Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet114/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Qarab turar ayiqchani ko'zi suzilib. 
Ayiqchamni men juda yaxshi ko'raman, 
Uzilgan oyog'ini o'zim tikib qo'yaman. 
Tarbiyachi bu she'rni aytish bilan bir vaqtda matn mazmuniga taalluqli harakatlarni 
bajaradi, ayiqchaning uzilib tushgan oyog'i, ko'zini ko'rsatadi, bag'riga bosadi, tikish harakatini 
bajaradi. So'ngra bir bolani yoniga chaqirib, she‘rni yoddan aytib turadi, bola esa harakatlarni 
bajaradi. Shu tariqa 2—3 bolani yoniga chaqirib, she‘r matniga mos harakatlarni bajarishni 
taklif etadi. Keyin she'rni (harakatlarini ko'rsatish bilan) takrorlash uchun tez eslab qoladigan 
bolalarni chaqiradi. Bolalar she'rni harakatlarini ko'rsatish bilan aytib beradilar, tarbiyachi esa 
bolalarga ayrim so'zlarni, jumlalarni (agar esdan chiqarsa) aytib turadi. Mashg'ulotning oxirida 
bolalar ayiqcha bilan o'ynaydilar. Bu she'r ona tili mashg'ulotining boshqa turlaridan (didaktik 
o'yin, rasm yuzasidan suhbat va h.k.) farqli ravishda mashg'ulotning ikkinchi qismi sifatida 
rejalashtirilib, takrorlanadi. „Ajoyib xaltacha― didaktik o'yini o'ynalib, mashg'ulot oxirida 
„Ayiqeha" she‘rini takrorlatish mumkin. 
Kichik guruhlarda yiliga 1—2 marta tanish she'rlarni, ovutmachoqlarni, ashulalarni bolalar 
xotirasida mustahkamlash uchun mashg'ulot o'tkazish mumkin. Masalan: „Ajoyib xaltacha" 
didaktik (ta'limiy) o'yini o'ynaladi. Xaltachaga bolalarga ilgari yod olgan she'r va ashulalaridan 
ma‘lum bo'lgan o'yinchoqlar: ayiqeha, toychoq, mushuk, xo'roz, koptok, qo'g'irchoq va h.k. lar 
solinadi. Bolalar yarim doira hosil qilib o'tiradilar. Tarbiyachi o'yinchoqlar solingan xaltachani 
bolalarga ko'rsatib: Bolalar, bu nima? Uni silkitib, ichida nimalar borligini ayta olasizmi? — 
deb so'raydi. So'ng bolalar javobi tinglanadi. 
T a r b i y a c h i : To'g'ri, kimki xaltachaning ichidan bitta o'yinchoqni olsa, shu 
o'yinchoqning nomini aytib, u haqda she‘r aytib beradi, deb aytadi va o'zi xalta ichidan bitta 
o'yinchoqni olib, u haqda yod olingan she‘rni aytib beradi. So'ngra bolalarni yoniga bitta-
bittadan chaqirib, xaltacha ichidan o'yinchoq olishni va u haqda she‘r aytib berishni taklif 
etadi. 
O'rta guruhda she‘r yodlatishda yilning boshida kichik guruhdagi usullar: o'yinchoqni, 
buyumni, harakatJarni ko'rsatish usullaridan foydalaniladi. Yilning ikkinchi yarmidan boshlab 
o'yin usullari yoddan aytih berilgan she'r ustida suhbatlashish bilan almashinadi. 
Katta guruhda mavzusi jihatdan turli xildagi: ona-Vatan, tabiat, bayramlar, kishilarning 
mehnatlari, bolalar hayoti, o‘simlik va hayvonot dunyosi va boshqalar haqidagi she‘rlar yod 
oldiriladi. Bu guruhda tarbiyachining vazifasi faqat bolalarning she‘rni yod oli^hlariga yordam 
berishgina emas, balki uni emotsional tarzda idrok qilishlariga erishish hamdir. 
Bolalarni she‘rni ifodali aytib berishga o'rgatishga alohida ahamiyat berish lozim. 
Tarbiyachi suhbat vaqtida bolalarga bayramlar haqidagi she‘rlarni sevinch ifodasi bilan, kuz 
haqidagi she'rlarni esa biroz g'amgin ohangda aytilish sabablarini tu- shuntiradi. 
She‘rni nutq o'stirishga doir bir necha mashg'ulotlarning ikkinchi qismida, ertalabki va 
kechki soatlarda takrorlash rejalashtiriladi. Quyida miso! tariqasida tayyorlov guruhlarida she'r 
yodlatish mashg'ulotining ishlanmasini keltiramiz. 
Z. Diyorning „Binafsha' she‘rini yod oldirish. 
Dastur mazmuni. Bolalarga binafsha bahor faslining elchisi ekanligi to'g'risida tushuncha 
berish va mustahkamlash. She‘rning mazmunini tushunishga, unda aks etgan ko'tarinki ruhdan, 
quvnoq ohangdan, sevinch, shodlikdan ta‘sirlanishga undash. 
Mashg‗ulotga tayyorgarlik. Binafsha gulini guldonga solib, bolalarga ko'rinmaydigan 
joyga qo'yish. 
Mashg‗ulotning borishi. 
T a r b i y a c h i : Hozir o'lkamizda qaysi fasl? Bu faslda ob- havo qanday bo'ladi? Qanday 
gullarni bahor elchisi deymiz? Binafshalar qayerlarda ochiladi? Siz shu gulni ko'rganmisiz? 
(Binafsha gulini ko'rsatadi.) Bolalar javobidan so'ng tarbiyachi ularning javoblarini 
umumlashtirib, shunday deydi: To'g'ri, hozir bahor fasli. Bahor faslida hamma yoq chiroyli 
libosga burkanadi. Bog'larda qushlar sayraydi, kapalaklar guldan gulga qo'nib yayraydi. Bahor 
elchilari binafsha, lola ochiladi. Hamma bog'larga, dala va adirlarga gul tergani chiqishadi. 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Bahor fasli, gullar haqida shoirlar she‘rlar yozishgan. Mana, bolalar shoiri Zafar Diyor ham 
binafsha haqida she‘r yozgan. 
Tarbiyachi she‘rni yoddan aytib beradi. So'ngra she‘r mazmuni yuzasidan quyidagi savol-
javob tarzidagi suhbat o'tkaziladi: 
Zafar Diyorning „Binafsha'
4
she‘ri sizga yoqdimi? Sizlarga hammadan ko'ra ko'proq 
nimasi yoqdi? Binafsha haqida nima deyilgan? Binafshaning hididan nimalar lazzat olar ekan? 
Bu she‘rda kapalak haqida nima deyilgan? Bu she‘rda kimlar binafshani maqtashlari haqida 
yozilgan? Kimning esida qoldi? Kim aytib bermoqchi? 
Tarbiyachi bolalar javobini to'ldirib: „Endi diqqat bilan ting- lang. Bu she‘rni sizlarga aytib 
beraman. Sizlar she'rni yod olishingiz kerak―,— deydi. She'rni ikkinchi marta ifodali qilib 
yoddan aytib bergach, takrorlashga istagan bolani chaqiradi, so'ngra o'zi belgilab qo'ygan 
bolani she'rni yoddan aytish uchun chaqiradi. 
Mashg'ulotning 2- qismida „Gullar do'koni'
1
ta‘limiy o'yini o'tkaziladi

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling