K.Raunkiyer,
CH.Elton,
M.S.Gilyarov,
N. S. Serebryakov, A.Tensli, G.Odum, Y.Odum kabi
dunyo
olimlari katta hissa qo‘shdilar. Yirik rus olimi V.I. Vernadskiy
biosfera haqidagi ta’limotni yaratdi va biosferaning holati inson
faoliyati bilan bog‘liqligi haqida xulosaga keldi.
- 1 5 -
EKOLOGIYA
Markaziy Osiyolik Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
(783-850 yy.), Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870 yy,),
Abu Nasr Forobiy (870-950 yy.), Abu Rayhon Beruniy (973-1048
yy.), Abu Ali ibn Sino (980-1037 yy.), Hoja Ahmad Yassaviy
(1041-1167 yy.), Yusuf Xos Hojib (1019 y.), Umar Xayyom
(1048-1123 yy.), Mirzo Ulug‘bek (1394-1449 yy.), Alisher
Navoiy (1441-1501 yy.), Zahiriddin Muhammad В о bur (1483-
1530 yy.) kabi va boshqa allomalarimiz hali ekologiya fa n i
dunyoga kelmagan davrlarda tabiat va undagi muvozanat, o ‘simlik
va hayvonot dunyosi, tabiatni e ’zozlash haqida qimmatli fikrlar
aytganlar.
Islom Sharqining Fanlar Akademiyasi “Baytul-hikma”
(“Donolar uyi” - bugungi Urganchdagi Ma’mun akademiyasi)da
Xalifa Ma’mun rahnamoligida ijod qilgan, algebra, arifmetika,
matematika, geometriya, tarix, tabiat, geografiyaga oid “Al-jabr
val-muqobala”, “Astronomik jadvallar”, “Quyosh to‘g‘risidagi
risola” asarlari
muallifi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy:
“Bilginki, daryoning ko‘zlari yoshlansa, uning boshiga g‘am,
kulfat tushgan bo‘ladi”, deb ta’kidlagan edi. U o'zining “Kitob
surat al-arz” (“Yer surati”) asarida 637 ta noyob (muhim) tabiiy
joylar, 209 ta tog‘laming geografik tafsilotlarini bergan hamda
Do'stlaringiz bilan baham: |