Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni
Download 5.04 Kb. Pdf ko'rish
|
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH
Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
Katta guruhda bolalarning faolligi o‗sadi, nutqi takomillashadi, turli rasmlar bo‘yicha mustaqil hikoya tuza oladilar. Rasmlardan foydalanilgan mashg'ulotlarda ularning mazmuniga qarab har xil vazifalar qo'yiladi: 1) bolalarni rasmlarning mazmunini to‗g‘ri tushunishga o'rgatish ; 2) his-tuyg'ularni tarbiyalash (rasmlarning mazmuniga qarab aniq rejalashtiriladi: tabiatga muhabbat, kasb-hunarga hurmat va hokazolar); 3) rasmlar bo‗yicha bog‘langan hikoya tuzishga o‗rgatish; 4) lug‗at to'plamini kengaytirish va faollashtirish (bolalar xotirada saqlashlari lozim bo‗lgan yangi so‗zlar yoki aniqlanishi va mustahkamlanishi lozim bo‗lgan so‗zlar oldindan aniq rejalashtiriladi). Katta guruhda bolalarni hikoya qilishga o‗rgatish jarayonida tarbiyachining rahbarligi o‗zgaradi. Endi u shaxsan ishtirokchilikdan kuzatuvchi roliga o‗tadi, zarur bo‘lgandagina aralashadi. Katta guruh bolalarining hikoyalariga katta talablar qo'yiladi: voqealarni uzviy bog‗langan holda, grammatik jihatdan to‗g‗ri jumlalar tuzib bayon qilish; til vositalarining (harakatlarni, sifatlarni, holatlarni va boshqalarni aniq belgilash) mustaqilligi, obrazliligi, bir maqsadga qaratilganligi, topshiriqni bola tomonidan ongli tarzda anglash uni to‘g‗ri bajarishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Bu jihatlarga tarbiyachining rahbarlik qilishi juda katta ahamiyatga ega, u topshiriqni tushunishga va to‗g‗ri bajarishga yordam beradi. Tarbiyachining namuna-hikoyasi, ayniqsa, maktabga tayyorlov guruhida ularning hikoya qila olish malakasini yanada yuqori darajada rivojlanishi uchun asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi. Tarbiyachi boladan namuna-hikoyaning aynan o'zini takrorlashni talab qilib qolmasdan, balki takomillashtirib, o‗zgartirib, unumlashtirgan holda, adabiy obrazlardan foydalanib hikoya qilishni talab etadi. Namuna ko‗pincha rasmning bir qismi uchun taalluqli bo‘lib, u boshqa qismlar yuzasidan mustaqil hikoya tuzish imkonini beradi. Maktabga tayyorlov guruhida tarbiyachining namuna-hikoyasi, guruhda rasmdagi mazmunni bog‘langan holda bayon ctishga qiynaladigan bolalar bolsagina taklif etiladi. Bunday mashg‗ulotlarda hikoya rejasini berish, hikoya mazmunini va izchilligini aytib turishdan foydalanish yaxshi natijalar beradi. Katta guruhda rasmga qarab hikoya tuzishning hamma turlaridan foydalaniladi: narsa- buyumlarni tasvirlovchi va voqeaband rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish; peyzajli va naturtmortli rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish; rasmlar seriyalari — to‗plamlari bo‗yicha, masalan, „Bizning yer maydonchamiz qishda va yozda― ) hikoya tuzish. Rasmlar to'plami bo‗yicha hikoya tuzish malakasini takomillashtirishda quyidagi usullar yordam beradi: jamoa bo‘lib hikoya tuzish — avval boshlanishini tarbiyachi tuzadi, bolalar tugallashadi; bir bola boshlaydi, boshqasi davom ettiradi. Quyida misol tariqasida bog‗lanishli nutqni rivojlantirish bo'yicha mashg'ulot ishlanmasini keltiramiz. Bu mashg'ulotda nutqning turli vazifalari hal etiladi. I qism. Bog‘lanishli nutq. „Tipratikanlar― rasmi bo‗yicha hikoya qilish. Dastur mazmuni. Bolalarning yovvoyi hayvonlar ( tipratikanlar) to‗g‗risidagi mavjud bilimlaridan foydalanib, rasm bo'yicha hikoya qilishga o‗rgatish. II qism. Lug‗at ishi. Topishmoqlarni topish. Dastur mazmuni. Bolalarni topishmoqlardagi obrazli ifodalarning mazmunini tushunishga o‗rgatish. III qism. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. ,,r-l― tovushlarining to‗g‗ri talaffuzini mustahkamlash. Dastur mazmuni.„r-l― tovushlarining to‗g‗ri talaffuzini Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni aniqlash,mustahkamlash, fonetik idrokni o‗stirish. „ r - l― tovushlari bo‘lgan so‗zlarni aniq va cho‘zib talaffuz etishga o‘rgatish. Mashg'ulotning borishi. Tarbiyachi bolalarga tipratikan haqidagi she‘rni aytib beradi. So‗ngra tarbiyachi so‗raydi: „Tipratikanning tanasi nimalar bilan qoplangan? ― (ignalar bilan .) „Tipratikan qanday ? ― (Tikanli.) Tipratikan haqidagi topishmoqni tinglashni taklif etadi: Tikuvchimas, bichuvchimas, Ninasi ancha ekan, yoviga sanchar ekan. So‗ng shu topishmoq yuzasidan ham savollar beradi: „Nima uchun: ninasi ancha ekan, yoviga sanchar ekan ― deb aytilgan? (Chunki uning tanasi ignalar bilan qoplangan, bironta yovvoyi hayvon uni yemoqchi bo‘lsa, dumaloqlanib olib ignalarini tikkaytirib oladi, natijada uning ignalari yovga (dushmaniga) sanchiladi. Biz ham uni tutib olmoqchi bo'lsak, ignalarini qo'limizga sanchib olishi mumkin. Unga tegib bo‘lmaydi, tikanli.) Yana bitta topishmoq aytadi: „ Ignalarini o‘z¡ bilan olib yuradi, Tikishni esa bilmaydi―. Tarbiyachi so‘raydi: Nima uchun „Tikishni bilmavdi― deyilgan? Yana qanday ignalar bor, ular nima uchun kerak? (Tikuv ignalari, tikish uchun.) Tipratikanning ignaiari bilan tikish uchun ishlatiladigan ignalar nimasi bilan o ‗xshash? (ular o'tkir, uzun, ingichka.) Tarbiyachi „Tipratikanlar― rasmini („Yovvoyi hayvonlar― seriyali rasmlardan) ko‗rsatadi. Bolalarga uni diqqat bilan ko‘rib chiqishni taklif etadi va savollar beradi: „Bu rasmda nima tasvirlangan? Ona tipratikan nima qilyapti? Tipratikan bolalarichi? Tipratikanlar nima yeydi? Unga ignalar nima uchun kerak? U qanday? Tipratikanni nima bilan taqqoslash mumkin ?― Javoblarni tinglaydi va bolalarga tipratikanlar haqida aytilganlarni esdan chiqarmaslikni aytadi. Shu rasm yuzasidan bir bolaning hikoyasi: „Ona tipratikan va tipratikanchalar yashashar ekan. Kunlardan bir kuni ular o‘tloqqa sayr qilgani borishibdi. Ona tipratikan shiliqqurtlarni ko‗rib ularga tikilib qaray boshlabdi. Ikkita tipratikancha esa qo‘ng‗izga qarab o'ylashibdi, bu kuni ekan, bitta tipratikancha esa xuddi koptokka o‗xshab, dum-dumaloq bo‘lib olibdi. Qo‘ng‗iz yiqilib tushgan edi, tipratikancha qo'rqib, tumshug‗ini ichkariga yashirdi―. Ikkinchi bir bolaning hikoyasi: „Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Ona tipratikan bilan tipratikanchalar yashar ekan. Kunlardan bir kun ular sayr qilgani bog‘ga borishibdi. Ona tipratikan shiliqqurtni ko‗rib qoldi. Ikkita kichkina tikanli tipratikanchalar chuvalchangni ko'rib qolib, unga qarab turishibdi va qanday taqsimlab olishga hayron― . Uchinchi bolaning hikoyasi: „Tipratikanchalar va ona tipratikan yashar ekan. Kunlardan bir kun ular o'rmonga sayr qilgani borishibdi. Ikkita tipratikancha qo‘ng‘izni ushlab olishdi va uni taqsimlay olishmadi. Ular qarasalar, shox-shabbalarning ostida bir ko‘k rangdagi dum-dumaloq narsa. Bu ularning akalari bo‘lib, u qo‘rqqanidan xuddi koptokka o‘xshab dum-dumaloq bo‗lib olgan edi. Ular akalariga qarayotganlarida, qo‘ng‘izlar qochib qolishdi―. Tarbiyachi bolalardan kimning hikoyasi nimasi bilan ko‗proq yoqqanligini, har bir tinglagan hikoyalarida qanday yangi va qiziqarli narsalarni eshitganliklarini so‗rab oladi. Katta guruh bolalari sekin-astalik bilan rasmda tasvirlangan tabiat manzaralarini (peyzajni) tasvirlash bilan o‘z hikoyalarini to'ldirib boradilar. Masalan, „Qishki o‘yinlar― rasmi yuzasidan bola shunday hikoya qilishi mumkin: „Bu rasmda qish tasvirlangan. Kun iliq va quyoshli. Osmon ko‗m – ko‘k, beg'ubor...―. Rasm bo'yicha hikoya qilishga bunday tasvirlashni kiritish bolalarni manzarali (peyzajli) va naturmort rasmlar bo'yicha hikoya tuzishga tayyorlaydi. Bu hikoya turi maktabga tayyorlov guruhida tashkil etiladi. Bolalarni manzarali va naturmort rasmlar bo'yicha hikoya qilishga o‗rgatishning qiziqarli va samarali |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling