Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Soch gigiyenasi 
―Soch‖-uning maftunkor go‗zalligidek hech narsa yo‗q. 
Ammo uning kabi umri qisqa ham narsa yo‗q‖ . 


241 
Hozirgi kunda quyuq va hurpaygan sochsiz odamlar, soch to‗kilishidan, 
ayniqsa yoshlar ko‗p hafa bo‗ladilar. Hozirgi kungacha soch to‗kilishiga qarshi 
mo‗‗jizali ta‘sir ko‗rsatadigan vosita yaratishni iloji topilgan emas. 
Sochni holati tashqi sharoit ta‘sirida o‗zgarishi mumkin, yilning fasli havo 
harorati, shamolning ta‘siri, quyosh nuri, suv va boshqalar zarurat bo‗lmaganda 
ham issiq tor bosh kiyimlarni kiyib yuruvchilarning ko‗pchiligi sochning bevaqt 
to‗kilib ketishidan nolinadilar, chunki yilning sovuq kunlarida bosh yalang yurish 
zararli. 
Tashqi haroratning keskin o‗zgarishi teridagi qon tomirlarini torayishiga va 
natijada sochning ovqatlanish jarayoni buzilishiga olib keladi. Bu haqda yosh olifta 
satanglar o‗ylab ko‗rsalar yomon bo‗lmasdi. 
Oxirgi yillarda turli hildagi soch yuvuvchi vositalar ya‘ni shampunlar keng 
tarqaldi, ular quyuq ko‗pik beradi va hattoki qattiq suvda ham sochni yaxshi 
tozalaydi. Ammo shampunlar teri va sochni quchli moysizlantiradi; natijada bosh 
kepagi (qozog‗oq) sochni qurishi va soch sinuvchan bo‗lib qolishi kuzatiladi. 
Buning oldini olish uchun juda bo‗lmaganda boshni bir marta engil shampun bilan 
ko‗pirtirib, so‗ngra astoydil suv bilan yuvish (chayqash) zarur. 
Sochni uzun va qalin bo‗lishligi organizmni umumiy holatiga bog‗liq. Sochni 
yaxshi o‗sishiga organizmga qabul qilingan ― A ‖ vitaminini miqdoriga bog‗liq. 
Bundan tashqari magniy tuzlari etarli miqdorda organizmga tushib turishi sochni
me‘yorda o‗sishiga yordam ko‗rsatadi. 
Sochni kaltalatish va qirdirish sochni o‗sishni tezlatmaydi, ammo 
ovqatlanishni yaxshilaydi. Sochni saqlashning asosiy omili uni o‗z vaqtida 
yaxshilab yuvib turish, teri moylarini tozalash va teri bilan chiqqan moddalardan 
ozod qilishdir. 
Shuning uchun boshni 3- 4 kundan, qaynatilgan harorati 50-65 gradus suvda 
yuvish lozim. Bunday haroratdagi suv sochni yaxshi tozalaydi, qon bilan 
ta‘minlashni yaxshilaydi va terida modda almashinuvini yaxshilaydi. 
Ho‗l sochni tang‗ib bog‗lab yurish mumkin emas. Ho‗l sochni tez-tez yuqori 
haroratli quritgichda ( fen ) quritish xam mumkin emas, chunki issiq havo oqimi 


242 
sochni juda ham quritib yuboradi. Har kuni boshni 5-7 daqiqa uqalash juda 
foydalidir. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling