O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi
Sifatiy gistoximiyaviy usullar
Download 403.61 Kb.
|
gistologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miqdoriy gistoximiyaviy usullar
- Maxsus eksperimental – morfologik tadqiqot usullari.
Sifatiy gistoximiyaviy usullar. Binobarin, sifatiy gistoximiyaviy tekshirish usullari preparatlar strukturasidagi ximiyaviy moddalar taqsimotini aniqlash yo’lida turli xil ximiyaviy reaktsiyalardan foydalanishga asoslangan. Demak, ular yordamida to’qimalarda sodir bo’lib turadigan moddalarning almashinuv jarayonlari hamda fiziologik jarayonlar haqida aniq tasavvurga ega bo’lish mumkin. Ular yordamida organ, to’qima, hujayralarning ximiyaviy tuzilishi o’rganiladi.
Miqdoriy gistoximiyaviy usullar – bular yordamida, odatda, muayyan to’qima va hujayralar strukturasi aniqlanadi. Radioavtografiya usuli. Bu usul yangi zamonaviy usul bo’lib, uning yordamida hujayra va to’qimalardagi moddalar almashinuvi o’rganiladi. Buning uchun hayvon organizmiga ovqat hazm qilish sistemasi orqali yoki in’esiya yo’li bilan har xil radioaktiv elementlar yoki noshonlangan birikmalar yuboriladi. Radioaktiv fosfor P32, C14, S3, H3 yoki har xil izotoplar, chunonchi radioaktiv izotop kabilar shular jumlasidandir. Maxsus eksperimental – morfologik tadqiqot usullari. Hozirgi vaqtda hayvonlar yoki odam organlari, to’qimalari va hujayralarining tuzilish hamda funktsiyasini har tomonlama o’rganish, tadqiqot usullaridan tashqari, yana bir usullar borki, ularga maxsus eksperimental – morfologik tadqiqot usullarini kiritish mumkin. U asosan amaliy tekshirishning usullari bo’lib hisoblanadi. Tekshirishning bu usuli o’z ichiga odatda radiasioner ximerlar, diffuzion kameralar usuli va organ hamda to’qimalarni transplantasiya qilish usullarini o’z ichiga oladi. Gistologiya fani tarixini o’rganar ekanmiz, u anatomiya fani bilan uzviy bog’liqligining va keyin uning bir shaxobchasi sifatida ajralib chiqqanligining guvohi bo’lamiz. Chunki gistologiya, yuqorida aytib o’tilganidek, to’qimalar haqidagi fan hisoblanadi. Eramizdan oldingi V-IV asrlarda yashab ijod etgan yunon faylasuf va olimlari Gippokrat, Aristotel medisina bilan biologiya fanlariga salmoqli hissa qo’shganlar. Aristotel odam va hayvonlarning aorta, difragma, traxeya, mekoniy kabi a’zolarining anatomik tuzilishini o’rganish bilan birga to’qimalarni bir – biridan farq qilib, tog’ay, suyak, yog’ to’qimalariga ajratgan. Mazkur to’qimalar nomini ham 1 – marta Aristotelning o’zi qo’llagan. Abu Ali ibn Sino odam va hayvonlar organlarini, to’qimalarini hozirgi til bilan aytganda, albatta, anatomiya nuqtai nazaridan o’rgangan. Shu tufayli ham u to’qimalarning mikroskopik tuzilishini va vazifasini yozib qoldirgan. G.Galiley dastlab teleskop yaratdi. 1609-1610 yillarda mikroskop konstruktsiyasini ishlab chiqdi. Botaniq olim Neemiya Gryu to’qimalar haqida tadqiqot ishlari olib borib, 1-marta fanga to’qima tushunchasini kiritdi. Ivan Kulemon, M.V.Lomonosov, Ya.Ye. Purkinelar ham o’z hissalarini qo’shganlar. Ya.Ye.Purkine tovuq tuxumi yadrosini, keyinchalik bir necha boshqa to’qimalar yadrosini, undan so’ng hujayra protoplazmasini atroflicha o’rganib, ularni ta‘riflab berdi. Gistolog va fiziolog A.I. Babuxin Moskvada birinchi bo’lib gistologiya kafedrasini ochdi. Muskul va nerv to’qimalarining mikroskopik tuzilishi va vazifasiga oid ishlar shu yerda o’z ifodasini topdi. A.A.Zavarzin Leningrad universitetida evolyusion gistologiyaga asos soluvchilardan biri bo’ldi. U to’qimalarning evolyusion taraqqiyoti bilan shug’ullandi. N.G.Xlopin gistologiya fanida o’zining “to’qimalarning divergen evolyusiyasi” g’oyasi bilan mashhurdir. B.M.Lavrentev neytogiyatologiya sohasida buyuk kashfiyotlar qildi. Yirik gistologlardan A.Ye.Rumyansev, B.G.Xrushyov va boshqalar biriktiruvchi to’qima gistofiziologiyasini atroflicha o’rganib, unga kiruvchi to’qima hujayralari bilan mexaniq elementlarning mikroskopik tuzilishini va har qaysisining organizmdagi fiziologik faoliyatini mukammal o’rganib, gistofiziologiya faniga yangi tadqiqotlar bilan kirdilar. Umuman olganda, gistologiya fanining rivojlanishiga olimlarning hissalari nihoyatda ulkan hisoblangan. Download 403.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling