О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov
- mikroblarni zararsizlantirish, fermentlar ishini faollashtirish, 2
Download 6.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 28-§. Ovqat hazm qilishning boshqarilishi
1 - mikroblarni zararsizlantirish, fermentlar ishini faollashtirish, 2 - oshqozon
devorini mexanik ta’sir, fermentlardan himoya, 3 - oqsillar va yog'larni parchalash, 4 - oshqozon shirasi ajratib chiqarish. 2. Ingichka ichak qismlari va ular funksiyasini juftlab ko‘rsating: A - oshqozonosti bezi, В - o‘n ikki barmoqli ichak, D - shilliq parda bezlari, E - fermentlar, F - 87 vorsinkalar, G - limfa tugunlari; 1 - devori orqali oziq moddalar qon va limfaga so‘riladi, 2 - antitelolar ishlab chiqariladi, 3 - unga oshqozonosti bezi va jigar yo'li ochiladi, 4 - shirasi tarkibida fermentlar bor, 5 - oqsil, yog‘, karbonsuvlarni parchalaydi, 6 - ichak shirasi ishlab chiqaradi. Olylab javob bering: Oshqozon va ichak shirasi tarkibida oqsillami pachalovchi fermentlar bor. Bundan tashqaii, oshqozon shirasi tarkibidagi xlorid kislota to‘qimalarni yemirish xususiyatiga ega. Agar shunday bo‘lsa: 1. Oshqozon devorini hosil qiluvchi moddalar oqsillardan iborat. U holda nima sababdan oshqozon shirasi oshqozonning o‘zini hazm qilmaydi? 2. Oshqozon shirasi tarkibida yog‘larni parchalovchi fermentlar ham bo'ladi. U holda nima sababdan yog‘lar asosan ichakda hazm bo‘ladi? 28-§. Ovqat hazm qilishning boshqarilishi Oshqozonda ovqat hazm bo‘lishini o‘rganish mctodlari. Ovqat hazm qilish organlari ishlashini kuzatib bo‘lmaydi. Shu sababdan uzoq davr davomida hazm qilish jarayonlari hayvonlarni yorib ko‘rish orqali o‘rganib kelingan. XIX asr o‘rtalarida rus olimi VA. Basov itlar oshqozoniga fistula qo‘yish orqali oshqozon shirasi ajratib olish metodini yaratdi. Lekin bu usulda olingan oshqozon shirasi ovqat bilan aralash bo'lganligi uning tarkibini batafsil o‘rganishga imkon bermasdi. Rus olimi I.P. Pavlov ovqat bilan aralashmagan toza oshqozon shirasi olish metodini ishlab chiqdi. U yaratgan metod oshqozon shirasi tarkibi va miqdorini aniqlash hamda organizmda shira ajralishini boshqarishni oVganishga imkon yaratdi. U oshqozonga ovqat tushib, shiraga aralashmasligi uchun qizilo‘ngachni kesib fistula qo‘yadi. Oshqozonning kesilgan uchlarini tashqariga chiqarib, teriga tikib qo'ydi. Og'izga tushgan ovqat qizilo‘ngach orqali yana tashqariga chiqib turgan, toza oshqozon shirasi esa fistula orqali toma boshlagan. Ana shu yo‘l bilan I P. Pavlov oshqozon shirasi faqat ovqat yeganda emas, balki ovqatni ko‘rganda, hidini sezganda yoki ovqatlanish bilan bog‘liq boshqa sabablar, masalan, chiroq yoqilganda ham ajralishini tushuntirib berdi. Shifoxonalarda oshqozon va ichak shirasini tekshirish, hazm qilish organlari faoliyalini oVganishda zondktsh, rentge- noskopiya, endoskopiya metodlaridan foydalaniladi. Rentgenoskopiya metodidan 88 foydalanilganida bemorga rentgen nurlarini o‘tkazmaydigan moddadan tayyorlan- gan bo‘tqa ichiriladi. So‘ngra rentgen ekranida hazm qilish nayi har xil qismlarining chegarasi aniqlab olinadi. Hazm qilish organlari endoskopiya orqali tekshiriladigan organga maxsus optik asbob - endoskop kiritiladi. Mazkur metod orqali hazm qilish organlari va bezlarning sekret chiqarish yo‘lida paydo bo'lgan kasalliklarni aniqlab olish mumkin. So‘ngi yillarda ichki organlar va to‘qimalarda paydo bo‘la- digan kasalliklarga tashxis qo‘yishda ultratovush, kompyuter tomografiyasidan keng miqyosda foydalanilmoqda. Ovqatlanish gigiyenasi. Ishtaha ovqatning xilma-xilligi, ko‘rinishi, hidi va ta’miga, ovqat tayyorlanadigan va tortiladigan idishlarnmg ko‘rinishiga ham da odamning kayfiyatiga bog‘liq. Dasturxon yaxshi bezatilib, ovqat chiroyli idishlarga did bilan suzilganida, ishtaha ovqat yemasdan oldin ochiladi. Har xil ziravorlar, tuzlangan va achchiq salatlar hamda sabzavotlar ishtahani qo‘zg‘atadi. Ovqatlanayotgan paytda qattiq shovqin, kitob o'qish, ko‘ngilga yoqmagan voqea va narsalarni eslash esa ishtahani bo‘g‘adi, ovqat hazm bo‘lishini qiyinlashtiradi. Shoshilmasdan, me’yorida ovqatlanish ovqat yaxshi hazm bo‘lishining asosiy shartidir. Ko‘p yeyilganida ham ovqat yaxshi aralashmasligi sababli odam bo'kib qoladi. Shuning uchun bir kunda 3—4 marta oz-ozdan ovqat yeyish kerak. Ovqat hazm qilishning nerv orqali boshqarilishi. Tilda va og‘izning shilliq pardasida ovqatning ta’mini sezadigan retseptorlax joylashgan. Ovqat mazasi ta’su-ida hosil bolgan qo‘zg‘alish sezuvchi nervlar orqali bosh miyadagi ovqat hazm qilish markaziga uzatiladi. U yerdan qo‘zg‘alish so‘lak va oshqozon devori bezlariga kelib, so‘lak va oshqozon shirasi ajralishiga ta’sir etadi. So‘lak va oshqozon shirasi odam ovqatni ko‘rganda, uning hidini sezganda, hatto ovqat to‘g‘risida o‘ylaganda yoki eshitganda ham ajraladi. I.P. Pavlov odam ovqatni ko'rganda va uning hidini sezganda ajraladigan shirani so'lak shirasi deb atagan. Ovqat hazm qilishning gumoral boshqarilishi. Gipofiz bezidan ajraladigan gormonlarning ba’zilari ovqat hazm qilish bezlari ishini kuchaytiradi, qalqonsimon bezning tiroksin gormoni esa bu bezlar ishini susaytiradi. Bundan tashqari, ovqat hazm qilish shartli reflekslar orqali ham boshqariladi. Bu reflekslaming markazi bosh miya katta yarimsharlarining po‘stloq qismida joylashgan. Yuqori haroratning ovqat hazm bo‘lishiga ta’siri. Tashqi muhitning issiq harorati ovqat hazm qilish organlari faoliyatiga salbiy ta’sir kocrsatadi. Yoz faslida so‘lak bezlari, oshqozon-ichak shilliq pardasi ostida joylashgan mayda bezlarning 89 ish faoliyati sezilarli pasayadi. Bu bezlardan so‘lak va shira ajralishi ham kamayadi. Jigar ham kamroq o‘t suyuqligi ishlab chiqara boshlaydi. Oshqozon va ichak muskullarining peristaltik va mayatniksimon harakati sekinlashadi. Shu sababdan issiq yoz kunlari odamning ishtahasi bo‘g‘iladi: yog‘li, go‘shtli, qovurilgan ovqatlarning hazm bo‘lishi og‘irlashadi, qorin dam bo‘ladi. Yoz kunlari odam organizmi suv va suyuq ovqatlar, meva va ko‘katlarni ko‘proq talab qiladi. Kaloriyaga boy yog‘li ovqatlar kamroq iste’mol qilinganligidan yoz kunlari odam tez charchaydi, uning ish qobiliyati pasayadi. Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib W ring: 1. Hazm qilish organlarini tekshirish metodlari va ularga mos keladigan tushunchalarni juftlab yozing: A - zondlash, В - rentgenoskopiya, D endoskopiya; 1 - bemorga rentgen nurlarini o'tkazmaydigan moddadan tayyorlangan bo‘tqa ichiriladi, 2 - tekshiriladigan organga maxsus optik asbob - endoskop kiritiladi, 3 - tekshiriladigan organga elastik rezina naycha kiritiladi. 2. Og'izga ovqat tushganida nerv impulslari o‘tadigan yo'lni tartib bilan ko‘rsating: A - harakadantiruvchi nerv, В - uzunchoq miyadagi ovqatlanish markazi, D - sezuvchi nerv, E - so‘lak va oshqozon bezlari, F - ta’m bilish retseptorlari. 3. Ovqat hazm qilishning gumoral boshqarilishini tartib bilan ko‘rsating: A - shira ajraladi, В - shira ajralishi kuchayadi, D - oshqozonga ovqat tushadi, E - ovqatdagi faol moddalar hazm bezlariga ta’sir etadi. 0 ‘ylab javob bering: «Ishtaha ovqat yeyilayotganda keladi» deyishadi. I.P. Pavlov ovqatni ko‘rganda, uning hidini sezganda yoki ovqatlanish bilan bog'liq boshqa hodisalar ta’sirida ajraladigan oshqozon shirasini «ishtaha shirasi» deb atagan. Agar shunday bo'lsa, u hoi da: 1. Qaysi moddalar ta’sirida ovqatlanayotgan kishining ishtahasi ochiladi? 2. Nima sababdan ovqatni oz-ozdan va shoshilmasdan yeyish kerak? 3. Nima sababdan «Qorning to‘ymasidan qo‘lingni tort» deyishadi? Download 6.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling