О е. X o ‘j a n a z a r o V, М. M ir s o V u r o V, Т. N o r b o b o y e V a ekologiya va barqaror taraqqiyot ta’limi


Download 6.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/112
Sana15.10.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1704269
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   112
Bog'liq
Ekologiya va barqaror taraqqiyot ta`limi

cp
 
S avol va to p sh ir iq la r
• 
1. Suvning ahamiyatini tushuntiring?
2. 
Suvdan global foydalanish
nima?
3. 
Suvyetishmaslik indeksi
haqida to‘xtaling?
4. Suvni ifloslanishi qanday ro‘y beradi?
5. Oqova suvlar qanday tozalanadi?
6
. 0 ‘zbekistonda suv isle’moli qanday taqsimlangan?
ll- § . O rol va O rolbo’yi ekologik m uam m olari
Oroi dengizini Markaziy Osiyoning ikki buyuk daryosi -
Amudaryo va Sirdaryo to‘yintiradi. Sobiq Ittifoq davrida paxta 
dalalarining kengaytirilishi sug‘orish uchun ikkala daryoning 
suvlaridan keng miqyosda foydalanishni taqozo etdi. Suvni olish va 
isrofgarchilik bilan foydalanish natijasida dengizga kam hajmda suv 
keldi.
Ayniqsa, XX asming 80-yillarida Amudaryo va Sirdaryodan 
Orol dengiziga suv quyilishi amalda to‘xtadi. Natijada Orol dengizi 
quriy boshladi (5-rasm). Yillar davomida Orol dengiziga suvning 
kam quyilishi 
holatlarini, ya'ni 
1977-yildan 2012-yillar 
oralig‘idagi Orol dengizi suv sathining pasayib ketishi bilan bog‘liq 
holatlarni 
tahlil qilish orqali, 
Orol dengizi muammosining 
global ekologik muammoga aylanganligiga guvoh bo‘lamiz (6- 
rasm).
- 6 2 -


EKOLOGIYA
Orol dengizining qurib qolgan joylari
5-rasm
()’/. vaqtida dunyoda ichki dengizlar orasida kattaligi bo‘yicha 
to‘rtinchi o‘rinda turgan Orol dengizining qurishi atrof mintaqa 
iqlirni va bioxilma-xilligi uchun, uzoq muddatli salbiy oqibatlarga 
olib keldi. Cho‘l shamollari qum va tuzni katta masofalarga 
uchirdi, havzaning butun hududi maydonlarida millionlab tonna 
tuz to‘plandi, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bu holat dengizdan ancha 
uzoqdagi tog1 И tizmalar muzliklariga ham ta’sir ko‘rsatdi.
Orol va Orolbo’yidagi ekologik ahvolning keskinlashuvi jahon 
jamoatchiligini tashvishga solmoqda. Orol tangligi eng yirik 
regional ekologik halokatlardan biri bo‘lib, dengiz havzasida 
yashaydigan 35 milliondan ortiq kishi, shu jumladan 0 ‘zbekiston 
aholisining katta qismi ham uning ta’siri ostida yashamoqda. 
Orolbo’yi aholisining kasallanishi ko'p jihatdan Orol dengizining 
qurigan tubidan 
ko‘chadigan chang to‘zonlar 
tuz va zararli 
moddalar bilan atmosfera havosining ifloslanishiga, shuningdek 
sifatli ichimlik suvi bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi bilan 
bevosita 
bogiiq. Hozirgi kunda Orol dengizi havzasidagi 
sug‘oriladigan yerlaming 60 % idan ortig‘i sho‘rlangan (2007-yil 
ma’lumoti).
- 6 3 -


O rol dengizi suv zahirasining yillar davom idagi o‘zgarishi
EKOLOGIYA
6
-rasm .
2007-yilga kelib Orol dengizi suv sathi 29 metrga pasaydi, 
akvatoriya maydoni 5,8 baravar kamaydi, suv hajmi 1064 km3 
dan 80 km3 gacha pasaydi. suv sho‘rligi dengizning g‘arbiy 
qismida 110-112 g/1, sharqiy chuqurligida esa 280 g/1 ga yetdi. 
Dengiz sohildan 120-200 kilometrga uzoqlashdi va o‘zining 
orqasida sobiq dengiz tubida 45 ming km2 dan ortiq tuzli cho‘l 
qoldirdi. 2011 -yildagi ma’lumotga asosan, Orol dengizining suv 
sathi 26 metrga pasaygan. Sho‘rlanish darajasi esa, g ‘arbiy qismda 
120 g/1 gacha, sharqiy qismda esa 280 g/1 gacha yetgan.
-
6 4
-


E K O U T G I Y / V
Orolbo‘yining butun hududi bo‘yicha ichimlik suvining 
minerallashuvi, umumiy qattiqligi, sulfatlar va xloridlar miqdori 
bo‘yicha sifati yomonlashgani qayd qilindi.
Har yili Orol dengizining qurigan tubidan 1 5 - 7 5 million 
tonnagacha tuz va chang ko‘tarilib, juda katta hududda havo va 
tuproqning ifloslanishiga olib kelmoqda. Orolbo‘yida tabiiy va 
antropogen choMlashishning sur’ati ortib bormoqda.
0 ‘sib borayotgan suv tanqisligi 
va uning sifatining 
yomonlashishi tuproq va o ‘simlik qoplamining tanazzulga 
uchrashini, hududning flora va faunasidagi keskin o'zgarishlarni, 
ondatrachilik, baliqchilik, baliqni qayta ishlash tarmoqlarining 
inqirozini keltirib chiqardi. Jumladan, bu yerda 23 turdagi yowoyi 
holda o‘sadigan o\simliklar yo'qoldi.
Orol dengizining qurigan o‘mida qum va tuzlarning shamol 
bilan uchirilishiga qarshi chora ko‘rish uchun sun’iy o‘rmonlar 
bunyod qilish katta 

Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling