Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni
Download 5.04 Kb. Pdf ko'rish
|
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Kalendar rejasiga muvofiq bolalar nutqini rivojlantirish 2. Kalendar rejasi ustida ishlash Tushunchalar va iboralar
Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 6-mavzu: Kalendar rejasiga va bolalar nutqini rivojlantirishni hisobotiga nisbatan qo`yiladigan talablar Reja: 1. Kalendar rejasiga muvofiq bolalar nutqini rivojlantirish 2. Kalendar rejasi ustida ishlash Tushunchalar va iboralar: ta‘lim va tarbiya, mashg‘ulot, musiqa, didaktika, printsiplar, vazifa, metod, rejalashtirish, nutq, tasviriy faoliyat. Maktabgacha yoshdagi bola nutqiga qo‗yiladigan talablar: O‗qib berilgan badiiy asarni qayta hikoya qilish; Taklif etilgan mavzuda suhbatlasha olish; Surat asosida hikoya tuzish; O‗qilgan asar mazmunini tushuntira olish; Ona tilidagi barcha tovushlarni to‗g‗ri talaffuz etish; Grammatik jihatdan to‗liq va to‗g‗ri jumlalar bilan gap tuzish; She‘rlarni ifodali o‗qish; Ertak so‗zlay olish; Suratlarni tavsiflash; Nutqning rivojlanishi qo‗l barmoqlari harakatlari bilan chambarchas bog‗liq. Buning uchun bola bilan tinimsiz ravishda tizimli mashq qilish kerak. Yaxshisi plastilindan yasash, minoracha yig‗ish, munchoqlar terish, bog‗ichlarni tirqichdan o‗tkazish, konstruktor o‗ynash, mozaika terish, don-dun (mosh, guruch, meva donaklari) ni saralash mashqlarini qo‗llash mumkin. Qo‗l panjalarining harakatlari sust rivojlanganligi bolaning maktabga o‗qishiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Qo‗lning harakatchanligi sustlashgan bo‗lsa, harakat aniqligi ham buziladi. Bolaning yozishga o‗rganishi qiyinlashadi. U boshqa bolalarga qaraganda sekin yozadi, husnixati xunuk, tushinarsiz bo‗ladi. Hatto yozuv mashg‗ulotlariga nisbatan salbiy munosabat shakllanishi ham mumkin. Natijada, bola dars tayyorlash, maktabga borishdan bosh tortishi mumkin. Mayda qo‗l muskullarining yaxshi rivojlanmaganligi va ular harakatining noaniqligi, oxir oqibat, bolaning umumiy ahvoliga ham salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bolaning qo‗lini yozuvga tayyorlash va bu malakani hosil qilish uchun turli maxsus mashqlar o‗tkazilishi lozim. Bolaning qo‗lini yozuvga tayyorlash uchun maxsus mashqlar: Qalamcha va cho‗plardan namunaga qarab shakl hosil qilish; Mayda narsalarni qo‗lning ikki barmog‗i bilan olish, bunda boshqa narsalarga tegib ketmaslik; Qalam yoki flomaster yordamida harf elementlarini chizish; Ko‗z bilan chamalab, chalkash yo‗llardan qalam yoki barmoq uchini yurgizish; Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni zmaslik; Bolaning qo‗l panjasi va barmoqlarini harakatlantirish o‗ziga xos rivojlantiruvchi ta‘sirga ega. Mutaxassislarning fikricha, qo‗l va barmoqlar ishtirokidagi o‗yinlar tana va ongning o‗zaro bog‗liqligini ta‘minlaydi. Bolalarni qabul qilishda bog`cha xodimlari bolalar hayotini ularning ahvoli, alohida o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etishlari uchun uzoq vaqt talab etiladi. Moslashish davrida (2-3 xafta) bola emlanmaydi, barcha mavjud odatlari, xatto salbiy odatlari ham saqlab qolinadi, uyidagi o`yinchoklardan foydalanishga ruxsat etiladi. Ijtimoiy moslashishning ko`pchilik bolalarda murakkab kechishi va cho`zilib ketishining asosiy sababi bola qoshida yaqin kishilarining yo`qligi va odamlar bilan muomala tajribasining kamligidir (N. D. Vatutina). Shuning uchun bolaning bog`chadagi dastlabki kunlarida uning yonida onasining ham bo`lishiga yo`l qo`yiladi, u notanish sharoitni o`zgartirishga, tarbiyachi bilan aloqa o`rnatishga, so`ng u bilan hamkorlik qilishga yordam beradi. Bolaning vaqti-vaqti bilan kuladi bo`lishi, unga e'tibor bilan suyib muomila qilish, tarbiyachi tomonidan maqtalish unga nisbatan ishonch va ijobiy munosabat yaratadi, boshqa kattalar va tengdoshlar bilan aloqa o`rnatish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Ijobiy xis-tuyg`ular, bolani mikro-ijtimoiy muhitga olib kirgan tarbiyachiga o`rganish tufayli unda tengdoshlari bilan muloqatga kirishga istak va intilish shakillanadi. Bunda guruhda bolaga quyiladigan talablar birligini saqlaydigan doimiy tarbiyachilarning ishlashi muhimdir. Harakatli o`yinlar jismoniy tarbiya va musiqa mashg`ulotlarida birgalikdagi harakatlar xis-hayajonli zo`riqishni kamaytiradi, quvonch va zavq baxsh etadi, muomalaga ehtiyojni oshiradi. Shunday qilib, ijtimoiy aloqalarning kengayishi, pedagogik ta'sirini to`g`ri tashkil etish, moslashish davrining kechishini osonlashtiradi, bolani boshqa bolalar bilan birgalikda hayot kechirishga tezroq ko`niktirishga imkon beradi. Bolalar hayoti kunning birinchi va ikkinchi yarmidagi kun tartibiga binoan tashkil etiladi. Buning uchun hamma zarur shart-sharoitlarni yaratish zarur. Kichkina rypyh bolalarining ko`p vaqti guruh xonasida o`gadi. Yaxshi jihozlangan xona, o`yinchoq va qo`llanmalarni to`g`ri tanlash bolalarning to`la qonli hayot kechirishining asosiy sharti hisoblanadi. Guruh xonasidagi o`yinchoqlar bu yoshdagi bolalarning 2-3 ta bo`lib o`ynashlarini e'tiborga olib joylashtirilishi, 47 «Oila», «Bolalar bog`chasi» va shunta o`xshash o`yinlarni o`ynashlari uchun o`yinchoq burchagi tashkil etilishi, unda yana qurilish materiallari, harakatlanuvchi o`yinchoqlar ham bo`lishi kerak, qolgan o`yinchoqlar, rasmlar shkaflarga bolalar bemalol oladigan qilib joylashtirishi lozim. Xonada bolalarning polda mashina, aravachalarni bemalol yurgiza olishlari va yirik qurilish materiallari bilan o`ynashlari uchun ham joy ajratilishi kerak. Harakatlarni rivojlantiruvchi jihozlar binoning maxsus xonalarida saqlanadi va jismoniy tarbiya mashg`ulotlaridagina olib chiqiladi. Maydonchaga qum yashiklari, bolalarning sakrashlari, tirmashib chiqishlari uchun kerakli jihozlar, qorda, muzda uchishlari uchun chanalar qo`yiladi. Il kichik guruh. Moddiy muhit ikkinchi guruh bolalari uchun ham xuddi birinchi kichik guruhnikidek tashkil etiladi. Bundan tashqari kuzatish va mehnat uchun (tabiat burchagiga akvariumda baliq, to`rlarda qushlar va mayda hayvonlar joylashtiriladi. Guruh xonasidan kitob javoni uchun joy ajratiladi. Bog`cha maydonchasida sport o`yinlari bilan shug`ullanish uchun maxsus joy bo`ladi, u kerakli anjomlar bilan jihozlab qo`yiladi: velosipedda uchish uchun yo`lka, tirmashib chiqish uchun jismoniy tarbiya |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling