Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
O„pkaning hayotiy sig„imini aniqlash
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo„l mushaklarining kuchini aniqlash
- Bel mushaklarining kuchini aniqlash
O„pkaning hayotiy sig„imini aniqlash orqali uni qancha miqdorda havoni
qabul qila olishi hamda nafas nafas olishda ishtirok etadigan mushaklarning rivojlanganligini bilish mumkin. O‗pkaning hayotiy sig‗imi kattalarda suvli, kichik bolalarda esa havoli siprometrlarda aniklanadi. Bolani tekshirishdan oldin maksimal nafas olish tavsiya etiladi, nafasni ushlab turish, lab bilan mundshtukni mahkam ushlash va sekin trubkaga hamma nafasini chiqarish tavsiya etiladi. 226 Chiqarilgan nafas ichki silindrni to‗ldirib uni ko‗taradi. Ichki silindrda chiqarilgan nafasni millilitrlarda o‗lchovi bo‗limlariga bo‗lingan. Tekshirish tugagandan keyin silindr tushiriladi va havo chiqariladi. Tekshirish 2-3 marotaba o‗tkaziladi va eng katta natija hisobga olinadi. Tekshirish aniqligi 50-100 ml. Mundshtukni har bir tekshiruvchidan keyin qaynatib dezinfeksiya qilish kerak. Qo„l mushaklarining kuchini aniqlash. Bu ko‗rsatkich qo‗l mushaklarining rivojlaniganidan dalolat beradi. Ko‗rsatkichlar qo‗l dinamometrii yordamida aniqlanadi. Tekshirish uchun tekshiriluvchi tomonidan dinamometr to‗la panja bilan ushlanadi, qo‗l gorizontal holatda olingan yoki yonga uzatilgan holda qattiq qisiladi, qushimcha harakatga ruxsat etilmaydi. Tekshirish alohida chap va o‗ng qo‗llarda o‗tkaziladi. Bel mushaklarining kuchini aniqlash. Buning uchun bel dinomometrini oyoq bilan bosib turgan holda ustki qismidan qo‗l bilan tortiladi. Bunda dinamometrning ushlaydigan qismi tizza balandligida bo‗lishi kerak. Bo‗yga to‗g‗irlash uchun asbobga mo‗ljallangan zanjirlardan foydalanish mumkin. Tayanch va harakat apparatlarining holati. Suyakning rivojlanishi uning ko‗rinishiga qarab 3 xil baholanadi. 1-ingichka yoki ―tor‖ suyak, bunday bolalarda ko‗krak qafasi va elkasi tor, barmoqlari va tovoni kichkina bo‗ladi, 3-keng yoki qo‗pol ko‗rinishli, bunday bolalarning elkasi keng, barmoqlari va tovoni katta; 2-1 va 3-ning o‗rtacha ko‗rinishi darajasida. Umurtqa pog‗onasi tayanch vazifasini bajaradi. Umurtqa pog‗onasi oldindan, yondan hamda umurtqa pog‗onasi bo‗ylab vertikal yo‗nalishda barmoq yordamida o‗tkazilgan chiziq holatiga qarab, kuraklarning simmetrik joylashishi, elkaning turishi va qo‗lning tushirilgan holatidagi quymich gumbazigacha bo‗lgan oraliqda hosil bo‗ladigan uchburchak ko‗rinishiga qarab baholanadi. Bolalikning boshlang‗ich davridan boshlab, uning umurtqa pog‗onasida to‗rtta fiziologik egilma paydo bo‗ladi. Shundan birinchisi bola 6-7 haftalik davrida, boshini ko‗tara boshlaganida umurtqa pog‗onasining bo‗yin qismi oldinga qarab egilishi tufayli, ikkinchi va 227 uchinchi bola 6 oylik bo‗lganda o‗tira boshlashi bilan ko‗krak va dumg‗aza qismlarida orqaga qarab egilishi hisobiga hosil bo‗ladi. To‗rtinchi egilma bola yura boshlaganda umurtqa pog‗onasi bel qismining oldinga qarab egilishi tufayli yuzaga keladi. Lekin bola bu davrda ta‘sirotlarga beriluvchan bo‗ladi. Bu eiglmalar balog‗atga etish davriga kelib to‗la shakllanadi. SHu yoshgacha og‗ir yuk ko‗tarilsa, egilish kuchayadi va umurtqa rivojiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bolaning partada yoki stolda noto‗g‗ri o‗tirish natijasida umurtqa pog‗onasi yon tomonga egilib qoladi. Bunday holat skolioz deb ataladi. Skoliozlar chap yoki o‗ng, ba‘zida esa murakkablashgan chap va o‗ng hamda o‗ng va chap bo‗lishi mumkin. Bundan tashqari, bola umurtqa pog‗onasining qayishqoqlik davrida tepalikdan qattiq joyga tik yiqilsa-kifoz, ko‗krak qismidagi fiziologik egilmaning orqag‗a qarab jadal egilishi yoki bel qismidagi egilmaning oldinga qarab egilishi- lordoz shaklida o‗zgarishi mumkin. Bunday o‗zgarishlar bola o‗sishi va rivojlanishiga ta‘sir qiladigan eng salbiy omillardan hisoblanadi. Jismonan etilmagan bolalarda suyak sistemasi noto‗g‗ri rivojlanishi tufayli qator o‗zgarishlar (elkasi qisilgan yoki bukchaygan, boshi tushgan, ko‗krak yassi, ichiga kirgan va boshqa holatlarni uchratish mumkin) Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling