Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni
-mavzu: K.D.Ushinskiy-bolalarga ona tilini birlamchi o„rgatish asoschisi, KD.Ushinskiy-
Download 5.04 Kb. Pdf ko'rish
|
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH
3-mavzu: K.D.Ushinskiy-bolalarga ona tilini birlamchi o„rgatish asoschisi, KD.Ushinskiy-
bolalarga ona tilini birlamchi o„qitish maqsadlari, ushbu maqsadlarni amalga oshirish mohiyati va mazmuni haqida Reja: 1. Ushinskiyning pedagogika tizimining asosiy yetakchi g`oyasi haqida 2. Ushinskiy ona tili – xalqonalikning eng yaxshi ifodasi sifatida 3. Ona tilining bola psixologik kuchlarini har tomonlama rivojlantirish, til mohiyati va uning vujudga kelishining bosh manbai. Tayanch tushuncha va iboralar: maktabagcha pedagogika, So‘z imkoniyatlari fikrni ifodalash, ona tilining boyliklari, til qonunlari, ―Ona tili‖ kitobi, farzand tarbiyasi, kitobxonlik. Rus pedagogi K.D.Ushinskiy (1824-1870) rus burjua-demokratik pedagogikasi, xususan, maktabgacha pedagogikaning asoschisi hisoblanadi. U bolalarni maktabgacha tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti masalalarini boshlang‘ich ta‘lim muammosi bilan bog‘lagan. Ushinskiy pedagogika tizimining asosiy yetakchi g`oyasi xalqona tarbiya g‘oyasi hisoblanadi, bunda har bir xalqning u yashaydigan va mehnat qiladigan tarixiy, tabiiy shart- sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xosligini tushunadi. Ushinskiy ona tili – xalqonalikning eng yaxshi ifodasini tan olgan hamda ta‘lim va tarbiya ishida ona tili asosiy o‘rinni egallashi lozim, deb hisoblagan. Ona tilining bola psixologik kuchlarini har tomonlama rivojlantirish, til mohiyati va uning vujudga kelishining bosh manbai ekanligi haqidagi ta‘limot K.D.Ushinskiy pedagogik ta‘limotida markaziy o‘rinlardan birini egallaydi hamda uning metodik tizimini tushunish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. K.D.Ushinskiy ona tilini birlamchi o‘qitishning uchta asosiy maqsadlarini shakllantirgan: I. So‘z imkoniyatlarini rivojlantirish; II. Bolaga fikrni ifodalash uchun ona tilining eng yaxshi shakllaridan foydalanishni o‘rgatish, bolalarni ―ona tilining boyliklarini egallash‖ga jalb qilish. III. Til qonunlarini, uning grammatikasini o‘rganish 4 . Ona tilini birlamchi o‘qitishning barcha uch maqsadiga ketma-ket emas, balki bir vaqtning o‘zida erishiladi. 1861 yilda Ushinskiyning ―Ona tili‖ nomli asari chop etildi. Mazkur asar Konstantin Dmitriyevichning bolalarga birlamchi savod o‘rgatish va ularni tarbiyalash bilan bog‘liq pedagogik g‘oyalari hamda estetik tamoyillarining o‘ziga xos yakunlari va amaliy ifodasi bo‘ldi. O‘qish kitobining butun mazmuni muayyan tizim bo‘yicha berilgan. ―Ona tili‖ kitobi nafaqat bilimlar qomusi, balki badiiy ensiklopediya ham hisoblanadi. Uning birinchi qismidan 19 ta ertak, 30 ta topishmoq, 123 ta maqol va matal, 13 ta tez aytish, 14 ta qo‘shiq, 14 ta turli shoirlar she‘rlari hamda Ushinskiyning o‘zi yozgan 43 ta hikoyasi joy olgan. Ushinskiy birinchi bor kitoblarida bolalarni o‘z zamondoshlari – Tyutchev, Nekrasov, Ogarev, Turgenev asarlari, shuningdek Karamzin, Lermontov, Krыlov asarlari bilan tanishtirdi. Kitobni tuzish tartibi quyidagicha: u bolaning tabiat, kishilar va jamiyat haqidagi bilimlarini kengaytirgani va chuqurlashtirgani holda uni tanish narsadan notanish narsalar tomon boshlab boradi. 4 F.R.Qodirova. R.M Qodirova. ―Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi‖. T., ―Istiqlol‖, 2006. Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni Ushinskiy 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini tavsiflar ekan, uning ayrim xususiyatlarini, masalan: tovushning tushunarsizligi, lug‘at boyligining yetarli emasligini, o‘zaro bog‘liqlikning yo‘qligini alohida ta‘kidlagan. U bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazishning turli shakllarini taklif qilgan: bolalar hayotidan hikoyalar; bolaga narsalarning xususiyatlarini ko‘rishda, 6 yoshga kelib esa narsalar juftligini bir- biriga taqqoslash, ular o‘rtasidagi umumiylik va farqlarni topishda yordam beruvchi mashqlar; suratlar asosida hikoya qilish, bu bolalarga savollarga javob berish, so‘ngra esa ravon, tushunarli va erkin hikoya qilib berishni o‘rgatadi; bolalarni o‘qish va yozishga tayyorlovchi amaliy mashqlar. K.D.Ushinskiyning til va uning bolani ruxan shakllanishida tutgan o‘rni haqidagi ta‘limoti nutqni rivojlantirish metodikasini mustaqil fan sifatida ajratish uchun muhim ahamiyatga egadir. 1. Til haqida, uning vujudga kelishi haqidagi ta‘limot – metodikaning nazariy asoslari ishlab chiqildi; uning har bir odamning rivojlanishida tutgan o‘rni ko‘rsatib berildi, bu esa bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashda ona tilining yetakchi o‘rin tutishini asoslash imkonini berdi. 2. Bolalar nutqini rivojlantirish ishi maktab ta‘limiga qadar boshlanadigan ish sifatida alohida bo‘limga ajratilgan. 3. Bolalar nutqini rivojlantirishga bolaning uzoq davom etadigan ona tili, uning mazmuni va shakllarini o‘zlashtirish jarayoni sifatida qaralgan. Ushbu murakkab jarayon ustoz tomonidan to‘g‘ri va faol rahbar lik qilishni talab qiladi. 4. Ona tilini o‘qitish jarayoniga rahbar lik qilishning asosiy qoidalari: ona tilini birlamchi o‘qitishning maqsadlari; ularni amalga oshirish mazmuni va shakli; nutqni rivojlantirishda ko‘rgazmaviylikning ahamiyati ishlab chiqilgan va asoslab berilgan. 5. Bola nutqini uning fikrlashi, ma‘naviy va estetik xis-tuyg‘ulari bilan birgalikda rivojlantirishni ta‘minlovchi ish usullari ko‘rsatib berilgan. K.D.Ushinskiy shunday yozadi; «Bola ona tilini o‘rganar ekan, u faqat shartli tovushlarnigina o‘rganmaydi. Balki ona tilining ona ko‘kragidan ma‘naviy hayot va kuchni ham emadi. U bolaga tabiatni shunday tushuntiradiki, boshqa hech bir tabiatshunos bunga qodir emas, u atrofdagi odamlar harakteri, u yashayotgan jamiyat, uning tarixi va intilishlarini shunday tanishtiradiki, boshqa hech qanday tarixchi bunga qodir emas; U bolani xalq udumlari, xalq she‘riyatiga shunday olib kiradiki, boshqa hech bir estetika bunga qodir emas, nihoyat u bolaga shunday mantiqiy tushunchalar va falsafiy qarashlarni beradiki, adbatta, boshqa biron- bir faylasuf bunga qodir emas» 5 . Buyuk pedagogning ushbu so‘zlarida nafaqat ona tilini o‘zlashtirish natijalari, balki uni o‘rganish metodi: «nafaqat ko‘p narsani o‘rgatadigan, balki hayron qolarli darajada oson, qandaydir yetishib bo‘lmaydigan metod asosida o‘qitadigan» 6 o‘qituvchi tiliga ishonch ko‘rsatib berilgan. Shunday qilib, ona tilidagi muayyan badiiy asarni egallashda bolalarga yordam berar ekan, pedagog har tomonlama tarbiyalash vazifasini ham bajaradi. Maktabgacha davrdagi har bir yosh bosqichi o‘zining nutqiy rivojlantirish vazifalarini qo‘yadi. Yoshi o‘sib borishi bilan adabiy asarlarni qabul qilish darajasi ham ortib borishi tufayli ular asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Bolalarda she‘r tinglay olish qobiliyati rivojlanadi. Shundan kelib chiqqan holda kattalar bolalarning yosh imkoniyatlarini bilishlari zarur. Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni har bir yosh bosqichida bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirib borish masalalarini ko‘rib chiqamiz. 5 Ушинский К.Д. Избранные педагогические сочинения. Т., М., 1974, 148-бет. 6 Ўша жойда, 149-бет. Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni Download 5.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling