Maktabgacha yoshdagi kichik bolalar nutqini rivojlantirishga doir vazifalar
Nutq vazifasi va shakli. Kattalar bilan ko‘rgazmali vaziyatdan chetga chiqadigan
mavzular bo‘yicha muloqot qilishni yo‘lga qo‘yish. Tengdoshlar bilan jamoaviy o‘yinlarda
o‘yinga kirishib ketish uchun sharoitlar yaratish. O‘z nutq faolligi paydo bo‘lishini
rag‘batlantirish: muloqotdagi sheriklarga iltimos va takliflar bilan murojaat qilish; o‘yin
vaziyatlari, o‘rin bosuvchi buyumlar, rollarni belgilashda nutqdan foydalanish.Buyumlar
xususiyatlari va ularning qanday maqsadda ishlatilishiga, turmushdagi sababli aloqalar va
munosabatlarga qiziqishni, qiziqtirayotgan masalaga oid savollarni va qisqa matn shaklidagi (3-
4 ta gap) mulohaza va fikrlashlarni rag‘batlantirish.
Lug‘at. Bolalarni buyumlarning yangi nomlari, ularning sifati, umumlashtiruvchi
nomlari bilan tanishtirish, qiyoslashda qarama-qarshi ma'noli (antonimlar) so‘zlardan
foydalanishga, ko‘rgazmali vaziyatga tayanmasdan lug‘atdan foydalanishga undash.
Grammatik qurilish. Yangi so‘zlarni grammatik jihatdan o‘zgartirishga va gapdagi
so‘zlar bilan kelishtirishga undash. So‘zlar va ularning shakllarini mustaqil ravishda hosil
qilish, nomlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik aloqalarni tadqiq qilishning o‘ziga xos bolalarcha
usuli sifatida so‘z ijodkorligidan foydalanish. Narsalar va hodisalar o‘rtasidagi aloqalarga oid
o‘z tushunchalarini murakkablashtirilgan gap tuzilmasi (yoyilmagan oddiy, bog‘langan
qo‘shma gap va ergashgan qo‘shma gap) orqali aks ettirish.
Nutqning tovush madaniyati. Fonematik qabul qilishni rivojlantirish (berilgan u yoki bu
tovushni talaffuzda ajratish va so‘zda eshitish qobiliyati). Artikulyatsiyani, unlilarni va oddiy
undosh tovushlarni aniq talaffuz qilish, shovqin bilan chiquvchi va sonor tovushlarni to‘g‘ri
talaffuz etishni o‘zlashtirish qobiliyatini takomillashtirish. Nutqning ifoda jihatini, nutq
sur'atini, ovoz kuchini, nutqiy nafasni erkin tartibga solish qobiliyatini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |