Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni
Download 5.04 Kb. Pdf ko'rish
|
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH
Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
ta‘lim pedagogikasi lug‘atni rivojlantirishga nutqni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biri sifatida qaraydi. Lug‘atni rivojlantirishni xalq tomonidan tarixiy davrlar mobaynida to‘plangan lug‘at zahirasini o‘zlashtirishning uzoq davom etadigan jarayoni sifatida tushunish darkor. Ushbu jarayonning miqdoriy va sifat jihatlarini ajratish mumkin. Eng avvalo bola lug‘atidagi miqdoriy o‘zgarishlarni qayd etish lozim. Chunonchi, 1 yoshda kichkintoy 10-12 ta so‘zni faol biladi, 6 yoshga kelib esa uning faol lug‘ati 3-3,5 mingtagacha ortadi. Lug‘atning sifat xususiyatlari haqida so‘z yuritganda bolalar so‘zning bilish natijasini aks ettiruvchi ijtimoiy biriktirilgan mazmunini asta-sekin egallab olishlarini nazarda tutish lozim. Ushbu bilish natijasi so‘zda mustahkamlanadi, shu tufayli odamlar tomonidan anglanadi va muloqot jarayonida boshqa odamlarga uzatiladi. Har bir so‘zning mazmuni tushunchadir. Fikr, so‘z umumiylikni ko‘rsatadi. Psixologiyada ham so‘z mazmuni umumlashtirma yoki tushuncha sifatida belgilanadi. «So‘z mazmuni psixologik jihatdan aynan umumlashtirilgan tushunchaning o‘zidir. Biz so‘z mazmunini fikrlash fenomeni sifatida ko‘rib chiqishga xaqlimiz» (L.S.Vыgotskiy 12 ). SHuning uchun lug‘atni egallash jarayoni tushunchalar bilan uzviy bog‘liq va shu tufayli u quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: I-xususiyati – bolalar lug‘atining mazmuni. Fikrlashining ko‘rgazmali-ta‘sirchan va ko‘rgazmali-obrazli tusga egaligi bois bola eng avvalo ko‘rgazmali taqdim etilgan yoki uning faoliyati uchun mumkin bo‘lgan, bolalar lug‘atida ancha keng aks ettirilgan narsalar, hodisalar, sifatlar, xususiyatlar, munosabatlarni o‘zlashtirib oladi. Maktabgacha yoshdagi bolaning lug‘atida nisbatan mavxum tushunchalarni belgilaydigan bunday so‘zlarning yo‘qligi yoki ularning ma‘nosi buzilishi ham shu bilan izoxlanadi. II-xususiyati – so‘zning ma‘nosi, mazmun-mohiyatini asta-sekin egallash. Maktabgacha yoshdagi bolada tushunchalar asosida fikrlash hali shakllanmaganligi sababli u egallab olgan so‘zlarning ma‘nosi ham muayyan yosh bosqichida tushunarli bo‘lmaydi. Dastlab bola so‘zni muayyan narsa yoki hodisa bilan bog‘laydi. Bunday so‘z umumlashtiruvchi xususiyatga ega emas, u faqat bolaga muayyan narsa, hodisa haqida signal beradi va ularning obrazini chaqiradi (masalan, bola uchun soat so‘zi faqat uning xonasida osilib turgan soatni anglatadi, xolos.). Maktabgacha yoshdagi bolaning atrofdagi borliqni – narsalar, hodisalar (xususiyatlar, xossalar, sifatlar)ni o‘zlashtirishining borishiga qarab u ularni u yoki bu belgisiga qarab umumlashtirishni boshlaydi. Ko‘pincha umumlashtirishlar ahamiyatsiz, biroq bola uchun emotsional jihatdan muhim bo‘lgan belgilariga qarab qilinadi. Shunday qilib, maktabgacha bosqichdagi bolalikda so‘z mazmuni bolaning bilish imkoniyatlari rivojlanishiga qarab o‘zgarib boradi. III-xususiyati – bola lug‘ati hajmining kattalar lug‘ati hajmidan ancha kamligi. CHunki bolaning bilish tajribasi va pirovardida atrof-olam haqida to‘plagan ma‘lumotlari katta yoshli odamning bilimlari hajmidan ancha kam bo‘ladi. Lug‘atni rivojlantirshdagi mazkur xususiyatlar maktabgacha ta‘lim muassasasidagi bolalar bilan olib boriladigan lug‘at ishlarining vazifalarini aniqlash imkonini beradi. Mazmunli muloqot uchun zarur bo‘lgan miqdordagi so‘zlar to‘planishini ta‘minlash a) so‘zlar mazmunini atrof-olamdagi ob‘ektlarga taqqoslash, ularning xususiyatlari va munosabatlari asosida egallab olish; b) narsalar va hodisalarning ahamiyatli belgilarini ajratish asosida so‘zning umumlashtiruvchi ma‘nosini o‘zlashtirish; s) nutqning obrazli qatoriga kirish va undan foydalana olish. Ijtimoiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan so‘zning o‘zlashtirilishini ta‘minlash. 12 Vigotskiy L.S. Izbranniye psixologicheskiye issledovaniya. M., 1956, 322-bet. Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni Ushbu vazifani xal etish quyidagilarni ko‘zda tutadi: Lug‘atni faollashtirish, ya‘ni nafaqat so‘zlarni bilish, balki ularni muloqot amaliyotiga kiritish. Bolalar lug‘atining xususiyati va lug‘at ishlarining vazifasini maktabgacha ta‘lim muassasasidagi lug‘at ishlari dasturi va metodikasining asosini tashkil etadigan tamoyillar belgilab beradi: Bolalar lug‘atini shakllantirishda ularning atrof-olamni faol va ta‘sirchan bilishlariga tayanish. Lug‘at ishlari mazmunining bolaning asta-sekin atrof-olamni bilish imkoniyatlari rivojlanayotgani bilan bog‘liqligi. Lug‘at ishlari dasturi mazmunini murakkablashtirish uchta yo‘nalishda amalga oshirilmoqda: Bolani asta-sekin ortib borayotgan narsa va hodisalar doirasi bilan tanishtirish asosida uning lug‘atini kengaytirish. Atrof-olamdagi narsa va hodisalar haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish asosida sifat, xususiyat va munosabatni belgilovchi so‘zlarni kiritish. Lug‘at ishining ushbu yo‘nalishlari barcha yosh guruhlarida ro‘y beradi va turli mazmunda kuzatiladi: ob‘ektlar va tabiat hodisalari, moddiy madaniyat buyumlari, ijtimoiy hayot ko‘rinishlari bilan tanishtirishda va x.k. Lug‘at ishlarining mohiyati – til leksikasi sohasida bolalarning ularga tanish yoki notanish bo‘lgan, ammo ular uchun qiyin hisoblangan so‘zlarning o‘zlashtirishlariga, nutq madaniyatini oshirishga qaratilgan ta‘lim-tarbiya ishlarini bir tizimga keltirishdan iboratdir. Lug‘atni rivojlantirish – bu xalq tomonidan tarixiy davrlar mobaynida to‘plangan lug‘at zahirasini o‘zlashtirishning uzoq davom etadigan jarayondir. Lug‘atni egallash jarayoni tushunchalarni egallash bilan uzviy bog‘liqdir va shu tufayli u o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi: bolalar lug‘ati tarkibi; so‘zning mazmuni, mohiyatini asta-sekin o‘zlashtirish, kattalar lug‘atiga qaraganda lug‘at hajmining ancha kamligi. Lug‘at ishining vazifasi – bu lug‘atni boyitish; so‘zning ijtimoiy-mustahkamlangan mazmunini o‘zlashtirish; lug‘atni faollashtirishdir. Lug‘at ishining tamoyillari bu – bolalar lug‘atini shakllantirishda ularning atrof-olamni faol va ta‘sirchan bo‘lishlariga tayanish; lug‘at ishlari mazmuni bolaning asta-sekin rivojlanayotgan atrof-olamni bilish imkoniyatlari bilan bog‘liqligidir. Lug‘at ishi barcha yosh guruhlarida quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilmog‘i lozim: Bolani asta-sekin ortib borayotgan narsa va hodisalar doirasi bilan tanishtirish asosida uning lug‘atini kengaytirish; narsalarni sezilarli belgilariga qarab farqlash va umumlashtirish asosidagi oddiy tushunchani belgilovchi so‘zlarni o‘zlashtirish; atrof-olamdagi narsa va hodisalar haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish asosida sifat, xususiyat va munosabatni belgilovchi so‘zlarni kiritish. Lug‘at ishining yetakchi vositasi – ta‘limdir. Lug‘atni boyitish metodlari bu: atrof-olamni bevosita kuzatish; mazmuni bolalarga notanish bo‘lgan yoki juda kam tanish bo‘lgan suratlarni ko‘rsatish;; badiiy asarlarni o‘qish, diafilmlar va kinofilmlar (bilish uchun xizmat qiladigan xujjatli filmlar) ko‘rsatishdan iboratdir. Lug‘atni mustahkamlash va faollashtirish metodlari bu o‘yinchoqlar, rasmlarni, ko‘zdan kechirish, didaktik o‘yinlar, so‘zli mashqlar va boshq. Download 5.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling