Prognoz: hayot uchun xavfsiz. Uzoq remissiya bilan kechadi.
Davosi. Eng sam arali vosita k ortik o stero id lar hisoblanadi, misol
uchun, prednizolon 20-30 mg, sutkada va difenildiaminsulfon (DDS).
S huni ay tish k e ra k k i, k o rtik o s te ro id la rn in g sa m a rasi p o 'r s ild o q
yaradagiga nisbatan kam.
Chandiqlanuvchi pemfigoid
Chandiqlanuvchi pemfigoidga ko'z konyuktivasida shilliq parda yoki
terid a hosil b o 'lg an p u fak la r o 'rn id a c h a n d iq , tirtiq hosil b o 'lish i
xarakterli. Asosan, 50 yoshdan katta yoshdagi ayollarda kuzatiladi. Ja
rayon, asosan, ko'zdan boshlanadi, keyin og'iz shilliq pardasida toshma
paydo bo'ladi. 25 % hollarda jarayon og'iz shilliq pardasidan boshlanadi.
K linikasi. K o 'z k o n y u k tiv a sid a k a sallik , a so san , b ir yoki ikki
tom onlam a banal yallig'lanish holida boshlanadi, shu jarayonda mayda,
seroz suyuqlik saqlovchi pufaklar hosil bo'lib, ular o'rnida esa chandiq
kuzatiladi, chandiq konyuktiva va sklera orasida joylashadi. Asta-sekin
konyuktival qopcha bir-biriga yopishib bitadi (simblefaron), keyin ko'z
yorig'i torayib, ko'z soqqasi harakatsizlanadi va ko'rlik vujudga keladi.
Og'iz shilliq pardasida jarayon ko'rinishidan bullyoz pemfigoiddan hech
farq qilmaydi. Kasallik surunkali kechadi, birdaniga remissiya kuzatilib,
bir yil va undan uzoq ham davom etadi. H ayot uchun xavfli emas. K o 'r
bo'lib qolish, og'iz shilliq pardasidagi chandiqlar kabi holatlar kasallikni
biroz og'irlashtiradi.
Davosi. Davolash qiyin va og'ir kechadi. Eng samarali vosita DDS,
bosqich tayin etilib, 5 kunlik davrga bo'lib, 3 kunlik tanaffusdan iborat.
Kuniga 0,05-0,1 g dan 2-3 m arta tayin etiladi.
Noakantolitik - faqat og'iz shilliq qavati xushfe’l po'rsildoq yarasi.
Kasallik ko'pincha 20 dan oshgan ayollarda kuzatiladi.
Klinikasi. Og'iz shilliq pardasida yakka bir nechta tarang po'stloqli,
seroz suyuqlik saqlovchi, no'xatdek kattalikdagi pufaklar hosil bo'ladi.
Pufaklar ingichka qizil hoshiya bilan o'ralgan bo'ladi. Pufak bir necha
soat m obaynida saqlanib, so'ng o'z-o'zidan so'rilib yo'qoladi yoki yorilib,
og'riqli eroziya hosil b o iib , tezda bitadi va izsiz yo'qoladi. Bu jarayon
yillab kechib, xushfe’lligi va asorati yo'qligi bilan xarakterlanadi.
Kasallikning etiopatogenezi nom a’lum. Davosi ishlab chiqarilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |