Y a llig 'la n ish darajasi k am aygan id a, y a n g i o 'tk ir osti yok i torpid
endotservitsit (Endocervicitis recens subacuta, torpida) vujudga keladi.
Taxminan 2 oy o'tgach, yallig'lanish surunkali proliferativ bosqichiga
o'tadi. Bosqichga o'tilganini quyidagilar m a ’lumotlardan bilish mumkin:
shilliq pardalar sianozi, infiltratsiyasi, ajratmalar miqdorining kamayishi
va ular turining o'zgarishi: suyuq-shilliq, shaffof yoki loyqalanishi kabilar.
Bu jarayon uretrada kuzatilsa, surunkali uretrit (Urethritis chronica),
b ach adon b o'yn i k analid a surunkali en d o tser v itsit (E n d ocerv icitis
chronica) kechayotganidan dalolat beradi. Surunkali endotservitsitning
xarakterli belgisi qiyin ajraluvchi shilliq lenta ko'rinishidagi ajratma bo'lib.
u bachadon b o'yn i kanalidan osilib turadi. Agarda bachadon bo'yni
shilliq pardasida oqish yoki sarg'ish guruch donasidek hosilalar kuzatilsa,
bu shilliq bezlar kistasi (Onula N abothi) bo'ladi. Bu kistalar yallig'lanish
natijasida bezlar chiqaruv naychalari tiqilib qolishidan hosil bo'ladi.
Davosi. So'zakni davolashda antibiotiklar bilan birga zararlangan
o'choqlar va asoratlarning borligiga qarab mahalliy, immun va fiziotera-
pevtik m u olajalar o'tk a zila d i (D a v o la sh O 'zb ek iston d a 1996-yilda
«Szakning davosi va profilaktikasi» ko'rsatm asi asosida olib boriladi).
Davoni boshlamasdan, uchta qoidaga amal qilish kerak:
1. Faqatgina gonokokkning antibiotikka bo'lgan sezgirligini inobatga
olib (m ikrobiologik usullar bilan aniqlash yoki uning javobi keyincha
oldingi shu hududdagi izlanishlar natijasiga asoslanib) davoni o'tkazish.
2. Asoratlarning oldini olish uchun, albatta, kompleks laborator tek
shiruv va topilgan infeksiyalarga qarab kompleks davo o'tkazish zarur
Do'stlaringiz bilan baham: |