O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov


Download 95.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet185/221
Sana12.11.2023
Hajmi95.66 Kb.
#1769026
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   221
Bog'liq
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J

Yetishtirish usullari. Burchoq uchun kuzgi don ekinlari va qator oralari 
ishlanadigan o ‘simliklar yaxshi o ‘tmishdosh hisoblanadi. Burchoqning 
o ‘zi esa d u k k a k lila rd a n ta sh q a ri b o sh q a ek in lar uch u n yaxshi 
o ‘tmishdoshdir. Bizda burchoqning kuzgi yoki bahorgi don ekinlaridan 
so‘ng takroriy ekin sifatida angizga joylashtirgan m a’qul. Burchoq don 
ekinlaridan keyin ekilib, yigishtirib olinsa, kelgusi yilgi paxta uchun eng 
yaxshi o ‘tmishdosh o ‘simlik hisoblanadi. Burchoq urugiariga nitragin 
bilan ishlov berilsa, juda k o ‘p tuganaklar hosil qiladi. Bu esa, kelgusi


yilgi o ‘simlik uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi. Burchoqni ko‘k 
poyasi uchun ekib, yana shu joyga oraliq kuzda PYa-3-35 rusumli plug 
bilan 28-30 sm chuqurlikda shudgor qilinadi. Gektariga 40-45 kg fosforli 
o‘g‘it solinadi. 0 ‘simlik ang‘izga ekiladigan b o isa, yer darhol sug‘oriladi 
va tobiga kelishi bilan chizellanadi.
Burchoq o ‘simligi asosan fosforli va kaliyli o ‘g ‘itlarga talabchan 
b o ia d i, azotli o ‘g‘itlarni kam miqdorda berish lozim. Q ora tuproqli 
joylarda burchoq ekilgan dalalarga gektariga 2-2,5 s superfosfat berish 
tavsiya qilinadi. Burchoqqa kaliyli o ‘g‘it solinadi. Mineral o ‘g‘it to iiq
berilganda, hosildorlik o ‘g‘it solinmagan dalaga qaraganda 9-10 s ga 
oshadi. Burchoq boshqa dukkaklilar ichida nitraginga moslashishi bilan 
ajralib turadi. A garda tuproqda muqim tuganak bakteriyalar b o is a 
o ‘sirfilik ana shu bakteriyalarni o ‘zlashtirib oladi va tu proqd a azot 
miqdorini oshiradi. Burchoq ana shu xususiyatlariga ko‘ra ham ko‘pgina 
o ‘simliklar uchun yaxshi o ‘tm ishdosh hisoblanadi. Tuproq va havo 
harorati quruq b o isa , tuganak bakteriyalarning faoliyati sustlashadi. 
Sug‘oriladigan sharoitda tuganak bakteriyalarning faoliyati oshadi.
Ekiladigan burchoq urug‘i sifatli b o isa , hosildorlik yuqori b oiad i. 
Shuning uchun hajmi yirik, tekis, sogiom , unuvchanligi yuqori, turli 
begona o ‘tlarning urugiaridan tozalangan u ru g iar ekilsa, ijobiy natijalar 
beradi. Ekiladigan urugiarning unuvchanligi 90-95 %, tozaligi esa 97-99 
%, namligi 14 % b o iish i kerak. Burchoq u r u g i ekilganda don hosili 
nisbatan kamroq boiadi. Burchoq tor qatorlab ekiladi. U rug‘ olish uchun 
qatorlab ekilganda hosildorlik birmuncha yuqori b o iad i.
Burchoqning qaysi usulda ekilishi tuproq iqlim sharoitiga bog iiq. 
U rug‘ning mayda-yirikligiga qarab ekish me’yori gektariga 170-250 kg 
ni tashkil etadi.
Burchoqni ko‘k massa olish uchun suli, arpa o ‘simliklari bilan aralash 
holda ekish mumkin. Bunda urug‘ me’yori 25-30 % ga kamayadi. Bizning 
sharoitda burchoqni qator oralari 60 sm kenglikda qilib ekish lozim, 
unib chiqqan urugiari pishguncha 3 marta sug‘oriladi. Sug‘orish me’yori 
gektariga 300-400 m 3. Suvni juda sekin shimdirib, qator tashlab oqiziladi. 
0 ‘suv davrida ikki m arta, begona o ‘tlar k o ‘p b o is a , uch m arta 
kultivatsiya qilinadi. Ikkinchi kultivatsiya bilan bir qatorda fosforli va 
kaliyli o ‘g ‘itlar beriladi. D u kkaklari k o ‘k n o ‘xatga qarag an d a tez 
yorilmaydi, lekin shunga qaramay tezroq yigishtirib olish zarur. Pishgan 
dukkaklari chatnab yorilib to ‘kiladi. Burchoq ekilgan maydonlar ertalab


yoki kechqurun SK-5 NIVA va KEYS kombaynlari bilan o ‘rib olinishi 
lozim.
Donni o ‘rishdan oldin kom baynlarga maxsus o'zgartirish kiritish 
lozim. Buning uchun boronalaming aylanishi daqiqasiga 400-500 marta 
tushirilishi kerak. D on kiruvchi va tushuvchi zazorlar kengaytirilib, 
o ‘ruvchi o ‘roqlar eng pastki nuqtaga tushiriladi.

Download 95.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling