O' zbekiston respublikasi oli y va o r t a maxsus ta'lim vazirlig I abu rayhon beruniy n o m ida g I


  EH M bilan bog'lanish kanalini ulash


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/70
Sana22.11.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1794280
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70
Bog'liq
Kompyuter tizimlari va vositalari

6.2. 
EH M bilan bog'lanish kanalini ulash 
Axborotlarni bog'lanish kanali orqali uzatish uslublari
Bizga ma'lumki, bog'lanish kanali bog'lanish simlari va MUAdan tashkil topadi. 
M a'lumotlami uzatish uchun turli tipdagi bog'lanish simlaridan foydalaniladi: 
o’tkazuvchanli, kabelli, radioreleyli, volkon-optik, yerdagi va sputnik orqali radiokanalli 
bog'lanishlar. Kabellar o’ralgan ikkita simdan yoki koaksial kabeldan tashkil topadi. 
EHM bilan bog'lanish kanalini bog'lovchi vositaning asosiy bajaradigan funksiyasi, 
EHMning kiritish-chiqarish kanali va ma'lumotlami uzatish apparati orasida ma'lumot 
almashishdan iborat. M a'lum ot almashish kiritish-chiqarish buyruqlari bilan 
dasturlanadi.
EHM bilan bog'lanish kanalini ulash uchun quyidagi qurilmalardan foydalaniladi:
• Chiziqli adapterlar;
• Ma'lumotlami uzatish multipleksori;
• Ma’lumotlami teleqayta ishlash protsessorlari.
Chiziqli adapter (ChA) - bu EHMni bitta uzatish kanali bilan ulovchi qurilma 
hisoblanib, u bir tomondan EHMning kiritish-chiqarish interfeysiga, ikkinchi tomondan 
bog'lanish kanaliga xizmat ko’rsatuvchi MUAga ulanadi va quyidagi funksiyalami 
bajaradi:
• kiritish-chiqarish buyrug'ini MUA ishlashini boshqaruvchi signalga aylantiradi;
• EHMni kiritish-chiqarish kanaliga kelib tushayotgan ma'lumotlar ketma-ketligini, 
MUA orqali bog'lanish kanali bo'yicha uzatilayotgan bitlar ketma-ketligiga 
aylantiradi va bog'lanish kanali bo'yicha qabul qilinayotgan ma'lumotlami qayta 
o'zgartiradi.
Teleqayta ishlash tizimlarida EHMga bir qancha bog'lanish kanallari ulanganligi 
sababli, har bir kanal uchun chiziqli adapterdan foydalanish qurilmalar uchun 
xarajatlami ancha oshirib yuboradi. Shuning uchun bunday tizimlarda chiziqli 
adapterlardan foydalanish qulay hisoblanmaydi.
Bog'lanish kanallarining asosiy xususiyatlari bo'lib, ulaming o'tkazuvchanlik 
xususiyati va ma'lumotlami uzatishdagi aniqlilik xususiyati hisoblanadi.


Kanalning o'tkazuvchanlik xususiyati, birlik vaqt ichida kanal bo'yicha 
uzatilayotgan ma'lumot bitlarining chegaraviy soni bilan baholanadi va bit\sek birlik 
bilan o'lchanadi.
Ma'lumotlami uzatishdagi aniqlilik, m a'lum ot bitlarining buzilish ehtimolligi bilan 
xarakterlanib, bog'lanish kanali uchun 
qo'shimcha vositalarsiz 
xatoliklardan 
himoyalanish 1 O’4”7", 10"6% ni tashkil etadi.
Bog'lanish kanalidan ma'lumotlami uzatish uchun foydalanishning samaradorligi 
V=S/F formula orqali aniqlanadi. Bu yerda, S-kanalning o'tkazuvchanlik xususiyati, 
F=fYu-fp 
chastota polosasi bo'lib, o'tkazgich bo'yicha samarali uzatilayotgan 
ma'lumotlami fP past va fyu yuqori chastota chegarasi hisoblanadi. Ko'proq 
ishlatiladigan kanal bu 3,lkGs 
o'tkazuvchanlikka, fp=0,3 kGs dan fyu=3,4 kGs gacha 
chastota diapozoniga ega bo'lgan telefon kanali hisoblanadi. Kommutatsiya qilinuvchi 
telefon kanali ma'lumotlami S=1200bit\sek tezkorlikda uzatilishini ta'minlaydi. 
300bit\sekunddan 600 bit\sek o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega kanallar past 
tezkorlikka, 600bit\sekunddan 4800 bit\sekundgacha o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega 
kanallar o'rta tezkorlikka, undan yuqori o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega kanallar 
yuqori tezkorlikka ega kanallar hisoblanadi.
Ma'lumotlami uzatish yo’nalishiga qarab kanallar simpleks, yarimsimpleks, va 
dupleks kanallarga bo'linadi.
Simpleks kanal ma'lumotlami faqat bir yo’nalishga uzatish imkoniyatiga ega, ya'ni 
bitta abonent ma'lumot uzatadi, ikkinchi abonent faqat qabul qilib oladi.
Yarimdupleks kanal navbatma-navbat ma'lumotni ikkita yo'nalish bo'yicha 
uzatadi, ya'ni birinchi abonent ma'lumot uzatadi, ikkinchi abonent shu m a'lum otga 
ishlov berib yana birinchi abonentga uzatadi.
Dupleks kanal bir vaqtda ma'lumotni ikkita yo'nalishga uzatish imkoniyatiga ega. 
Bu esa uning tarkibida to'rtta bog'lovchi o'tkazgichdan foydalanish hisobiga amalga 
oshiriladi.
Ma'lumotlami uzatishda aniqlikni oshirish uchun asosiy kanalga qo'shim cha 
unchalik katta bo'lmagan o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo'lgan teskari kanal 
ulanishi mumkin. Masalan, 1200bit\sek tezkorlikda axborot uzatayotgan kanalga, 
tezkorligi 75bit\sek bo'lgan teskari kanal ulanadi. Teskari kanal orqali m a'lum otlar
157


blokini qabul qilib olinganligi haqida signal yuboriladi, agar yuborilgan ma'lumotlarda 
xatoliklarga yo’l qo'yilgan bo'lsa, uni qaytadan yuborish kerakligi haqida signal 
yuboriladi.

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling