O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov
Download 95.66 Kb. Pdf ko'rish
|
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzbekistanskiy-32.
Lazzat.
0 ‘zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti («Don» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi)ning seleksiya navi. Skorospeliy X Zimiston duragay kombinatsiyasidan yakkalab tanlash yo‘li bilan yaratilgan. Mualliflar: Eshmirzayev K.E., Ergashev N., Oleynik P.P., Abdiyev X., Amanov A.A., Isaqov K. 1996 yildan Jizzax, Q ashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining lalmikor yerlarida davlat ro ‘yxatiga kiritilgan. Tur xili traskaukaziko-lyutessens, o ‘rta Yevropa guruhiga mansub. 0 ‘simlik butasimon, yig‘iq, balandligi 40-45 sm, poyasi yarimshtamb, to ‘g‘ri tugallangan, yashil, och kulrang, qalin tukli, qo‘ltiq osti gullari yakka-yakka, o ‘rtacha kattalikda, oq. Dukkagi rombsimon, o ‘tkir uchli va siyrak tukli. Urug‘i burchaksimon, g‘adir-budir, och sariq rangli. Mayda u ru g ii nav, 1000 ta donining vazni 158,7-170,0 g. 0 ‘rtacha hosildorlik (1998-2000) sinov yillarida lalmikor nav sinash shoxobchalarida gektaridan 4,8 s, ob-havp qulay kelgan yillari 8,0 sentnergacha. O'rtapishar, qurg‘oqchilik va dukkak yorilishiga bardoshli. Navning ta ’m sifati yaxshi, oqsil miqdori 26,0-28,0 %. Askaxitoz bilan kuchsiz darajada zararlanadi. Uzbekistanskiy-32. 0 ‘zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti («Don» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi)ning seleksiya navi. Milyutinskiy 4 x K-1062 (Ispaniya) duragay kombinatsiyasidan ko‘p marotaba yakkalab tanlash y o ii bilan yaratilgan. Mualliflar: Oleynik P.P., Ergashev N. 1992-yildan respublika bo‘yicha lalmikor yerlarida davlat ro‘yxatiga kiritilgan. Tur xili Komekum, Yevropa-Osiyo turiga kiradi. 0 ‘sim lik b u tasim o n , yig‘iq sh akld a, baland lig i 50 sm. Poyasi yarimshtamb, to ‘g ‘ri tugallangan, yashil, kulrang, qalin tukli. Q o itiq osti gullari yakka-yakka, yirik, oq, dukkagi rombsimon, o ‘tkir uchli, tukli. Doni burchaksimon, g‘adir-budir, sargish pushti. 1000 ta donining vazni 260,0 g. 0 ‘rtacha hosildorlik (1999-2000) sinov yillarida lalmikor nav sinash shoxobchalarida gektaridan 5,0 5,2 s, ob-havo qulay kelgan yillari 9,0-12,0 s gacha. 0 ‘rtapishar, o ‘sish davri 72-75 kun. Yotib qolish, to ‘kilish, qo‘rg‘oqchilik va dukkak yorilishiga bardoshli. Donining sifati yuqori, ta ’m sifati 5,0 ball. Nav oqsilga boyligi bilan farqlanadi, oqsil miqdori 28,0% gacha. Askaxitoz biian kuchsiz darajada zararlanadi. Sifati bo‘yicha qimmatbaho nut navlari guruhiga kiradi. Yulduz. 0 ‘zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti («Don» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi)ning seleksiya navi. K-821 (Ispaniya) x Uzbekistanskiy-8 duragay kombinatsiyasidan ko‘p m arotaba yakkalab tanlash y o ii bilan yaratilgan. Mualliflar: Oleynik P.P., Eshmirzayev K.E., Ergashev N. 1980-yildan Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarining lalmikor yerlarida davlat ro ‘yxatiga kiritilgan. Tur xili komekum, 0 ‘rta Osiyo kichik turi. Butasi tik turuvchan, yig‘iq, kulrang, qalin tukli, gullari oq, yirik, yakka. Dukkagi bir-ikki donli. Doni g‘adir-budir, o ‘rtacha kattalikda, kesik qirrali, xira oq, kertigi sarg‘ish oq. 1000 ta donining vazni 295,0-340,0 g. 0 ‘rtacha hosildorlik (1998-2000) sinov yillarida lalm ikor nav sinash shoxobchalarida gektaridan 5,0-5,8 s, ob-havo qulay kelgan yillari 8,0- 12,0 s ni tashkil etadi. ' 0 ‘rtapishar, o ‘sish davri 72-76 kun, q u rg‘oqchilikka va dukkak yorilishiga bardoshli. Navning ta ’m sifati yaxshi, oqsil miqdori 26,0-27,0 %. Askaxitoz bilan zararlanishga moyil. Sifat bo‘yicha qimmatbaho nut navlari guruhiga kiradi. Download 95.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling