o'rnida chandiqli atrofiya qoldiradi. Chandiqli atrofiya o'chog'ining terisi
nozik. yupqa, xuddi g'ijimlangan papiros q o g 4ozidek b o 4lib, yaltirab
turadi. D o'm b oq ch a o'rnida yara paydo bo'lsa, uning atrof-chetlari
yumshoq, osilib turadigan, osti notekis va k o 4p miqdorda seroz-yiringli,
yengil qonab turadigan ajralma ko'rinib turadi. Chandiqlar yuzasida vaqt
o'tib yangi do'm boqchalam ing vujudga kelishi teri siliga juda xos belgidir.
Sil yugirigi kasalligi turli klinik ko'rinishda b o'lishi m um kin va
bammasida ham regionar limfa tugun yallig'lanib, kattalashib, bir-biri
bilan bog'lanib qoladi va bemor og'riq borligini sezadi.
Sil yugirigi yoshlikda boshlanib, ko'p yillar davomida surunkali, vaqti-
vaqti bilan o'tkirlashib kechadi va terining anchagina qismini jarohatlashi
natijasida, ko'proq ikkilamchi infeksiyalanish belgilari va ba’zan o'rnida
xavfli o'smalar vujudga kelishi bilan ajralib turadi.
Tashxisi:
1. Bemorning tashqi ko'rinishi.
2. Ichki a ’zolar tuberkulyozi.
3. Teridagi do'm boqchalardan iborat toshm alar va klinik belgilar
(olma jelesi va zond tushib ketish simptomlari).
4. Teri biopsiyasi (granulema, kazeoz nekrozi).
5. Sil mikobakteriyalarini izlash.
Differensial tashxisi:
1. Lepra.
2. Syphilis terciaria tuberculosa.
3. Leishmaniosis cutis.
Skrofuloderma yoki kollik va tivteri sili tez-tez uchrab turadigan va
ko'proq yosh bolalar orasida tarqalgan kasallik: ko'proq o 4pka va boshqa
ichki a ’zolardagi sil o'choqlaridan teriga ikkilam chi tarqalib, ko'pda
limfatik tomirlar bilan bog'liq bo'ladi.
Klinikasi. Skrofulodermada sharsimon, diametri 1-3 sm li, teri osti
yog' kletchatkasida va ko'proq lim fatik tom irlar yo'nalishi bo'yicha
Do'stlaringiz bilan baham: |