Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet119/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

 
 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
II-jarayon (IV semestr)
1-mavzu: Bolalarda o„qishga, yozishga va ularning 
mavzusiga qiziqish uyg„otish 
 
1. Maktabgacha 
tarbiya 
yoshidagi 
bolalarni 
har 
tomonlama 
tarbiyalashda ona tilining ahamiyati 
2. Til ta fakkur quroli va muomala vositasi ekanligi 
Tayanch tushuncha va iboralar: maktabgacha ta‘lim muassasasi, yozish 
ko‘nikmalarini shakllantirish, til va tafakkur, muomala, nutq etiketi. 
Qayta qurish jamiyatimizning faqatgina ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohasidagina 
emas, balki madaniy hayotida ham o‘z aksini topmoqda. Ma‘lumki, adabiy tilda 
gapirish va yozish kishilarning bir-birini tez va oson tushunishiga yordam beradi, 
nutqning jozibadorligini, ta‘sirchanligini oshiradi. Bolalarni adabiy nutqqa 
o‘rgatishda oila, maktabgacha tarbiya muassasalarining roli benihoyadir. Bugungi 
kunda bizning asosiy vazifamiz bog'cha yoshidanoq bolaning og'zaki nutqini 
o'stirib borishdir. „Bola , — degan edi K.D.Ushinskiy , — ilk yoshlik chog'idayoq 
xalq madaniyati elementlarini o‗zlashtira boshlaydi, bularni avvalo, ona tilini 
bilish yo'li bilan o ‗rganadi. Shu bois, bizning fikrimizcha, oilada, bolalar 
bog‗chasida ta'lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda ona tilidan o'rinli 
foydalanmoq zarur. Ma'lumki, jamiyat taraqqiyotida tilning ahamiyati juda katta. 
Butun dunyo xalqlarining xoh siyosiy, xoh madaniy taraqqiyotini tilsiz tasavvur 
qilib bolmaydi. Chunki til eng muhim aloqa vositasi, jamiyat esa aloqasiz 
rivojlanmaydi. 
Bog'chada ta‘lim berish samaradorligini oshirish, bolalarni mustaqil ta‘lim 
oiishga (maktab ta'limiga) tayyorlash, yangi jamiyatning ongli quruvchilarini 
tarbiyalash kabi muhim va hayotiy vazifalarni hai qilishda ona tili asosiy o‗rin 
egaliaydi. 
Xalqning milliy madaniyati va o‗ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo'lmish 
o‗zbek tilini rivojlantirish — bu tilning davlat maqomini izchil va to'liq ro'yobga 
chiqarish ... demakdir― deb ta‘kidlab o‗tgan edi Respublikamiz Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyev. O‘zbek adabiy tili o'zbek xalqining yagona, normallashgan 
tili sifatida og‗zaki va yozma shaklda asrlar mobaynida rivojlanib, 
mukammallashib keldi.
O‗zbek adabiy tilini taraqqiyot bosqichiga ko‗ra ikki 
adabiy tilga ajratish mumkin : eski o‗bek adabiy tili va hozirgi zamon o'zbek
adabiy tili. 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Eski o ‗zbck adabiy tili o'zbek xalqining buyuk mutafakkiri Navoiy asos solgan 
va keyinchalik Muqimiy, Furqat kabi dcmokrat shoirlar tomonidan 
rivojlantirilgan adabiy tildir. Bu adabiy tildab yaratilgan yozma yodgorliklar 
o'zbek xalqi va lining tili taraqqiyot tarixini o ig an i sh uchun manba bolishi bilan 
birga, hozirgi zamon o'zbek adabiy tili uchun ham asos boigan. Hozirgi zamon 
o‗zbek adabiy tili eski o‗zbek adabiy tilining davomi, yangi sharoitda o‗zbek 
xalqining iqtisodiyoti va madaniyatining rivojlanishi asosida har tomonlama 
boyigan shaklidir. 
Bolalar bog'chasi bolalarni har tomonlama, ya‘ni jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik 
tomondan tarbiyalashdek maqsadni o‘z oldiga qo‗ygan. Bu maqsad esa bolalarga 
ona tilini o'rgatish jarayonida amalga oshiriladi. Bog'chada og‗zaki nutqni 
o‗stirish natijasida bolalar aqlan rivojlanib, umumiy madaniy saviyasi oshadi. 
Ular tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunib 
boradilar. Bolalarda nutqning rivojlanishi ularning ruhiy jihatdan ham 
takomillashib borishiga yordam beradi. 
Bola tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlar 
yordamida, shuningdek nutq yordamida bilib olish qobiliyatiga cga. Ammo 
bolalardagi intellekt, ya‘ni ruhiy jarayonlar (xotira, tasavvur, xayol, tafakkur va h. 
k.) shunchaki bola organizmining o ‗sib borishi va takomillashishi bilangina 
paydo bolmay, balki nutqining rivojlanishi bilan paydo bo‘ladi va takomillashadi. 
Agar bola kichik yoshidan boshlab to‗g'ri gapirishga (so'zlashishga) o‗rgatib 
borilsa, u vaqtda bunday bola normal holatda rivojlanadi, ya‘ni awa l tasavvur 
etish, keyin esa fikr yuritish, xayol qilish qobiliyati paydo bo'ladi va bu qobiliyat 
har bir yosh bosqichida takomillashib boradi. Bolalarda intellekt bilan barobar 
(parallel) ravishda iroda kabi mhiy jarayon ham takomillashib boradi. 
Ko‗pgina tajribalar shuni ko‗rsatdiki, nutqi rivojlanmagan bola toliq shaxs 
sifatida kamol topmaydi. 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Demak, tarbiyachi har doim shuni csda tutishi kerakki, nutq bu maktabgacha 
tarbiya yoshidagi bolalarda barcha jarayonlar rivojlanishiga ko'maklashuvchi 
vositadir.

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling