O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov


Download 95.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet167/221
Sana12.11.2023
Hajmi95.66 Kb.
#1769026
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   221
Bog'liq
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J

Lazzat. 
0 ‘zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti («Don» ilmiy 
ishlab chiqarish birlashmasi)ning seleksiya navi. Skorospeliy X Zimiston 
duragay kombinatsiyasidan yakkalab tanlash yo‘li bilan yaratilgan.
Mualliflar: Eshmirzayev K.E., Ergashev N., Oleynik P.P., Abdiyev 
X., Amanov A.A., Isaqov K.
1996 yildan Jizzax, Q ashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining 
lalmikor yerlarida davlat ro ‘yxatiga kiritilgan.
Tur xili traskaukaziko-lyutessens, o ‘rta Yevropa guruhiga mansub. 
0 ‘simlik butasimon, yig‘iq, balandligi 40-45 sm, poyasi yarimshtamb,


to ‘g‘ri tugallangan, yashil, och kulrang, qalin tukli, qo‘ltiq osti gullari 
yakka-yakka, o ‘rtacha kattalikda, oq. Dukkagi rombsimon, o ‘tkir uchli 
va siyrak tukli. Urug‘i burchaksimon, g‘adir-budir, och sariq rangli. Mayda 
u ru g ii nav, 1000 ta donining vazni 158,7-170,0 g. 0 ‘rtacha hosildorlik 
(1998-2000) sinov yillarida lalmikor nav sinash shoxobchalarida gektaridan 
4,8 s, ob-havp qulay kelgan yillari 8,0 sentnergacha.
O'rtapishar, qurg‘oqchilik va dukkak yorilishiga bardoshli. Navning 
ta ’m sifati yaxshi, oqsil miqdori 26,0-28,0 %. Askaxitoz bilan kuchsiz 
darajada zararlanadi.
Uzbekistanskiy-32. 
0 ‘zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti 
(«Don» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi)ning seleksiya navi.
Milyutinskiy 4 x K-1062 (Ispaniya) duragay kombinatsiyasidan ko‘p 
marotaba yakkalab tanlash y o ii bilan yaratilgan.
Mualliflar: Oleynik P.P., Ergashev N.
1992-yildan respublika bo‘yicha lalmikor yerlarida davlat ro‘yxatiga 
kiritilgan.
Tur xili Komekum, Yevropa-Osiyo turiga kiradi.
0 ‘sim lik b u tasim o n , yig‘iq sh akld a, baland lig i 50 sm. Poyasi 
yarimshtamb, to ‘g ‘ri tugallangan, yashil, kulrang, qalin tukli. Q o itiq
osti gullari yakka-yakka, yirik, oq, dukkagi rombsimon, o ‘tkir uchli, 
tukli. Doni burchaksimon, g‘adir-budir, sargish pushti. 1000 ta donining 
vazni 260,0 g. 0 ‘rtacha hosildorlik (1999-2000) sinov yillarida lalmikor 
nav sinash shoxobchalarida gektaridan 5,0 5,2 s, ob-havo qulay kelgan 
yillari 9,0-12,0 s gacha. 0 ‘rtapishar, o ‘sish davri 72-75 kun. Yotib qolish, 
to ‘kilish, qo‘rg‘oqchilik va dukkak yorilishiga bardoshli. Donining sifati 
yuqori, ta ’m sifati 5,0 ball. Nav oqsilga boyligi bilan farqlanadi, oqsil 
miqdori 28,0% gacha. Askaxitoz biian kuchsiz darajada zararlanadi. Sifati 
bo‘yicha qimmatbaho nut navlari guruhiga kiradi.
Yulduz. 
0 ‘zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti («Don» ilmiy 
ishlab chiqarish birlashmasi)ning seleksiya navi.
K-821 (Ispaniya) x Uzbekistanskiy-8 duragay kombinatsiyasidan ko‘p 
m arotaba yakkalab tanlash y o ii bilan yaratilgan.
Mualliflar: Oleynik P.P., Eshmirzayev K.E., Ergashev N.
1980-yildan Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, 
Toshkent viloyatlarining lalmikor yerlarida davlat ro ‘yxatiga kiritilgan.
Tur xili komekum, 0 ‘rta Osiyo kichik turi. Butasi tik turuvchan, yig‘iq, 
kulrang, qalin tukli, gullari oq, yirik, yakka.


Dukkagi bir-ikki donli. Doni g‘adir-budir, o ‘rtacha kattalikda, kesik 
qirrali, xira oq, kertigi sarg‘ish oq. 1000 ta donining vazni 295,0-340,0 g. 
0 ‘rtacha hosildorlik (1998-2000) sinov yillarida lalm ikor nav sinash 
shoxobchalarida gektaridan 5,0-5,8 s, ob-havo qulay kelgan yillari 8,0-
12,0 s ni tashkil etadi. 
'
0 ‘rtapishar, o ‘sish davri 72-76 kun, q u rg‘oqchilikka va dukkak 
yorilishiga bardoshli. Navning ta ’m sifati yaxshi, oqsil miqdori 26,0-27,0 
%. Askaxitoz bilan zararlanishga moyil. Sifat bo‘yicha qimmatbaho nut 
navlari guruhiga kiradi.

Download 95.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling