Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Go‟daklik yoshi: 0 - 1 
Bola hayoti kattalar hayoti va faoliyatiga uyg‘unlashgan bo‘ladi. Ayni paytda bolada 
unga ta'sir o‘tkazish uchun biron-bir o‘ziga xos insoniy vositaga mavjud bo‘lmaydi. Bu mazkur 
rivojlanishning asosiy genetik vazifasi - kichkintoylarda katta odam bilan muloqotga kirishish 
qobiliyati va vositalarini shakllantirishdan iboratdir. Emotsional-erkin muloqot - ushbu 
yoshdagi yetakchi faoliyat turi hisoblanadi. 
Bolaning boshqalardan ajralib qolishi, kattalar bilan emotsional muloqotlarning 
yetishmasligi bola hayotining dastlabki oylaridan boshlab uning yetarli darajada 
rivojlanmasligiga olib kelishi mumkin. 
Bolaning kattalar bilan muloqotining dastlabki belgilari «jonlanish kompleksi», ya'ni 
bolaning kattalarga nisbatan emotsional-ijobiy munosabati ko‘rinishida paydo bo‘ladi. 2-2,5 
oydan boshlab kichkintoy muloqotga kirishishni faol talab qila boshlaydi. 
Muloqotning birinchi shakli - emotsional-erkin (vaziyat-shaxs) shakldir. Bu boshqa 
odamga bo‘lgan qiziqish, unga nisbatan emotsional munosabat bilan tavsiflanadi. Muloqotning 
bunday shakli bola hayotining birinchi yarim yilligiga xos holatdir. 
Muloqotning yanada rivojlangan ikkinchi shakli - ya'ni, emotsional-vositali (vaziyatli-
amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim yilligida ro‘y beradi. Bu muloqot predmetlar 
orqali vositali muloqotga aylantiriladi. Ushbu yoshda bolaning qiziqishlari atrofdagi olamga 
yo‘naltirilgandir. Unda yangi taassurotllarga ehtiyoj yorqin paydo bo‘ladi. Bu yoshdagi 
rivojlantirish vazifalari quyidagilardan iborat: 
Bolalar muassasalarida, oilada bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan kattalarga nisbatan 
emotsional bog‘liqlik va ishonch hissini tarbiyalash. 
Unga nisbatan ijobiy diqqat-e'tiborga bo‘lgan ehtiyojni qondirish. 
Kichkintoyning uni o‘rab turgan atrof-olamga va uning o‘ziga nisbatan qiziqishni 
rivojlantirishga ko‘maklashish. 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling