O' zbekiston respublikasi oli y va o r t a maxsus ta'lim vazirlig I abu rayhon beruniy n o m ida g I


 Ko'pmashinali hisoblash majmualari


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/70
Sana22.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1794280
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70
Bog'liq
Kompyuter tizimlari va vositalari

2.3. Ko'pmashinali hisoblash majmualari


Hisoblash majmuasi deb, o 'z tarkibiga o'ziga yuklatilgan funksiyani bajarishni 
ta'minlovchi, bir nechta EHM yoki protsessorlami va umumiy tizimli (bazali) dasturli 
ta'minotni mujassamlashtirgan, texnik va dasturli ta'minot to'plamiga aytiladi. 
EHMlami majmualash jarayonida, ikkita mashinali majmualar konfigurasiyasi ancha 
keng qo'llanila boshlandi. Ikki mashinali majmua konfigurasiyasi oddiyligi, puxtaligi, 
unumdorligi jihatidan ustunroq hisoblanadi.
Ko'pm ashinali hisoblash majmualarida (KM HM ) bog'lanishlar turi. 
EHM lar 
o'rtasidagi bog'lanishlar xususiyatiga qarab majmualami uchta turga bo'lishimiz 
mumkin [1,2,4,18]:
-vositasiz bog'langan;
-to'g'ridan-to'g'ri bog'langan;
-satellitli bog'langan.
Vositasiz bog'langan majmualarda EHMlar bir-birlari bilan faqat tashqi qurilmalar 
orqali bog'langan bo'ladi. Bunday bog'lanishlami tashkil etish uchun bir qancha 
kirishga ega bo'lgan, tashqi xotira qurlmalarini boshqaruvchi qurilmadan foydalaniladi. 
Bunday majmualarda faqat axborot almashish darajasidagina bog'lanishni amalga 
oshirish mumkin. Axborot almashish esa, quyidagicha amalga oshiriladi. Majmua 
tarkibidagi har bir EHM, umumiy tashqi xotiraga o 'z dasturiy ta'minoti orqali axborotni 
joylashtiradi, boshqa EHM esa, o'ziga kerakli bo'lgan axborotni, shu umumiy tashqi 
xotiradan oladi, ya'ni axborot almashish «pochta qutisi» tamoyili asosida olib boriladi. 
Bog'lanishlami bunday tashkil etish, ko'pincha majmua puxtaligini oshirish talab 
qilingan hollarda, ya'ni puxtalikni EHMlami zahiralash hisobiga oshirish hollarida 
qo'llaniladi. Yechishga qo'yilgan masalani asosiy EHM yechadi va natijani umumiy 
tashqi xotiraga joylashtiradi. Zahiradagi EHM doimo kutish holatida turadi va asosiy 
EHM ishdan chiqib qolsa, boshqarish shu EHMga o'tadi.
Vositasiz bog'langan majmualar ishlashini tashkil etishning uchta usuli mavjud.
1) 
Zahiradagi EHM o'chirilgan holatda bo'ladi, faqatgina asosiy EHM buzilib 
qolganda ishga tushiriladi. 2) Zahiradagi EHM har doim asosiy EHMning vazifasini 
bajarishga tayyor holda turadi. 3) Asosiy EHM harn, zahiradagi EHM ham bir vaqtda 
bir xil masalani yechadi, natijani asosiy EHMdan olinadi. Asosiy EHM buzilib


qolgandagina, natija zahiradagi EHMdan olinadi. Bunday hollarda natija olishga 
ketadigan vaqt iqtisod qilinadi, lekin majmuaning narxi ancha baland bo'ladi.
KMHMlarini tashkil etishda to 'g 'ri bog'lanish usulidan juda keng foydalaniladi. 
Bunday tashkil etishning struktura sxemasi 2.6-rasmda keltirilgan.
To'g'ridan-to'g'ri bog'lanishli majmualarda uch xil ko'rinishdagi bog'lanishlardan 
foydalaniladi:
- umumiy OXQ orqali;
- to'g'ridan-to'g'ri boshqaruvchi prosetssor-protsessor bog'lanish;
- adapter kanal-kanal bog'lanish.
Umumiy OXQ orqali bog'lanish, tashqi xotira qurilmasi orqali bog'lanishga 
nisbatan kuchliroq bog'lanish hisoblanadi. Majmuatarkibidagi protsessorlar OXQ ga 
to'g'ridan-to'g'ri murojaat etishlari mumkin, shuning uchun majmuadagi jarayonlar tez 
bajariladi, natija olish, zahiradagi EHMga o'tish vaqtlari minimum darajagacha 
kamayadi. Bunday bog'lanishdagi asosiy kamchilik, agar OXQ ishdan chiqib qolsa, 
tizimning ishlashi buziladi. Bu kamchilikni yo’qotish uchun, bir qancha modullardan 
tuzilgan umumiy OXQ tashkil etib, axborotlami zahiralash kerak bo’ladi. Bu esa, o’z 
navbatida majmua narxining oshib ketishiga olib keladi. Bundan tashqari bunday 
majmualarda hisoblash jarayonlarini tashkil etish ancha qiyinlashadi va operatsion tizim 
murakkablashadi.
Bevosita bog'lanish, ya'ni protsessorlararo to’g'ridan-to’g'ri boshqarish kanali 
orqali bog'lanish, faqatgina axborotli bog'lanish bo’lmay, buyruqli bog'lanish bo’lib 
ham hisoblanadi, ya'ni to’g'ridan-to’g'ri boshqarish kanali orqali bitta protsessor 
boshqa protsessomi bevosita boshqarishi mumkin. Bunday bog'lanishda asosiy EHM 
dan zahiradagi EHMga o’tish dinamikasi ancha yaxshilanib, EHMlar to’liq bir-birlarini 
nazorat qila oladilar.
Bevosita bog'lanishdagi asosiy kamchilik bo’lib, to ’g'ridan-to’g'ri boshqarish 
kanali orqali katta hajmdagi axborotlami uzatish vaqtida, protsessorda masala yechilishi 
to’xtab qoladi.
Kanal-kanal adapteri orqali bog'lanish, umumiy OXQli bog'lanishdagi yuzaga 
keladigan ba'zi kamchiliklami yo’qotish imkoniyatini beradi. Bunday usulda ikkita 
EHM o’zaro, maxsus adapter-qurilmasi yordamida bog'lanadi. Bu qurilma EHM ning
49


selektr kanaliga ulanadi. Adapteming bunday ulanishi EHMlar o’rtasida axborot 
almashish tezligini oshiradi va juda ko’p axborot massivlarini uzatish imkoniyatini 
yaratadi. Bunday bog'lanish struktura sxemasi 2.7-rasmda keltirilgan.
Kanal-kanal adapter (KKA) struktura sxemasi tarkibiga har biri o’z kanaliga 
xizmat ko’rsatuvchi ikkita boshqarish bloki (BB) kiradi. Bu bloklar o’zaro bir qancha 
signalli bog'lanishlar yordamida, bevosita umumiy bir baytli buferli registr orqali 
bog'langan.
EH M 1
Pi
OXQ 1
K C h K l
MK
MK
SK
SK
tlCChQ "Î
UOXQ
EH M 2
KKA
P2
OXQ 2
KChK2
SK
SK
MK
MK
î KChQ 
Î
BQ
ш
TXQ
2.6-rasm. T o'g'ridan-to'g'ri bog'lanishli KMHMlari 
Bu yerda: UOXQ - umumiy OXQ, P - protsessor, KChQ - kiritish-chiqarish 
qurilmasi, 
MK - multurleksli kanal, 
SK - selektorli kanal, KKA - kanal-kanal 
adapteri, BQ - boshqarish qurilmasi.
2.7-rasm. Kanal-kanal adapter struktura sxemasi


Bu yerda: BB-boshqarish bloki, BR-buferli registr.
Axborot uzatish tezkorligi bo’yicha KKA bo’yicha axborot uzatish, umumiy OXQ 
orqali axborot uzatishdan va uzatiladigan axborot hajmi bo’yicha, tashqi xotira 
qurilmasi orqali axborot uzatishdan juda kam farqlanadi. KKA funksiyasi ju d a oddiy 
hisoblanadi. Bu qurilma ikkita EHMning sinxron ishlashini ta'minlashi va axborotlami 
uzatishda ulami buferlashni ta'minlashi kerak.
To’g'ridan-to’g'ri bog'langan majmualar, vositasiz bog'langan majmualarga 
xarakterli bo’lgan KMHMlarini tashkil qilishdagi barcha usullami amalga oshirish 
imkoniyatini beradi.
Real majmualarda bir vaqtda EHMlar o ’rtasida ikkita yoki undan ko’p 
bog'lanishdan foydalaniladi.
Satellitli EHMga ega ko’p mashinali majmualar uchun xarakterli bo’lib bog'lanish 
usullari emas, balki EHMlaming o’zaro munosabatlari hisoblanadi. Axborotni dastlabki 
qayta ishlashini bajaruvchi EHM satellitli mashina deyiladi. Masalan, yuqori 
unumdorlikka ega bo’lgan asosiy (markaziy) EHM asosan axborotni qayta ishlashni 
amalga oshirsa, nisbatan kam unumdorlikka ega bo’lgan EHM1, EHM2, EHM31ar 
axborotlami kiritish-chiqarish, ulami ko’rib chiqib markaziy EHMga uzatish kabi 
vazifalami bajaradi. 2.8-rasmda KMHMlaming iyerarxik strukturasi keltirilgan.
Bunday majmualaming asosiy xususiyatlari bo’lib, har bir EHM bajaradigan 
funksiyalarining turlicha bo'lishligiga qaramay, 
bir-biriga bog'liqligi va bir-biriga 
bo’ysunishi hisoblanadi.
Shunday qilib, satellitlar asosiy EHM bilan tashqi qurilmalar, tashqi xotira 
qurilmasi, uzoqdajoylashgan ma'lumotlami uzatish qurilmasi orqali ulangan qurilm alar 
orasidagi axborot almashishni tashkil etishga m o’ljallangandir. Satellitli EHM asosiy 
yuqori unumdorlikka ega EHMni qo’shimcha xizmatlami bajarishdan, 
y a'n i 
murakkablik talab qilinmaydigan operatsiyalami bajarishdan ozod qiladi.
Ba'zi bir majmualar o’z tarkibiga bir qancha satellitli EHMni kiritadi va h ar bir 
satellitli EHM o’ziga mo’ljallangan vazifani bajaradi. Masalan, bittasi asosiy EHM
bilan kiritish-chiqarish qurilmasini bog'lash uchun ishlatilsa, boshqasi abonentlar bilan 
bog'lanish uchun ishlatiladi.


Ba'zi bir majmualar o ’z tarkibiga bir qancha satellitli EHMni kiritadi va har bir 
satellitli EHM o’ziga m o’ljallangan vazifani bajaradi. Masalan, bittasi asosiy EHM 
bilan kiritish-chiqarish qurilmasini bog'lash uchun ishlatilsa, boshqasi abonentlar bilan 
bog'lanish uchun ishlatiladi.
2.8-rasm. KMHM iyerarxik strukturasi
Satellitli majmualarda EHMlar o’rtasidagi bog'lanishlar kanal-kanal adapterlari 
orqali amalga oshiriladi. Keyingi yillarda zamonaviy protsessorlar yaratilishi, satellitli 
majmualaming rivojlanishida muhim o’rinni egallamoqda. Ulaming rivojlanishi bilan 
hisoblash majmualarining unumdorligi yanada kengaymoqda.

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling