О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov
Download 6.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya 8
8 4 ^
54-rasm. Ovqatning yutilishi sxemasi: I - burun bo‘shlig'i, 2 - halqum, 3 - ovqat luqmasi, 4 - hiqildoqusti tog‘ayi, 5 - qizil o‘ngach, 6 - kekirdak. Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring: 1. Ovqat hazm qilish sistemasi bo‘limlarini tartib bilan yozing: A - ingichka ichak, В - oshqozon, D - to‘g‘ri ichak, E - og‘iz bo‘shlig‘i, F - qizilo'ngach, G - yo‘g‘on ichak, H - halqum. 2. Og'iz bo‘shlig‘ida joylashgan tishlar nomi va ular sonini juftlab yozing: A - kurak, В - katta oziq, D - kichik oziq, E - qoziq; 1 - 12, 2 - 4, 3 - 8. 3. Tishlaming qismlari va ularga xos belgilarni juftlab yozing: A - ildizi, В - bo'yinchasi, D - koronkasi, E - emali, F - pulpasi; 1 - milkdan chiqib turadigan qismi, 2 - ichki kovagi, 3 - jag‘ suyagi katakchasiga kirib turadigan qismi, 4 - milk o‘rab turadigan qismi, 5 - koronkani qoplab turadi. 0 ‘ylab javob bering: 1. Nima sababdan qotgan non oddiy nonga nisbatan shirinroq bo'ladi? 2. Nima sababdan sumalak pishirishda uiini bug‘doy maysasi shirasi bilan qorilib, qaynatiladi? 27-§. O v q a t h a z m q ilis h s is te m a s i o r g a n la r in in g tu z ilis h i v a fu n k s iy a s i Oshqozon. Oshqozon qorin ba‘shlig‘ining yuqori qismida, diafragma ostida joylashgan. Uning sig‘im hajmi katta yoshdagi odamlarda 2 litrdan 2,5 litrgacha. Oshqozon devorining shilliq pardasida oshqozon shirasi ajratib chiqaradigan juda ko‘p mayda bezlar joylashgan (55-rasm). Oshqozonning yuqori — kardial. 85 pastki— pilorik va chap tomonga kengaygan tanasi bor. Oshqozon shirasi tarkibida shilimshiq modda, fermentlar va xlorid kislota bo'ladi. Shilimshiq modda osh qozon devonni mexanik shikastlanishdan va fermentlar ta’siridan himoya qiladi. Fermentlar ovqat tarkibidagi oqsillar va yog‘lami parchalaydi, Xlorid kislota mik- roblami zararsizlantiradi va oshqozon shirasi fermentlari ishini faollashtiradi. Ovqat 4 -8 soatdan so‘ng ingichka ichakka o'tkaziladi. Oshqozonosti bezi aralash sekretsiya bezi bo‘lib, uning Langergans orolchasi deb ataladigan kichik qismi ichki sekretsiya bezi funksiyasini bajaradi. Qolgan qismi esa o‘n ikki barmoq ichak bo‘shlig‘iga hazm shirasi ishlab chiqaradi. Uning shirasi tarkibida ichakdagi oqsillar, yog‘lar va karbonsuvlarni parchalovchi fermentlar bo‘ladi (55-rasm). Jigar. Jigar qorin bo‘shlig‘i yuqori qismida, o‘ng tomonda, qovurg‘a yoyi ostida joylashgan. Jigar hujayralari o‘t suyuqligi ishlab chiqaradi. Bu suyuqlik o‘t pufagida to‘plamb, maxsus naycha orqali o‘n ikki barmoq ichak bo‘shlig‘iga chiqariladi. 0 ‘t suyuqligi yog‘larni emulsiyalab, hazm bo‘lishini tezlashtiradi. Bundan tashqari, jigar organizmni turli xil zaharli moddalardan himoya qiladi. Jigar qonni filtrlab, oziq moddalar bilan qonga so‘riladigan zaharli moddalardan tozalaydi. Ingichka ichak. Ingichka ichak odam bo'yidan 3 -4 marta uzun boladi. Uning oldingi qismi o ‘n ikki barmoqli ichak deyiladi. 0 ‘n ikki barmoq ichakning uzun- ligi 12 ta qo‘l barmoqlari kengligi - 25—30 cm ga yaqin keladi. Uning diametri ichakning boshqa qismlariga nisbatan kengroq. 0 ‘n ikki barmoq ichakka osh qozonosti bezi va jigaming o‘t yo‘li ochiladi. Ingichka ichakning yo‘g‘on ichakka o‘tadigan qismida kalta ко1 richak joylashgan. Uning keyingi qismida ingichka 1 Download 6.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling