Nutq a'zolari va ularning vazifasi


Download 166 Kb.
bet9/11
Sana18.06.2023
Hajmi166 Kb.
#1598386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ARTIKULYATSION BO\'LIMNING ASOSIY A\'ZOLARI VA ULARNING BO\'LIMLARI

<—biror so'z yoki shaklning qaysi so'z yoki shakldan kelib chiqqanligini ko'rsatadi: "Boy ila xizmatchi" dagi ila > bilan deb ko'rsatiladi.
II—belgisi ikki shaklning vazifa jihatidan tengligini bildiradi: - day II-dek.
I—bir shevadagi shakllarning juftlarini bildiradi: ni -\nu\-\ti\ tu\-di
du: (qipchoq shevalariga xos):
—cho'ziqlikni bildiradi: sha: r, ba: r, sa: dat, ma: la: at.
—moslik, almashish: qo'lla -qo'lda.
[.] matndan ajratilgan so'zlarni bildiradi.
GRAFIKA VA ORFOGRAFIYA
Harf va alfavit. O'zbek yozuvi tarixidan
Grafika grekcha "grophikos" so'zidan olingan bo'lib, yozuv degantushunchani bildiradi, Tildagi tovushlarni, belgilarni ifoda etuvchishakliy vositalar tizimi grafika deyiladi.
Umuman olganda, harflar yoki chiziqlar vositasida aks ettiriladigan shartli belgilarning tizimi grafika hisoblanadi va u harf bilan tovush o'rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi qoidalar tizimidir.
O'zbek yozuvi hozirgi holga kelgunicha juda uzoq davrni boshidan kechirdi va ko'p o'zgarishlarga uchradi Chunonchi hozirgi o'zbek grafikasini jadvalda shunday ko'rsatish mumkin: (Fonografik yozuv.)



t\r

Yozuv tarixi

davrlar

Bu yozuvlarda bitilgan va bizgaclia yetib kelgan yodgorliklar

1.

O'rxun -Enasoy (tuik run yozuvi)

Vn-VHI asrlar

O'rxun –Enasoy yodgorliklari

2.

Uyg'ur yozuvi

VI-XVI asrkr

"Baztiyomoma", "Merosnoma' ‘Tazkirai avliyo"

3.

Arab alifbosi asosiciagi o'zbek yozuvi

VIII asrdan 1929 yilgacha




4.

Lotin alifbosi asosidagi o'zbek yozuvi

1 929-1 940yillar




5.

Rus alifbosi asosidagi o'zbek yozuvi

1940 yildan to hozirgacha




6.

Lotin alifbosi asosidagi o'zbek yozuvi

1996yill sentabrdan boshlandi




Harf tildagi tovushlarning yozuvdagi ifodasidir. Har qanday shakl yoki belgi harf sanalmaydi. Tovushni talaffuz qilamiz. eshitamiz harfiii esa yozamiz va ko'ramiz. Hozirgi o'zbek adabiy tilida amaldagi rus grafikasiga ko'ra unlilar: u, 3, a, y, o, e, 10, a kabi harflar bilan; undoshlar: 6, B, r, fl, ac, 3, ft, K, Jl, M, H, n, p, c, T, (p, x, n, i, ni, kabi 23 ta harf bilan ifoda etiladi va 35 ta shakl bo'libr shundan 33 tasi harf. ikkitasi (l>,b) belgidir.


Harflarning muayyan tartibda joylashtirilishi alfavit deyiladi. Amaldagi rus grafikasiga asoslangan o'zbek alfavitining joylashish tartibi quyidagicha: Aa(a), Бб(бe), Вв(вe), Гг (гe), Дд(де), Ee(e), Ёё(ё), Жж(жe), Зз(зe), Ии(и), Йй(йи), Кк(Ka) Лл(эл), Mм(эм), Нн(эн), Oo(o), Пп(пe), Pp(эp), Cc(эc), Tт(тe), Уу(y), Фф(эф), Xx(xa), Цц(цe), Шш(шe), Ъъ, Ьь, Ээ(э), Юю(ю), Яя(я).
O'zbekiston Respublikasi mustaqillik e'lon qilganidan so'ng (1991 yil 31 avgiist) lotin yozuvi asosidagi o'zbek alifbosi masalasi kun tartibiga qo'yildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 2-3 sentabrdagi 12-chaqiriq 13-sessiyasida '"Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida"gi Qonuni qabul qilindi va ushbu qonunni amalga kiritish tartibi haqida" gi qarori matbuotda berildi.
1995 yil 6 mayda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida"gi Oliy Kengash qaroriga o'zgartirishlar kiritish to'g'risida qaror qabul qildi.
Ushbu qarorga ko'ra yangi alifboga o'tishni 1996 yil sentabrdan birinchi sinflarda boshlanishi va unga to'liq o'tish 2005 yilda tugallanishi qayd qilingan edi. Bu alifboda o'zbek tilidagi 3 xil nutq tovushi (ш, ч, ng) harflar birikmasi bilan quyidagicha ifodalanadi:

  • sh harf birikmasi shodi, yozish. sharq shavkat;

  • ch harf birikmasi chol, cho'l, quvonch. ishonch;

— ng harf birikmasi tong, bong, ong, kenglik, tenglik. Amalda qo'llanayotgan yangi o'zbek alifbosida 29 harf mavjud. Har bir harming ikki xil katta va kichik shakli bor.
ALIFBO
Aa Bb Dd Ee Ff Gg Hh Ii Jj Kk Ll Mm Nn Oo Pp Qq Rr Ss Tt Uu Vv Xx Yy Zz O’o’ G’g’ SHsh CHch NGng



Download 166 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling