Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet113/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Tarbiyachi: To‗g‗ri, kimki xaltachaning ichidan bitta o‗yinchoqni olsa, shu o'yinchoqning
nomini aytib, u haqda she‘r aytib beradi, deb aytadi va o‗zi xalta ichidan bitta o‗yinchoqni 
olib, u haqda yod olingan she‘rni aytib beradi. So‗ngra bolalarni yoniga bitta-bittadan
chaqirib, xaltacha ichidan o‗yinchoq olishni va u haqda she‘r aytib berishni taklif etadi. 
O‗rta guruhda she‘r yodlatishda yilning boshida kichik guruhdagi usullar: o‗yinchoqni,
buyumni, harakatlarni ko‗rsatish usullaridan foydalaniladi. Yilning ikkinchi yarmidan
boshlab o‗yin usullari yoddan aytib berilgan she'r ustida suhbatlashish bilan almashinadi. 
Katta guruhda mavzusi jihatdan turli xildagi: ona -Vatan, tabiat, bayramlar, kishilarning
mehnatlari, bolalar hayoti, o‘simlik va hayvonot dunyosi va boshqalar haqídagi she‘rlar 
yod oldiriladi. Bu guruhda tarbiyachining vazifasi faqat bolalarning she‘rni yod olishlariga
yordam bcrishgina emas, balki uni emotsional tarzda idrok qilishlariga erishish hamdir. 
Bolalarni she‘rni ifodali aytib berishga o‗rgatishga alohida ahamiyat berish lozim.
Tarbiyachi suhbat vaqtida bolalarga bayramlar haqidagi shc'rlarni sevinch ifodasi bilan ,
kuz haqidagi she'rlarni esa biroz g ‗amgin ohangda aytilish sabablarini tushuntiradi. 
She‘rni nutq o‗stirishga doir bir necha mashg'ulotlarning ikkinchi qismida, ertalabki va kechki
soatlarda takrorlash rejalashtiriladi. Quyida misol tariqasida tayyorlov guruhlarida she'r 
yodlatish mashg'ulotining ishlanmasini keltiramiz. 
Z . Diyorning „Binafsha“ she‟rini yod oldirish . 
Dastur mazmuni. Bolalarga binafsha bahor faslining elchisi ekanligi to ‗g‗risida tushuncha
berish va mustahkamlash. She‘rning mazm unini tushunishga. unda aks etgan ko‗tarinki 
ruhdan, quvnoq ohangdan, sevinch, shodlikdan ta‘sirlanishga undash. 
Mashg„ulotga tayyorgarlik. Binafsha gulini guldonga solib, bolalarga ko‗rinmaydigan 
joyga qo'yish. 
Mashg‗ulotning borishi. Tarbiyachi: Hozir o'lkamizda qaysi fasl? Bu faslda ob- 
havo qanday bo‘ladi? Qanday gullarni bahor elchisi deymiz? Binafshalar qayerlarda
ochiladi? Siz shu gulni ko‗rganmisiz? (Binafsha gulini ko‗rsatadi.) Bolalar javobidan


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
so‘ng tarbiyachi ularning javoblarini umumlashtirib, shunday deydi: To‗g‗ri, hozir bahor
fasli. Bahor faslida hammayoq chiroyli libosga burkanadi. Bog‘larda qushlar sayraydi,
kapalaklar guldan gulga qo‗nib yayraydi. Bahor elchilari binafsha, lola ochiladi. Hamma 
bog'larga, dala va adiriarga gul tergani chiqishadi. Bahor fasli, gullar haqida shoirlar sh 
e‘rlar yozishgan. Mana, bolalar shoiri Zafar Diyor ham binafsha haqida she‘r yozgan. 
Tarbiyachi she'rni yoddan aytib beradi. So‗ngra she‘r mazmuni yuzasidan quyidagi savol-
javob tarzidagi suhbat o'tkaziladi: 
Zafar Diyorning „Binafsha― she‘ri sizga yoqdimi? Sizlarga hammadan ko‗ra ko‗proq
nimasi yoqdi? Binafsha haqida nima deyilgan? Binafshaning hididan nimalar lazzat olar
ekan? Bu she‘rda kapalak haqida nima deyilgan? Bu she‘rda kimlar binafshani 
maqtashlari haqida yozilgan? Kimning esida qoldi? Kim aytib bermoqchi? 
Tarbiyachi bolalar javobini to‘ldirib: „Endi diqqat bilan tinglang. Bu she'rni sizlarga aytib 
beraman. Sizlar she‘rni yod olishingiz kerak―, — deydi. She'rni ikkinchi marta ifodali
qilib yoddan aytib bergach, takrorlashga istagan bolani chaqiradi, so‗ngra o‗zi belgilab qo 
‗ygan bolani she'rni yoddan aytish uchun chaqiradi. 
Mashg‗ulotning 2- qismida „Gullar do‗koni‖ ta‘limiy o‗yini o'tkaziladi 
Bolalar bog'chasida bolalarga she‘r yodlatishning asosiy maqsadi va ahamiyati ularda 
she‘riyatga bo'lgan muhabbatni, badiiy didni tarbiyalash, poeziyaning eng yaxshi namunalarini 
idrok etishni shakllantirishdir. 
Shuningdek, bolalarga estetik tarbiya berishda ham she‘r yod oldirishning ahamiyati 
benihoya kattadir. „Bolalar bog'chasida ta‘lim-tarbiya dasturi―da yod oldirilishi lozim bo'lgan 
sheYlaming ro'yxati berilgan. Bu she‘rlar bolalar hayotidan olingan bo'lib, ular quvnoq 
o'yinlar, o'yinchoqlar, uy hayvonlari, tabiat to'g'risidagi she‘rlardir. She‘r yod oldirishda 
tarbiyachi oldida bir qancha vazifalar turadi: 
1. 
O'qilgan she‘rni hamma bolalar csda saqlab qoiishlariga erishish. 
2. 
Bolalarda she‘rga (poeziyaga) nisbatan qiziqish uyg'otish va mustahkamlash. 
3. 
She‘r mazmunini va undagi ayrim qiyin so'zlarning ma‘nosini tushunib olishlariga 
yordam berish. 
4. 
Tinglovchilar oldida she‘rni ifodali aytib berishga o'rgatish. 
Bu vazifalarning barchasi bir vaqtda amalga oshiriladi. 
Yodlatish uchun she‘r tanlashda „Dastur" vazifalariga, bolalarning yosh va psixologik 
xususiyatlariga, esda saqlash q o b i 1 i u at I a r iga e‘tibor berish kerak. Yodlatish uchun she'r 
tanlashda shuni hisobga olish kerakki, she‘r hajm jihatidan uncha katta bo'lmasligi, kichik 
guruhlarda 1 banddan oshmasligi, o'rta guruhda 2 band, katta guruhlarda 3—4 banddan 
oshmasligi kerak. Bolalar bir oy ichida kuni bilan 1—2 ta she'rni (mashg'ulotda) yod oladilar. 
Ba‘zilarini (sanamalar, kikillamalar, ashulalarni) mashg'ulotdan tashqari vaqtda (sayrda, o'yin 
jarayonida) beixtiyor eslab qoladilar. Tarbiyachi bolalar bilan she‘r yod oldirish mashg'ulotini 
tashkil etishdan awal guruhdagi bolalarning qaysisi tez, qaysi birlari sekin, qaysilari puxta, 
qaysilari bo'sh yod olishlarini aniqlab olishi kerak. 
Kichik guruhda she‘r yod oldirishda ko'rsatmalilik, o'yin harakatlari orqali ko'rsatish, 
ovozga taqlid qilish usullaridan keng foydalaniladi. Masalan, ,,Ayiqcham― she‘rini yodlatish. 
Dastur mazmuni. Bolalarni she'r mazmuni bilan tanishtirish, uning ma'nosini tushunishga 
va yod olishga yordam berish. Bolalarni o'z o'rtoqlari oldida she'r aytishga o'rgatish. 
Mashg'ulot uchun material. Katta ayiqcha o'yinchog'i. 
Mashg‗ulotning borishi. Bolalar yarimdoira hosil qilib o'tiradilar. 
T a r b i y a c h i : Bolalar, qaranglar, bizga kim rnehmon bo'lib kelibdi? Bu nima? 
Bolalarning javoblari tinglanadi. 
T a r b i y a c h i : Biz sizlar bilan bu ayiqchani ko'rganmiz. Ayiqchaning bosh qismida 
ikkita qulog'i, dum-dumaloq, mun- choqdek ko'zlari, tumshug'i va tana qismida to'rtta oyog'i 
borligini bilamiz. Ayiqcha o'rmonda, hayvonot bog'ida yashaydi, u asalni juda yaxshi ko'radi. 
Qaranglar, u qanday chiroyli, biz bu ayiqchani juda yaxshi ko'ramiz, u bilan o'ynaymiz. 
O'yinchoq ayiqcha haqida chiroyli she‘r yozilgan (she'rni yoddan aytib beradi): 
Ayiqchamning oyog'i tushdi uzilib, 



Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling