Nutq madaniyati va notiqlik asoslari
Download 1.16 Mb.
|
Ezoza
Qadimgi Yunoniston va Rimda nutq madaniyati nazariy asoslarining yaratilishi, notiqlik san’atining vijudga kelishi va uning namoyandalari.Qadim zamonlardan beri jamoat oldida so‘zga chiqib, odamlarga o‘z fikrini tushunturish, ular ongiga ta’sir etib, o‘z ortidan ergashtirish, biror narsa, voqea, hodisa haqida gapirganda ishontirish va isbotlab berishga intilish, insonlar orasidan so‘zamol notiqlarning chiqishiga zarurat tug‘dirgan hamda notiqlik san’atining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Yunonistonda demokratiya tuzumining o‘rnatilishi natijasi o‘laroq, xalq yig‘inlarida, senat kengashlarida, davlat ishlarida, sud ishlarida mamlakatning har bir ozod kishisi erkin nutq so‘zlash huquqiga ega bo‘lgan. Davlat ishlarini boshqarishda qatnashishnin istagan, lashkarboshilikni xohlagan har bir kishi uchun chiroyli va ta’sirchan nutq so‘zlash san’atini egallash majburiy bir ehtiyojga aylangan. Bunday shxslar xalq yig‘inlariga to‘plangan odamlar oldida nitq so‘zlab yo yutuq, yoxud mag‘luboyat quchganlar. Ular orasida so‘zga chechanlari keskin dalillar bilan xalqni ishontirib, odob bilan so‘zlagan davlat arboblari xalq nazariga tushib yanada obro‘ orttirganlar, gapni eplab gapira olmaganlari esa xalq nazaridan qolgan. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling