ular ichida sil kasalligining ham k o'p ayish i, albatta, ertaga terining
sp etsifik y a llig 'la n ish ig a , y a ’ni teri silin in g k o'payib ketishiga o lib
keladi.
99
Etiologiyasi.
Mycobacterium tuberculosis (Kox ,1882-y.) spirt va kislota
t a ’siriga juda chidam li tayoqcha b o'lib, bemorning ajralmasida ko'p
miqdorda topiladi. Lekin sil kam yuqumli, surunkali, sekin rivojlanib
kechadigan kasalliklar guruhiga kiradi.
Teri silining klinik ko'rinishlari xilma-xil bo'lib, ko'proq mikobakte-
riyaning virulentligi va uning turi, organizmning immuniteti va kurash
qobiliyati, bemorning mehnat va turmush sharoitlari, ovqatlanish sifati
bilan bog‘liq bo'ladi. Teri silini ikki guruhga ajratadilar:
1) chegaralangan (sil yugirigi, ya ’ni oddiy volchanka, skrofuloderma,
so'galsim on, yarali, sil shankr) teri sili;
2) tarqalgan (papulo-nekrotik, Bazen indurativ eritemasi, lixensimon,
milliar tarqalgan volchanka, o'tkir tarqalgan milliar) teri sili.
A m a liy o td a , um um iy a m a liy o t sh ifo k o ri bem ordagi belgilarga
(do'm boqcha) asoslanib, sil kasalligini aniqlab yoki borligidan shubha-
lanib, mutaxassisga yuborsa, u katta yordam bergan bo'lardi. Chunki
teri silining turlarini bir-biridan ajratish va davolash ko'proq ftiziatr yoki
derm atovenerolog mutaxassislarning vazifasidir.
Sil yugirigi
(sil volchankasi) teri silining eng ko'p uchraydigan turi
bo'lib, asosan, yoshlikdan boshlanib, ko'proq bemorning yuzidagi terisini
jarohatlaydi. Olimlar teridagi xunuk jarohat o'choqlarini bo'ri g kajigan
inson terisiga o'xshatib, kasallikka «volchanka» deb nom berganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |