarab 
belgilanadi. Ichki kiyimni har hafta almashtirilsa, yig‗ilgan kir ( badan kiri) tufayli, 
uni og‗irligi 6% ga ortadi, 10 kundan almashtirilsa 11% ga ortadi. Ichki kiyimni 
ifloslanishi natijasida ularni issiqliq boshqarishi vazifasi izdan chiqadi. Yilning 
sovuq fasllarida, odam organizmida issiqlik deyarli teri orqali ajratiladi, ya‘ni 
asosan o‗tkazish yo‗li bilan. 
Ifloslangan ichki kiyim va kiyim – kechakning o‗zidan issiqliq 
o‗tkazuvchanligining ortishi hisobiga organizmdan ajraladigan issiqliq miqdori 
ham ortadi. 
Yilning yoz faslida odam o‗z tanasidan issiqlik asosan o‗z teri yuzasida 
joylashgan ter bezlari orqali ajratiladi. Agar ichki kiyimlar kirlangan bo‗lsa, 
ularning havo o‗tkazuvchanligi kamayadi va terdan hosil bo‗lgan but kiyim 
ostidagi bo‗shliqdan to‗liq chiqib keta olmaydi. Natijada kiyim ostidagi havo 
suv, bug‗lari bilan to‗yinadi, oqibatda teri yuzasidan ajralayotgan ter 
bug‗lanmaydi. Kiyim osti bo‗shlig‗ining yahshi shamolmasligi odam ahvolini 
yomonlashtiradi. Bundan tashqari kasal qo‗zatuvchi mikroorganizmlar kirlangan 
teri va kiyimlarda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Terini tozaligini doimo nazorat qilish
va uni parvarish qilish, muntazam yuvinib turishni taqoza etadi. Badanni issiq suv 
va sovun bilan vanna, dush yoki hammomda tozalab turish haftasiga bir marta 
amalga oshirilishi va albatta ichki kiyim kechakning va ko‗rpa-to‗shakni jildlari 
almashtirilishi shart. 
Hamomda cho‗milganda nafaqat teri yuzasi balki bu organizmga quyidagi 
omillar foydali ta‘sir qiladi, yuqori harorat, issiq, bug‗, issiq suv, ishqalab uqalash 
kabilar kiradi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling