qaramasdan, hamon o‘zining axloqiy-ma’naviy ahamiyatini
yo‘qotmasdan kelraoqda. Zero, maqsad - yer, suv, daraxt, kiyim,
yotoq, joy, inson va hokazolaming poklanishi orqaii
barcha
yaratilgan moddiy va ma’naviy dunyoda odamzodning tinch va
ezgu hayot kechirishiga qaratilgan bo‘lib, buning uchun
Zardushtiylikning asosiy axloqiy-falsafiy tamoyili - ezgu fikr,
ezgu so‘z va ezgu amal birligiga amal qilmoq lozim. Ana shunda,
“Avesto”da ta’kidlanishicha: “Xonadon ham bo‘ladi toza; toza
bo‘lur olov, suv va yer; toza erur sigir va daraxt; ...musaffodir
yulduz, oy, quyosh va bepoyon osmon, pok bo‘lg‘uvchi barcha
ezgulik!”. Demak, qadimgi ajdodlarimizning insonning axloqiy
qiyofasi hamda ma’naviy kamoloti bo'yicha insoniylik g ‘oyalari
o ‘z ifodasini topgan “Avesto”dagi diniy, mifologik va ijtimoiy
g‘oyalar bilan birga go‘zallik, ezgulik, yaxshilik, ma’naviy
poklanishni va insonlarning tabiat va atrof-muhit bilan bog‘liqligi,
ular o‘rtasidagi munosabatlarni ulug‘lovchi g‘oyalar bugun ham
biz uchun dasturamaldir.
Shunday qilib, “Avesto”dagi: “Yosh avlodga inson butun
umri davomida yer, olov, suv va havoni, umuman, dunyodagi
jamiiyki narsalami pok va bus-butun asrashga burchlidir, inson
o ‘zi o ‘sib-ulg‘aygan zaminni sevsa, ardoqlasa, atrof-muhitni toza
saqlashni o ‘zining vatanparvalik burchi deb tushunmog‘i kerak”,
degan g‘oyalar bugungi yoshlarimizga ham mos kelishini, ular
ma’naviyati tarbiyasidagi o ‘mi hozirgi kunda ham juda ahamiyatli
ekanligini e ’tirof etish joiz.
-1 4 -
EKOLOGIYA
Hayvon va o‘simliklar hayotining tashqi muhit bilan
bog‘ liqligi
Do'stlaringiz bilan baham: |