Nutq a'zolari va ularning vazifasi
Nutq tovushlari va ularning tasnifi
Download 166 Kb.
|
ARTIKULYATSION BO\'LIMNING ASOSIY A\'ZOLARI VA ULARNING BO\'LIMLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Unli fonemalar va ularning tasnifi
Nutq tovushlari va ularning tasnifiNutq a'zolari ishtirokida hosil bo'ladigan tovushlar nutq tovushlari deyiladi. Nutq tovushlari, birinchidan, bo'g'iz bo'shlig'ida tovush paychalarining tebranishidan hosil bo'ladigan ovozdan ikkinchidan, og'iz bo'shlig'ida nutq organlarida hosil bo'ladigan shovqindan iborat. Demak, nutq a'zolarining ishtiroki hamda ovoz va shovqin o'rniga ko'ra nutq tovushlari ikki turga bo'linadi: 1) unli tovushlar, 2) undosh tovushlar. Unli tovushlar talafruz etilganda o'pkadan chiqadigan havo oqimi to'siqqa uchramay chiqadi va ovozdan hosil bo'ladi. Undosh tovushlar esa o'pkadan chiqayotgan havo oqimining og'iz bo'shlig'ida to'siqlarga uchrashi natijasida shovqinning qo'shilishidan hosil bo'ladi. Undosh tovushlarni aytganda ovoz qatnashishi ham qatnashmasligi ham mumkin. Bu esa o'pkadan chiqayotgan havo oqimining bo'g'iz bo'shlig'ida joylashgan ovoz paychalarini tebratish-tebratmasligi bilan bog'liqdir. Unli fonemalar va ularning tasnifiOvozdangina hosil bo'lib og'iz bo'shlig'ida to'siqlarga uchramaydigan nutq tovushlari unli fonemalar deyiladi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida unli fonemalar soni oltita; a, i, e (y) ,u, o', o. Bu unlilar hozirgi o'zbek yozuvida quyidagi harflar yordamida ko'rsatiladi: a, i, e, u, o',o, ya, yo, 6. Amaldagi kirill alifbosi bo'yicha: a, u, э, o, y, e, ю, e, y. Unli fonemalar uch tomondan tasnif etiladi: 1. Tilning to'g'ri (gorizontal) harakatiga ko'ra: til oldi (old qator) unlilar: a, u, e(e) til orqa (orqa qator) unlilar: o, o', u 2. Tilning tanglay tomon ko'tarilishi (vertikal) harakatiga ko'ra:1) Yuqori ko'tarilish (tor) unlilar: i, u 2) O'rta ko'tarilish (o'rta keng) unlilar; e,o' 3) Quyi ko'tarilish (keng) unlilar: a, o 3. Lablaming ishtirokiga ko'ra: 1) lablangan unlilar: u, o', o; 2) lablanmagan unlilar: a, e, iUnli fonemalar o'zining quyidagi muhim belgilari bilan undoshlardan farq qiladi. 1) unlilar faqat un(ovoz) dan hosil bo'ladi: og'iz bo'shlig'ida to'siqlarga uchramaydi; un paychalaro tebranadi; og'iz ochilishi darajasi har xil bo'ladi; ohangdor bo'ladi; unlilarni cho'zib talaffuz qilish mumkin va boshqalar.Har bir til o'ziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi vokalizm (lat. vokalis - ovozi) deyiladi. Unli va undosh tovushlar o'zaro niunosabatda bo'ladi, ammo ularning qaysi biri yetakchi hisoblanadi? Bu savolga shunday javob qilish mumkin: aslida til uchun ularning har ikkalasi ham teng qimmatga ega, ular tilning asosiy birligi so'zlarni hosil qilishda bir xil xizmat qiladi. Lekin nutq jarayonida unlilar undoshlarga nisbatan salmoqli o'rin tutadi. Bu esa unlilarning ovozdorligi bilan belgilanadi. O'zbek tilidagi unli tovushlarni jadvalda quyidagicha tasvirlash mumkin:
Download 166 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling