О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov
-§. Oshqozon-ichak kasalliklari va ularning oldini olish
Download 6.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichburugvabo, ichterlama, yuqumli gepatit
29-§. Oshqozon-ichak kasalliklari va ularning oldini olish
Oshqozon va ichakning yallig‘lanishi. Ovqatlanish tartibining buzilishi, o‘ta achchiq, sifatsiz tayyorlangan taomlar, spirtli ichimliklarning muntazara iste’mol qilinishi oshqozon shilliq pardasining yalligManishi - gastritga yoki ingichka 90 ichak shilliq pardasining yallig‘lanishi enteritga olib keladi. Bu kasalliklarda qorin og'rib, ich ketish yoki qabziyat paydo bo'ladi, ba'zan odamning ko'ngli ay nib, qayt qiladi. Oshqozon va ichakning yuqumli kasalliklari. Yuqumli kasalliklar ovqat hazm qilish sistemasiga kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlar ko‘p miqdorda tushib qolganida paydo bo‘ladi Botulizm eskirib qolgan go‘shtli oziq-ovqat iste’mol qilinganida ovqatdan zaharlanish oqibatida paydo bo'ladi. Kasallangan odamga bir necha piyola iliq suv ichiriladi. So‘ngra tomoqqa chpy qoshiq yoki barmoq tiqib, sun’iy qusdirish orqali ovqat oshqozondan chiqarib tashlanadi. Ichburugvabo, ichterlama, yuqumli gepatit kabi kasalliklar mikroblari asosan pashshalar orqali yuqadi, Bu kasalliklar mikroblari ichimlik suvi va ba’zan bemor foydalangan narsalax orqali ham yuqishi mumkin. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda antibiotik dori-darmonlardan keng miqyosda foydalaniladi. Ovqatdan zaharlanish. Eskirgan mahsulotlarning iste’mol qilinishi ovqatdan zaharlanishga sabab bo'ladi. Bunday hollarda ovqatni oshqozondan tezroq chiqarib tashlash lozim Buning uchun yuqorida kocrsatilganidek, sun’iy qayt qilish (qusish) paydo qilinadi. Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va pishirishda gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganida kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar oziq- ovqat bilan birga organizmga tushib, qorin terlamasi, vabo, ichburug5 kabi xavfli kasalliklar paydo boMishi mumkin. Oshqozon-ichak kasalliklarining tarqalishiga quduq, daryo, ariq va boshqa ichish uchun foydalaniladigan suv havzalariga oqib tushadigan tashlandiq suvlar sabab bo‘lishi mumkin. Ichak kasalligini qo‘z- g'atadigan mikroorganizmlar pashshalar, bemor foydalangan sochi q, idish-tovoqlar va buyumlar orqali ham tarqaladi. Odam organizmi ovqat hazm qilish yo‘llarida kasallik tug‘diruvchi mikro- organizmlarga qarshi himoya vositalari mavjud. Shu jumladan, so'lak tarkibi dagi lizotsim, oshqozon shirasi tarkibidagi xlorid kislota va jigar ishlab chiqa- radigan o‘t suyuqligi ko‘pchilik mikroorganizmlami yo‘q qiladi. Ammo bu mod dalar organizmni to‘la-to‘kis himoya qilolmaydi. Kasallik tug‘diruvchi mikroor ganizmlar tez ko‘payib ketganida va organizmning himoya vositalariga chidamli mikroorganizmlar paydo bo'lganida ularga qarshi kurashish uchun turli xil dori- lardan foydalaniladi. Ichak infeksiyalariga qarshi kurashda antibiotiklardan foydalaniladi. Lekin antibiotiklar kasallik tug‘diruvchi bakteriyalar bilan birga foydali bakteriyalar, 91 masalan, ichak tayoqchasi bakteriyasini ham o‘ldiradi. Shu sababdan antibiotik dorilardan faqat shifokor nazorati ostida foydalanish zarur. Ichakdagi foydali mikroorganizmlax kamayib qolganida ovqat hazm bo‘lishi izdan chiqishi mumkin. Sut-qatiq mahsulotlari, sabzavot, meva va yirik tortilgan undan tayyorlangan mahsulotlar foydali ichak florasini ko‘paytirib, ovqat hazm bo‘lishini izga tushirishga yordam beradi. Oshqozon va ichakning parazitar kasalliklari. Parazit chuvalchanglarning tuxumlari va lichinkalari bilan zararlangan mahsulotlarning iste’mol qilinishi, gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik kasallanishga olib keladi. Askarida, bolalar gijjasi, qoramol tasmasimoni, exinokokk eng keng tarqalgan parazit chuvalchanglar hisoblanadi. Parazit chuvalchanglar zararlangan yoki chuvalchanglarning tuxumlari bilan ifloslangan sabzavot, mevalar, go‘sht va boshqa mahsulotlar, shuningdek, parazitlar tuxumlari bilan ifloslangan qo‘l orqali yuqadi. Spirtli ichimliklar va chekishning ovqat hazm qilishga ta’siri. Spirt oshqozon devoridan qonga so‘rilib, oshqozon bezlari faoliyatini tezlashtiradi, shira ajralishini kuchaytiradi. Buning natijasida spirtli ichimlik ichgan kishining ishtahasi ochilib, ko‘p ovqat yeydi. Lekin keyinchalik bezlar faoliyati pasayib, shira ajralishi kamaya boradi. Ichishga ruju qo‘ygan kishining ishtahasi yo'qolib, organizmida ovqatning hazm bo'lishi va so'rilishi qiyinlashadi. Spirtli ichimliklarni surunkali iste’mol qilish oshqozon shilliq qavatining yallig'lanishi - gastritni paydo qiladi. Alkogol ta’sirida jigar hujayralari yallig‘lanib, surunkali jigar kasalligi - gepatit kelib chiqadi. Gepatit alkogol ta’sirida jigar sirrozi (jigar hujayralarining yemirilishi)ga olib keladi (57-rasm). Bundan tashqari, spirtli ichimliklar fermentativ sistema ishini buzib, organizmda vitamin taqchilligiga sabab bo‘lishi, oshqozonosti bezining yallig‘lanishi {рапкгеаЩт keltirib chiqarishi mumkin. Ovqat hazm qilish sistemasiga tamaki tutuni tarkibidagi nikotin va benzol kabi zaharli moddalar ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu moddalar oshqozon shilliq qavatini yallig‘lantirib, surunkali gastrit, hatto oshqozon yarasini paydo qiladi. Chekish qon tomirlarini toraytinb, shira ajralishini buzadi. Tamaki tutuni og‘iz bo‘shlig‘idagi retseptorlaming sezuvchanligini pasaytiradi. Shu sababdan chekuvchilarning ta’m bilish qobiliyati va ishtahasi pasayadi. Nos chekish ovqat hazm qilish sistemasiga yanada kuchliroq ta’sir qiladi. Nos tarkibida nikotin va boshqa zaharli moddalar bilan birga ohak va kul ham bo'ladi. Bu moddalar so‘lak ta’sirida erib, til ostidan qonga so‘riladi. Nosning bir qismi Download 6.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling