О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

92


а 
Ъ
57-rasm. Sog‘lom (a) va alkogol ichuvchi (b) odam jigari.
og'iz bo‘shlig‘idan so'lak bilan oshqozon va ichakka tushib, ular shilliq pardasi 
yallig'lanishiga sabab bo'ladi. Nos va tamaki chekadigan kishilar orasida og‘iz 
bo‘shlig‘i, qizilo‘ngach, oshqozon raki ko‘proq uchraydi.
Yuqumli kasalliklarning oldini olish. 
Yuqumli kasalliklar va parazit chu- 
valchanglar yuqishining oldini olish uchun ovqatlanishdan oldin qo‘lni sovunlab 
yuvish, meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvib iste’mol qilish, qaynatilgan 
suv ichish, go‘sht mahsulotlarini yaxshi pishirib yeyish, mevalarga pashshalar 
qo'nmasligi uchun ularni yopiq saqlash lozim.
Gigiyena qoidalariga rioya qilish ovqat hazm qilish organlarining ish faoliyati 
normal bo‘lishida va oshqozon-ichak kasalliklarining oldini olishda muhim 
ahamiyatga ega. Hazm qilish organlari gigiyenasi og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasidan 
boshlanadi. Ovqat hazm qilish organlarini kasallanishdan saqlashda tozalikka 
va ovqatlanish rejimiga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. Aralash ovqatlar 
oshqozonda taxminan to‘rt soat davomida hazm bo‘ladi. Shuning uchun har to‘rt 
soatda ovqatlanib turish zarur. Ovqatlanish rejimining buzilishi surunkali gastrit 
va oshqozon yarasi kabi kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring:
1. Ovqat bilan zaharlanishda amalga oshiriladigan tadbirlarni tartib bilan ko‘rsating: A -
yutilgan ovqat chiqarib tashlanadi, В - til ildizi yoki tomoq orqa devori qitiqlanadi
D - zaharlangan odamga bir stakan iliq suv ichiriladi, E - sun’iy qayt qildiriladi.
2. Hazm qilish sistemasi kasalliklari va ularga xos xususiyatlami juftlab yozing: A 
gepatit, В - sirroz, D - gastrit, E - pankreatit, F - xolera; 1 - jigaming infeksiyasiz 
kasalligi, 2 - jigar hujayralarining yemirilishi, 3 - oqova suv orqali tarqaladigan 
kasallik, 4 - oshqozonosti bezi kasalligi, 5 - oshqozon kasalligi.


0 ‘ylab javob bering:
1. Nima sababdan: «Qoming og'risa nafsingni tiy», deyiladi.
2. Qon aylanish sistemasi orqali qonning oqishini nazarda tutgan holda quyidagi 
jumboqni yeching: Nima sababdan exinokokk pufagi, odatda, yurakda emas, balki 
jigai yoki o‘pka to‘qimalarida hosil bo‘ladi7
3. «Kasai bo'lsang nafsingni tiy, oqil bo‘lsang tilingni..» maqoli qanday tarbiyaviy 
ma’noga ega?

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling