Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Tirnoq qo„l gigiyenasi 
Tirnoq odatda sekin o‗sadi. o‗rta hisobda qo‗l tirnoqlarni haftasiga 1 mm ga , 
oyoq tirnoqlari 0,2 mm gacha ). Shuning uchun tirnoqni har 7 kundan olish yoki 
qirqib turish lozim, tirnoq juda o‗sib ketgan taqdirda uning ostiga tez kir 
to‗planadi. U sinuvchan bo‗lib qoladi. 
Tirnoq ostidagi kirni bateriologiq nuqtai nazardan tekshirilib ko‗rilganda, uni 
tarkibida qorin tifi, ich burug‗, gijjalarni tuhumlari yiringlatuvchi bakteriyalar, turli 
tuman mog‗orlar va hattoki qichitma qo‗zg‗atuvchisi ham topiladi.Tirnoqni 
manikyur qilish foydali lekin uni hadeb bo‗yayverish kerak emas. 
Tirnoqni sinuvchan bo‗lib, qolishining asosiy sababi atseton va lakni 
keragidan ko‗p miqdorda ishlatish yoki limon shirasi va sirka kislatosi yordamida 
oro berishdir.1,5 oy maboynida 1 marta pedikyur etarli hisoblanadi. 
Ba‘zi bir olimlar ich burug‗ kasalligini ―iflos qo‗l‖ kasalligi deb ta‘riflaydilar. 
Kasal tarqatuvchi mikrob va gijjalarni iflos, yuvilmagan qo‗l orqali ovqat 
mahsulotlariga yuqtiriladi. Qo‗lni faqat erta bilan yoki qechqurun emas, balki har 
qanday ishni bajargandan so‗ng, albatta yuvish zarur. 
Qo‗lni yuvish ovqat tanovul qilinishdan oldin yoqi hojatxonadan so‗ng albatta 
amalga oshirish lozim. Bu narsa quyidagi mutaxasis va kasb hodimlari uchun 
majburiy bo‗lishi kerak:ovqat tayyorlash va pishirish hodimlari, ovqatli 
mahsulotlar bilan aloqadagi ishchilar, davolash muassasalari, sartaroshliq, bolalar 
muassasalari va vodoprovod stansiya xodimlari. 


245 
Qo‗llarni tez-tez yuvib turish bilan birga bog‗liq bo‗lgan kasb xodimlari qo‗l 
terisini yumshatuvchi va mayinlovchi kremlardan foydalanishlari tavsiya etiladi. 
13.2. Kiyim bosh va oyoq kiyimi gigiyenasi. 
Kiyim kechak biz uchun birinchidan ahloqiy ehtiyojni qondirish uchun zarur 
bo‗lsa, ikkinchi tarafdan nomuvofiq, noqulay havodan asrovchi birdan – bir vosita 
hisoblanadi. Past harorat, quyosh nurining to‗g‗ridan - to‗g‗ri ta‘siri, qor, yomg‗ir, 
shamol va boshqalar.Kiyish uchun tavsiya qilingan kiyim kechakdan birinchi 
navbatda tana haroratini boshqarish va tashqi muhit bilan hamkorliqda organizm 
uchun mikroiqlim yaratish talablarga javob berishi nazarda tutiladi. Kiyim bosh 
juda og‗ir va harakatini chegaralamasligi kerak. Bundan tashqari kiyim kechak 
odamning badanini tashqaridan bo‗ladigan ifloslanishdan saqlashi lozim. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling