O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov


Download 95.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet168/221
Sana12.11.2023
Hajmi95.66 Kb.
#1769026
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   221
Bog'liq
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J

Biologik xususiyatlari. 
Mahalliy no‘xat issiqsevar o ‘simliklarga kiradi, 
biroq dastlabki paytlarda u issiqni kam talab qiladi. Urug‘i 3-4 °C issiqda 
unib chiqa boshlaydi, 8°C da 9-10 kunda maysa chiqaradi. N ut maysa 
chiqargandan keyin, ayniqsa, gullash va hosil tugish davrida issiqni ko‘p 
talab qiladi. Bu davrda o ‘simlik me’yorida rivojlanishi uchun harorat 20 
°C b o ‘lishi kerak. N utning maysalari yirik b o ‘lib, -10-11 °C gacha 
sovuqqa chidaydi. Voyaga yetgan o ‘simliklar -8°C sovuqqa chidaydi. 
Respublikamizda qish yumshoq kelgan va yog‘ingarchilik yaxshi bo‘lgan 
yillari kuzgi no‘xat yaxshi qishlaydi va bahorgisiga qaraganda m o‘l hosil 
olinadi. N ut qurg‘oqchilik va qattiq issiqqa chidamli b o ‘lib, barcha 
dukkakli don ekinlaridan ustun turadi. U askaxitoz kasalligidan qattiq 
kasallanadi. Bahor seryomg‘ir, havo sernam bo‘lsa, zamburug1 avj olib 
rivojlanadi. N ut qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lishiga qaramay, yerning 
q o ‘shim cha n am lan ish id an unch a t a ’sirlan m ay di. S ug‘o rilg an d a 
gektaridan 25-32 s gacha hosil olinadi. N ut urug‘i unib chiqishi va o'sishi 
uchun o ‘z vaznidan k o ‘p suv talab qiladi, shuning uchun uni yaxshi 
namlangan yerga ekish kerak.
N u t uzun kun o ‘sim ligidir. L alm ik o r deh q o n ch ilik in s titu ti 
m a’lumotiga k o ‘ra, tekis tepalik joyda ob-havo sharoitiga qarab, nut 
maysalari 15-40 kunda, o ‘rtacha 26-27 kunda unib chiqadi. 37-50 kunda 
maysa chiqqandan keyin o ‘rtacha 45 kunda gullaydi, 80-84 kunda pishib 
yetiladi. Gullashi 16-20 kun, qulay sharoitda 25-30 kun davom etadi, 
gullash qancha uzoq davom etsa, hosili shuncha yuqori bo‘ladi.
Ildizlaridagi bo‘g‘imaklarning rivojlanishi, eng avvalo, yerning nam 
bilan ta ’minlanish darajasiga bog‘liq. Havo quruq kelgan yillari hosili 
kam b o ‘ladi. T og‘ va to g ‘ oldi lalm ikorligida yetishtiriladigan nut 
ildizlarida bo‘g‘imaklar ko‘proq, shartli sug‘oriladigan yerlarda eng ko‘p 
hosil bo‘ladi.


N ut yer tanlam aydigan o ‘simlik. Yaxshi ishlangan, mexanikaviy 
tarkibi yengil, kam zichlashadigan tuproqli yerlarda yaxshi o ‘sadi. 
Shag‘alli, eroziyaga uchragan va o ‘g‘it kam yerlarda o‘smaydi.

Download 95.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling