229
Pediatr vrachlarning asosiy vazifalari:
- bolalar sog‗ligini va jismoniy rivojlanishini muntazam kuzatib borish;
- bolalar o‗rtasida turli kasalliklar, jumladan yuqumli kasalliklarni oldini olish
va
erta aniqlash;
- taomnoma tuzishda qatnashish, ovqatning sifati va ovqatlanishning qanday
tashkil etilishida qo‗shimcha vitamin S berilishini nazorat qilish, vaqti – vaqti bilan
bir
haftalik taomnomadagi oqsil, yog‗, uglevodlarning miqdorini aniqlash uchun
joylardagi sanitariya epidemiologiya nazorati laboratoriyasi bergan natijalar bilan
solishtirish va olingan natijalar bo‗yicha fikr bildirish;
- jismoniy tarbiya va mehnat tarbiyasi, kun tartibining tashkil etilishi va unga
rioya qilish, jumladan o‗quv mashg‗ulotlari ustidan nazorat o‗tkazish;
- bolalar muassasalarida tegishli sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaratilishini,
bolalarda madaniy gigiyena malakalarini tarbiyalashni nazorat qilish va bu ishlarga
rahbarlik qilish;
-bolalar salomatligini muhofaza
qilish va mustahkamlash, bolalar gigiyenasi
bo‗yicha bilimini oshirish ishlariga tarbiyachilar, o‗quvchilar,
ota-onalar, jamoat
vakillarini jalb qilish.
Maktab tibbiy xodimlari faoliyatining hajmi va hususiyatlari ― Umumta‘lim
maktablaridagi tibbiyot xodimlarining ishi to‗g‗risida tavsiyanoma‖ da belgilanlan.
Bunga ko‗ra 2500 o‗quvchiga bitta pediatr lavozimi, 700 ta o‗quvchiga
bitta
hamshira yoki feldsher lavozimi belgilanadi.
O‗quvchining asosiy tibbiy xujjati 026/U raqamli «Bolalarning tibbiyot
varaqasi» bo‗lib, bunga bolalarning salomatligi,
jismoniy rivojlanishi, boshdan
kechirilgan kasalliklari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar yozib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: