Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet112/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Mashg„ulot uchun material. Katta ayiqcha o'yinchog'i. 
M ashg„ulotning borishi. Bolalar yarim doira hosil qilib o‗tiradilar. 
Tarbiyachi: Bolalar, qaranglar, bizga kim mehmon bo‘lib kelibdi? Bu nima? Bolalarning 
javoblari tinglanadi. 
Tarbiyachi: Biz sizlar bilan bu ayiqchani ko‗rganmiz. Ayiqchaning bosh qismida ikkita 
qulog'i, dum -dumaloq, munchoqdek ko‗zlari, tumshug‗i va tana qismida to‘rtta oyog‗i
borligini bilamiz. Ayiqcha o ‗rmonda, hayvonot bog‗ida yashaydi, u asalni juda yaxshi
ko‗radi. Qaranglar, u qanday chiroyli, biz bu ayiqchani juda yaxshi ko'ramiz, u bilan 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
o‗ynaymiz. O‗yinchoq ayiqcha haqida chiroyli she‘r yozilgan (she‘rni yoddan aytib
beradi): 
Ayiqchamning oyog‘i tushdi uzilib, 
Qarab turar ayiqcham ko‗zi suzilib . 
Ayiqchamni men juda yaxshi ko‗raman, 
Uzilgan oyog'ini o‗zim tikib qo‗yaman . 
Tarbiyachi bu she‘rni aytish bilan bir vaqtda matn mazmuniga taalluqli harakatlarni
bajaradi, ayiqchaning uzilib tushgan oyog‗i, ko‘zini ko'rsatadi, bag‗riga bosadi, tikish
harakatini bajaradi. So‗ngra bir bolani yoniga chaqirib, she‘rni yoddan aytib turadi, bola 
esa harakatlarni bajaradi. Shu tariqa 2—3 bolani yoniga chaqirib, she‘r matniga mos
harakatlarni bajarishni taklif etadi. Keyin she'rni (harakatlarini ko‘rsatish bilan) takrorlash
uchun tez eslab qoladigan bolalarni chaqiradi. Bolalar she'rni harakatlarini ko'rsatish bilan
aytib beradilar, tarbiyachi csa bolalarga ayrim so‗z!arni, jumlalarni (agar esdan chiqarsa)
aytib turadi. Mashg‗ulotning oxirida bolalar ayiqcha bilan o‗ynaydilar. Bu she'r ona tili
mashg'ulotining boshqa turlaridan (didaktik o‗yin, rasm yuzasidan suhbat va h.k.) farqli
ravishda mashg‗ulotning ikkinchi qismi sifatida rejalashtirilib, takrorlanadi. 
„Ajoyib xaltacha― didaktik o‗yini o‗ynalib, mashg‗ulot oxirida „Ayiqcha― she‘rini
takrorlatish mumkin. Kichik guruhlarda yiliga 1—2 marta tanish she‘rlarni, ovutmachoqlarni, 
ashulalarni bolalar xotirasida mustahkamlash uchun mashg‗ulot o ‗tkazish mumkin.
Masalan: „Ajoyib xaltacha― didaktik (ta'limiy) o‗yini o'ynaladi. Xaltachaga bolalarga ilgari 
yod olgan she‘r va ashulalaridan ma‘lum bo‘lgan o‗yinchoqlar: ayiqcha, toychoq, mushuk,
xo‘roz, koptok, qo‗g‗irchoq va h.k.lar solinadi. Bolalar yarim doira hosil qilib o ‗tiradilar. 
Tarbiyachi o‗yinchoqlar solingan xaltachani bolalarga ko'rsatib: Bolalar, bu nima? Uni
silkitib, ichida nimalar borligini ayta olasizmi? — deb so'raydi. So‗ng bolalar javobi
tinglanadi. 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling