Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Ayrim turdagi kiyimlarga bo„lgan gigiyenik talablar
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
Ayrim turdagi kiyimlarga bo„lgan gigiyenik talablar.
1. Ichki kiyimlar badanni turli tashqi qitiqlovchi, qo‗zg‗atuvchi ta‘siridan va turi tuman ifloslanishlardan saqlaydi. 2. Ichki kiyimlar issiqni himoya qiluvchi yumshoq, pishiq hamda oq rangda bo‗lishi kerak. 3. Qish fasli uchun yupqa yoqi qanopli matolardan tikilishi kerak. 4. Issiq fasllar uchun viskozali matolardan tikilishi ma‘qul. 5. Kuylaklar- asosan paxta, ipak va sherst matolardan tikilgan bo‗lishi kerak. 6. Kostyumlar - tabiiy asosga ega bo‗lgan jun va sintetik tolalar aralashmasidan tikilgan bo‗lishi kerak. 7.Tashqi muhit sharoitlariga organizmning holati va bajariladigan ishning turi va hususiyatiga mos kelishi kerak. 8. Kiyim boshni umumiy og‗irligi tana og‗irligining 10% gacha miqdorida bo‗lishi kerak. 9. Kiyim boshni tikilishi va bichilishi tana harakatini cheklamasligi kerak. 10. Chang va turli iflosliklardan oson tozalanishi lozim. 11. To‗qilgan yoki tikilgan mato yumshoq, shu bilan birga pishiq bo‗lsin. 12. Estetik talablarga javob berishi kerak. 246 Polimer materiallarning – hozirgi vaqtda kundaliq turmushda plastika va kimyoviy talablar, plyonkalar, emallar, laklar ko‗plab ishlatilmoqda. Bu materiallar ko‗p miqdorda uy- joy va sanoat qurilishlarida, santexnika jihozlarini tayyorlashda, mebel ishlab chiqarishda, oziq-ovqatda ishlatiladigan yangi idishlar, buyumlarni solishda ishlatiladigan qop va yashiklar, kiyim bosh va oyoq kiyimlari tayyorlashda keng ko‗lamda ishlatilmoqda. Polimer materiallari – deganda yuqori malekulali murakkab organik birikmalar tushuniladi. Ko‗pgina kartonlarni olishda asosiy mahsulot sifatida ko‗mir, neft, va tabiiy gaz ishlatiladi. Kiyim bosh tayyorlashda ishlatiladigan su‘niy tolalar sellyuloza asosiy bunyodga keladi ( viskoza , atsetat, triatsetat). Bundan tashqari sintetik poliakrilamid asosida nitron tolalari ham keng ko‗lamda ishlatiladi. Nisbatan kam miqdorda polivinilxlorifen ( xlorin) polipropilenli, polivinil spirti tolalari qo‗llaniladi. Bo‗shliqda harorat 34-37 0 S etar ekan. Havoning harorati pasayishi bilan kiyim osti bo‗shlig‗i harorati ham pasaya borar ekan. Paxtadan to‗qilgan matolardan tikilgan kiyimlar osti bo‗shlig‗idan xarorat 40 0 S dan ham oshib ketar ekan va natijada organizmni issiqlab ketishini vujudga keltirar ekan. Shoyi o‗zidan juda ham issiqlikni o‗tkazadi, shuning uchun badanni sovuq olishdan himoya qiladi. Sintetik gazlamalarda o‗ziga namni olish hususiyati past. SHuning uchun yilning issiq kunlarida sintetik tolalardan tikilgan kiyimlarda odam o‗zining xuddi sovut kiyib olganday his qiladi. Allergik va teri kasalligiga duchor bo‗lgan qariyalar va bolalar sintetik tolalardan tikilgan kiyimlarni kiymasliklari kerak. Sintetik tolasi bor kiyimlarni uzoq vaqt kiyib yurish mumkin emas, balki ularni har quni yuvib turish tavsiya etiladi. Bunday kiyimlarni kir holda ham saqlash mumkin emas, chunki kir tolalarga shimishib qolib, uning rangini va ko‗rinishini o‗zgartirib yuboradi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling