O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov


Download 95.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet135/221
Sana12.11.2023
Hajmi95.66 Kb.
#1769026
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   221
Bog'liq
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J

Arpa-shali mestniy. 
0 ‘zbekiston respublikasi mahalliy seleksiya navi.
1939-yildan Andijon, Namangan, Samarqand, F arg‘ona viloyatlari 
b o ‘yicha davlat ro ‘yxatiga kiritilgan.
0 ‘rtacha don hosildorligi gektaridan 70,0-76,0 sentnerga teng. Doni 
yirik. 1000 ta donining vazni 32,8 g. Nav tezpishar, o ‘sish davri 79-85 
kun, to ‘kilishga bardoshli, lekin yotib qoladi.
0 ‘simlikning bo ‘yi 85-102 sm. Texnologik va yorma sifati o ‘rtacha. 
Pirikulyarioz bilan zararlanmagan.


Lazurniv. 
0 ‘zbekiston sholichilik ilmiy tekshirish institutining seleksiya 
navi. Chatishtirish va ko‘plab tanlash yo‘li bilan yaratilgan. Chatishtirish 
ishlari Kubada olib borilgan. Chatishtirishda (gilyanika-kelib chiqishi 
nom aium ) namuna VIR-4977 x UxROS-59 duragay shakllari ishtirok 
etgan.
Mualliflar: Isxakov Т., Pulina P.A.
1986-yildan Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari 
bo‘yicha davlat ro ‘yxatiga kiritilgan.
Birinchi o ‘zbek uzundonli navi. Hind sholisi tarmog‘iga mansub, tur 
xili gilyanika. Ro'vagi tarqoq, kuchli egilgan. Doni tiniq, uzun. 0 ‘rtacha 
don hosildorligi (1996-2000) sinov yillarida sholichilik nav sinash 
shoxobchalarida gektaridan 50,0-65,5 sentnerga teng.
Kechpishar, o‘sish davri 98-120 kun. Navning texnologik yorma va 
ta ’m sifati yaxshi: tiniqligi 98,0-99,0%, butun guruch miqdori 85,0 % 
gacha. Don sifati bo‘yicha qimmatli navlar qatoriga kiradi. Sinov yillarida 
pirikulyarioz bilan zararlanmagan.
UzROS 7-13. 
0 ‘zbekiston sholichilik ilmiy tekshirish institutining 
seleksiya navi. UzROS x Xarabazu duragay kombinatsiyasidan k o ‘p 
marobata yakkalab tanlash y o ii bilan yaratilgan.
Mualliflar: Kosarev N.I., Svejakova Ye.M.
1948-yildan Andijon, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, 
Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha davlat ro ‘yxatiga kiritilgan.
Vulgaris tur xiliga mansub. 1000 ta donining vazni 30,5 g. Nav yotib 
qolish va to ‘kilishga bardoshli. 0 ‘rtacha don hosildorligi 1999-2000-sinov 
yillarida 0 ‘rtachirchiq sholichilik nav sinash shoxobchasida gektaridan
51,0 sentnerni tashkil etdi. Nav kechpishar, o ‘sish davri 128 kun. Eng 
erta muddatlarda va respublikamizning janubiy tumanlarida ekish tavsiya 
etiladi. Texnologik va yorma sifati yuqori: yorma chiqishi 66 %, butun 
guruch miqdori 80 %. T a ’m bahosi yuqori (5,0 ball). Sinov yillarida 
pirikulyarioz bilan zararlanmadi. Qimmatbaho sholi navlari qatoriga 
kiradi.
Nukus-2. 
0 ‘zbekiston sholichilik ilmiy tekshirish institutining seleksiya 
navi. Vir-4969, Italiyadan keltirilgan (Qorbetta) va Karlik Shilovskiy bilan 
chatishtirish yo‘li bilan yaratilgan.
Mualliflar: Pulina P.A., Babaniyazov Т., Rixsiyeva S.
1989-yilda Qoraqalpog‘iston respublikasi bo‘yicha davlat ro ‘yxatiga 
kiritilgan.


Dixroa turiga mansub. Supurgisi kam egilgan, qiltiqli. Qiltig‘i egri- 
bugri, som onsim on-sariq, q irrasi q o ‘n g ‘ir. D oni tiniq, dum aloq, 
tuxumsimon.
1000 ta donining vazni 28,2-28,8 g. 0 ‘rtacha don hosildorligi 2000- 
2004-sinov yillarida sholichilik nav sinash shoxobchalarida gektaridan 
72 sentnerga teng.
0 ‘rtapishar, o ‘suv davri 80-95 kun. Nav kalta poyali (70-77 sm), jadal 
o‘sadi. Unib chiqish davrida sug‘orishga katta ahamiyat berish kerak. 
Yotib qolish va to ‘kilishga bardoshli.
Texnologik, yorma va pishirish sifati yaxshi: tiniqligi 91,0%, butun 
guruch miqdori 86,0 %, kashasining ta ’mi 4,0 ball.
Qimmatbaho sholi navlari qatoriga kiradi.
Sinov yillarida pirikulyarioz bilan zararlanmadi.

Download 95.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling