O ' z be k is to n respublik asi oliy va o'rta m a X s u s ta lim V azir lig I a d h a m vaisov teri va tanosil
Download 5.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Teri va Tanosil Kasalliklari (Adham Vaisov) - T., 2009 y.
162
Yuqumli mollyusk Yuqumli mollyusk - degenerativ va sitoliz holatlari bilan kechadigan virus kasallik. Etiologiyasi va patogenezi. Kasallik qo'zg'atuvchisi (M olluscovirus hom inis) filtrlanuvchi, D N K li virus b o 'lib, aksariyat bog'cha, kichik m aktab yoshdagi bolalarda (1-7 yosh) kasallik chaqiradi. Ularga kasallik to 'g 'rid a n -to 'g 'ri virus tashuvchidan yoki umumiy sochiq, vanna, idish- tovoq, o'yinchoq va boshqalardan yuqishi mumkin. Ayrim holatlarda k a s a llik b o la la r m u assa sasid a epidem ik ta rq a lib ketishi m um kin. K attalarg a virus m aishiy- k o n takt yo'li bilan birgalikda, jinsiy aloqa yo'li orqali ham yuqadi. Shu sababli yuqumli mollyusk jinsiy yo‘1 bilan yuquvchi kasalliklar guruhiga kiradi. Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri 2-3 haftadan bir necha oygacha d a v o m etadi. S o g 'lo m teri yuzasida m ayda (1-2 m m ), a sta-sek in kattalashadigan, chegaralari aniq, yaltiroq, oqish marvarid rangli, markazida kindiksimon botiqchali, zich-elastik konsistensiyaga ega tugunchalar paydo bo'ladi. Ular yuz, ko‘z atrofi, bo'yin, ko'krak, qo'l panjasi, qorin sohasi, jinsiy a ’zolar terisida uchraydi. Kasallik toshmalari subyektiv hissiyotlarsiz kechadi. Tugunchalar yon tom onlaridan siqib ko'rilganda, markazidagi botiqchadan bo'tqasimon massa chiqadi. Bu massa muguzlangan epiteliy hujayralaridan iborat bo'lib, m ollyusk tanachalari deb ataladi. Tugunchalar son va hajm jihatidan har xil ko'rinishda namoyon bo'ladi. Ayrim hollarda tugunchalar ingichka asosda - oyoqchada joylashadi. Yuqumli mollyuskning quyidagi klinik turlari farqlanadi: ko'p sonli mayda toshmali, ingichka asosli (oyoqchali) va gigant toshmali. Tashxis. Klinik belgilarga asoslanib kasallikni aniqlash qiyin emas. Yuqumli mollyusk terining o'simtali toshmalari va jinsiy a ’zolarda joylashgan h olatlarda zaxm toshm alari bilan taqqoslab ko'riladi. Bunda yuqumli mollyuskni boshqa turdagi toshma elementlaridan ajratib turuvchi belgi siqib ko 'rilg an d a, m arkazdagi botiq ch ad an b o 'tq asim o n massa chiqishi va m ikroskopda ko'rilganda katta, oval, protoplazm asida kiritm alari bor hujayralar (mollyusk tanachalari) topilishidir. Jinsiy aloqa orqali kasallik yuqtirilgan hollarda zaxm va OlVga qon tekshiruvlarini o'tkazish o'rinlidir. Davosi. T ugunchalar pinset bilan siqib tashlanadi yoki o 'tk ir uchli Folkm an qoshiqchasi bilan qirib olinadi, b a ’zan diaterm okoagulyatsiya, k riodestru ksiya usullari q o 'lla n ila d i. O 'rn i 2-5 % li yodning spirtli eritmasi bilan artiladi va yuzasiga virusga qarshi m alham lar (bonafton, oksalin, gossipol, tebrofen, interferon) surtiladi. Ik k ila m c h i in fe k siy a b ila n a s o r a tla n g a n h o lla rd a a n tib io tik li m alham lar (tetrasiklin, sintomitsin, eritrom itsin va boshqalar) ishlatiladi. Download 5.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling