O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov


N o‘xatni parvarish qilish


Download 95.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet163/221
Sana12.11.2023
Hajmi95.66 Kb.
#1769026
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   221
Bog'liq
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J

N o‘xatni parvarish qilish. 
Tuproq qatqalog'ini yumshatish va begona 
o‘tlarni yo‘qotish maqsadida no‘xat ekilguncha va maysalagandan keyin 
yer boronalanadi. Maysalangandan keyin boronalash og‘ir yoki o‘rtacha 
og‘irlikdagi boronalarda ko‘ndalangiga ishlanadi. Maysalar 3-4 ta barg 
chiqarib, b o ‘yi 5-6 sm ga yetganda dalalar yengil, o ‘rtacha boronada 
k o ‘ndalangiga yoki diagonal bo'ylab ishlanadi. Yerni asosan kunning 
ikkinchi yarmida, o ‘simliklarning turgor holati susayib, uncha m o‘rt 
bo‘lmaganda boronalash kerak.
N o‘xat 1-2 marta sug‘oriladi. Yerosti suvlari yuza joylashgan yerlarda 
bir m arta sug‘oriladi. N o ‘xat yozda ekilganda uni o ‘sha paytda yoki 
keyin 60-70 sm oraliqda olingan chuqur b o ‘lm agan egatlar orqali 
sug'orish lozim. 0 ‘sish davrida no‘xat egat orqali yoki taxtalarga suv 
bostirib sug'oriladi.
N o‘xat hosilini yig‘ib olish. 
N o‘xat bir vaqtda yetilmaydi. Avval eng 
bo‘liq pastki dukkaklari, so‘ngra yuqoridagilari pishadi. Tupdagi hamma 
dukkaklaming pishishini kutib bo‘lmaydi, chunki bunda pastki dukkaklar 
chatnab, doni sochilib ketadi. N o ‘xat pishganda tupi yerga yotib qolib 
bir-biriga chirmashib ketadi. Shuning uchun alohida, ikki m uddatda 
yig‘ish eng yaxshi usul hisoblanadi. N o ‘xat 70 % pastki dukkaklari 
pishganda terila boshlanadi. N o‘xat palagi JBL-3,5, JNU-3,2, JNB-3,5 
rusumli maxsus o‘roq mashinalarda o ‘riladi. 2-3 kundan keyin uyumlar 
SK-3, SK-4 rusumli yig‘uvchi o ‘ziyurar kombaynlarda yig‘ib olinadi.


Yanchib olingan n o ‘xat don tozalash mashinalarida tozalanadi, nami 
14-15 % qolguncha quritilib, yaxshi shamollatiladigan quruq binolarda 
1,2-2 m qalinlikda yoyib qoplarga solib saqlanadi.
N o ‘xat yoppasiga gullaganda ko‘kat o‘g‘it sifatida tuproqqa qo‘yib 
hay dab yuboriladi. Haydashdan oldin n o ‘xat o ‘simligi ustidan katka 
bosiladi. So‘ngra dala uzunasiga va ko‘ndalangiga disklab maydalanadi 
va 25-30 sm chuqurlikda haydash bilan bir vaqtda boronalanadi.

Download 95.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling