O ' z be k is to n respublik asi oliy va o'rta m a X s u s ta lim V azir lig I a d h a m vaisov teri va tanosil


Qamrab oluvchi temiratki (Herpes zoster)


Download 5.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/269
Sana01.11.2023
Hajmi5.29 Mb.
#1736593
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   269
Bog'liq
Teri va Tanosil Kasalliklari (Adham Vaisov) - T., 2009 y.

Qamrab oluvchi temiratki (Herpes zoster)
Qamrab oluvchi temiratkini filtrlanuvchi virus chaqiradi. H ar ikkala 
jinsda ham uchrab, turli yoshda kuzatiladi, am m o 10 yoshgacha bo‘lgan 
bolalarda uchramaydi.
Kasallik o 'tk ir kechib, qattiq nevralgik og‘riqlar bilan kechadi va tana 
harorati ham k o ‘tariladi.
Klinikasi. Asosan, periferik nerv tolalari bir tom onlam a jarohatlanadi, 
b a ’zan qovurg‘alararo nerv ham jarohatlanib, nerv tolalari yo‘nalishi 
b o ‘yicha toshm a toshib, og 4riq bezovta qiladi.
161


Uchlamchi nervning birinchi va uchinchi shoxi jaro h atlan sa, o g ‘iz 
shilliq pardasida toshm alar toshishi kuzatiladi. Toshm alar xuruj qilganday 
toshadi, ular paydo bo'lgach, harorat k o ‘tariladi. Giperem iyalangan teri 
yuzasida g u ru h -g u ru h p u fak c h a la r pay do b o 'lib , ular d a stla b seroz 
suyuqlik saqlaydi, asta-sekin suyuqlik loyqalanadi, qurib, seroz qaloq 
hosil qiladi. D astlab ki guruh to shm alaridan so 'n g navbatdagi guruh 
toshm alar paydo b o ‘lib, nerv tolasi yo‘nalishini qoplaydi. Toshm alar bir 
vaqtda toshmaydi, har bir bemorda turli toshma: eritema, pufakcha, seroz 
qaloq, eroziya kuzatiladi, eroziyalar cheti m ayda gajimdor b o iib , qaloqlar 
ko'chib, eroziya bitgach, o'rnid a ikkilamchi dog4 hosil bo'ladi.
Og4iz shilliq pardasining chegaralangan holdagi jarohatlanishi ju d a kam 
uchraydi. Qam rab oluvchi tem iratki oddiy uchuqdan farqli o 4laroq, bir 
tomonlama jarohat chaqirib, toshm alar nevralgik og4riq bilan kechadi va 
toshm alardan oldin bezovta eta boshlaydi. Pufakchalar tanglay, lunj, til 
shilliq pardasida joylashadi. Til jaro h a tla n sa , jarayon tilning ikkinchi 
yarmiga ham o'tadi va uning 2/3 qismini egallaydi, bu holat til innervatsiyasi 
bilan bog'liq, sababi uchlamchi nerv shoxlari bir-biri bilan anastomoz hosil 
qiladi. 0 4ta shishgan, qizargan shilliq pard ada hosil bo'lgan to 'p -to 'p
pufakchalar tezda yorilib, gajimdor eroziyalar hosil qiladi. Eroziya yuzalari
2 kunda zich fibrinoz pardalar bilan qoplanadi. Qamrab oluvchi temiratki 
uzoq kechib, ayrim hollarda 5 hafta davom etadi.
K am quvvatli, o g 4ir xastalikka chalingan bem orlarda kasallikning 
g a n g ren o z
turi kuzatiladi. Bunday hollarda toshm a o 'rn id a yara hosil 
bo'lib, o 'rnid a chandiq qoladi.
Q am rab oluvchi temiratki o'zidan so 'n g immunitet qoldiradi, qayta- 
lashi kuzatilm aydi. Am m o o g 'ir kasalliklar bilan o g 'rig an kishilarda 
im m unitet susayishi (rak, leykoz), qaytalash va tarqoq turi kuzatilishi, 
ayrim bem orlarda esa k asallik d an so 'n g nevralgik o g 'riq uzoq vaqt 
saqlanishi mumkin.
Patogenezi. Kasallikni filtrlanuvchi virus chaqiradi, u derm atoney- 
rotrop xususiyatga ega. Virus bolalarda suvchechak chaqiruvchi virus 
bilan bir xildir. K asallikni keltirib chiqaruvchi om illar: sovuq olishi, 
surunkali intoksikatsiyalar, qon kasalliklari, o'sm a kasalliklari.
Davosi. Birinchi navbatda analgetiklar (analgin, baralgin) tayin etiladi. 
Atsetilsalitsil kislotasi yoki am idopirin 0,5 g dan kuniga 3-4 m arta, 
antibiotiklar, xususan, rifampitsin 0,6 g, 1 sutkada (0,3 g. dan 2 mahal). 
Vitaminlardan B,, - 500 m/o, har kuni. Mahalliy anilin bo'yoqlarining 
spirtdagi eritmalari, virusga qarshi ta ’sirga ega vositalar, saqlovchi m azlar 
(aklovir 5 %, tebrofen 2 %, oksalin 3 %) tayin etiladi. Mahalliy qo'shim cha 
quruq issiq ta ’siri, UBN, ultratovush, diadinam ik tok nerv yo'nalishi 
bo'ylab tayin etiladi.

Download 5.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling