O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi


Download 403.61 Kb.
bet8/40
Sana17.06.2023
Hajmi403.61 Kb.
#1522019
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
Bog'liq
gistologiya

4.Muskul to’qimasi organizmda morfologik tuzilishi va joylashgan o’rniga ko’ra ikki xil, ya`ni silliq va ko’ndalang yo’lli muskul to’qimalari uchraydi. Silliq muskul to’qimasi tolachalardan tarkib topgan. Muskullarning asosiy vazifasi organizmning tashqi va ichki organlari harakatini ta`minlashdan iborat.
Silliq muskul asosan ichki organlarning muskul qavatini tashkil qiladi va ritmik holda qisqarib turarkan, hech qachon charchamaydi, odam yoki hayvon ixtiyorsiz harakatlanib turadi. Ko’ndalang yo’lli muskul asosan skelet muskulaturasini tashkil etib, tez qisqarib, tez charchaydi. Qisarish yoki yozilish ham ixtiyoriy yuzaga keladi. Ammo yurak muskuli ham ko’ndalang yo’lli muskul tolasidan tashkil topganiga qaramay, silliq muskullariga o’xshab ixtiyorsiz qiskqrish xususiyatiga ega. Silliq muskullar mezenximadan, ko’ndalang yo’lli muskullar mezodermadan rivojlanadi.
5.Nerv to’qimasi nerv hujayralari asosan neyronlar bilan neyrogliyadan tashkil topgan. Neyronlarning vazifasi tashqi va ichki ta`sirini qabul qilib, uni bir neyrondan ikkinchi neyronga o’tkazishdan iborat. Neyrogliya hujayralarining vazifasi ham nerv hujayralarining vazifasidan uzviy bog’langan bo’lib, trofik mexaniq, tayanch va fagositoz vazifalarni bajaradi. Nerv to’qimasi organizmning embrional rivojlanishi davrida embrionning ektoderma hujayralaridan ajratib chiqadi va rivojlanadi. Neyrogliya hujayralari mezenximadan tarqaladi.
Bazal membrana organizmda uchraydigan to’qima hujayralaridan epiteliosit va endoteliositlarning bazal qismlari, ularning ostida joylashgan biriktiruvchi to’qimadan bazal membrana orqali ajralib turadi. Xuddi shunga o’xshash, ko’ndalang yo’lli muskul tolalari ham bazal membrana yordamida atrofdagi to’qimalardan ajralib turadi. Bazal membrana aniq morfologik tuzilishga ega bo’lmagan parda bo’lib, uglerod, oqsil va lipoproteid moddalardan tarkib topgan murakkab tuzilmadir. U o’z faoliyatida trofik to’siq va chegaralab turuvchi kabi muhim vazifalarni bajaradi. Bazal membrana ( plastinkada) qon tomirlar bo’lmaydi, uning atrofidagi to’qima hujayralariga oziq moddalar shu parda orqali filtirlanib o’tadi, shu bilan ular to’qimalararo moddlara almashinuvida ishtirok etadi.
Har bir organ bir nechta to’qimalar yig’indisidan tashkil topgan, masalan, ovqat hazm qilish sistemasidagi organlar tarkibida epiteliy, biriktiruvchi to’qima, silliq muskul, nerv to’qimalari, bezlar va boshqa to’qimalar bor. Har bir organ stroma va parenxima qismlaridan iborat bo’lib, stroma shu organ negizini tashkil qilib turuvchi to’qimadan iborat bo’lsa, parexima shu organga xos epiteliy yoki spetsifik vazifani bajaruvchi to’qima hujayralaridan tashkil topgan. Bular hamma vaqt bir-biri bilan uzviy bog’liq holda ishlaydi.



Download 403.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling