O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi


Download 403.61 Kb.
bet7/40
Sana17.06.2023
Hajmi403.61 Kb.
#1522019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40
Bog'liq
gistologiya

1.Epiteliy to’qimasi o’ziga xos morfologik tuzilishga ega bo’lib, hujayralari zich, ya`ni qatlam-qatlam bo’lib joylashgan. Bu to’qimalar orqali organizm bilan tashi muhit o’rtasida moddalar almashinuvi sodir bo’ladi. Bundan tashqari, himoya qilish, so’rash, sekresiya qilish xususiyatiga ega bo’lgan epiteliy ham bor. Еpiteliy to’qimasi embrion rivojlanish davrida organizmning uchala varag’idan hosil bo’ladi va o’zi qoplab to’rgan organ va sistemalarni, ko’p hujayrali hayvonlarning tashqi va ichki epidermos qavatini, ovqat hazm qilish sistemasini, havo yo’llari siydik va tanosil yo’llari shilliq pardasini, seroz pardalari shuningdek, organizmda bir qator bezlarning o’z vazifasini bajarishda ishtirok etadi. Bordi-yu shu organ yoki sistemalar, hayvonning terisi yoki shilliq pardalari shikastalansa epitelizasiya sodir bo’lib, o’rnida yangi epiteliy to’qimasi hosil bo’ladi.
2.Qon va limfa bular suyuq holda bo’lishiga qaramay, to’qimalarga qo’shib o’rganiladi. Chunki ular tarkibida jihatidan suyuq hujayralararo moddadan va undan erkin suzib yuruvchi to’qima hujayralaridan moddalar almashinuvida o’ziga xos muhim vazifani bajaradi. Organizm uchun zarur bo’lgan moddalar yetkazib berish bilan birga moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo’lgan chiqindi mahsulotlarini ajratish organlar orqali tashqariga chiqadigan ishtirok etadi, kislorod almashinuvida esa aktiv qatnashadi. Shu bilan birga barcha organlar o’rtasida gimoral vazifasini o’taydi, ya`ni organizmga garmonlar mineral tuzlar va vitaminlar yetkazib beradi.
3.Biriktiruvchi to’qima bunga siyrak bitiruvchi to’qima, tog’ay va suyak to’qimalar kiradi. Biriktiruvchi to’qimalarning asosiy morfologik o’xshashligi, ular to’qima hujayralarida va tolali hujayralararo moddadan tashkil topgandir bu to’qimalar organizmda trofik, plastik, himoya, mexaniq va tayanch vazifalarni bajaradi.
Bu o’rinda shuni qayd qilish kerakki, qon, limfa va biriktiruvchi to’qimalar embrional rivojlanish davrida uning mezenxima hujayralaridan hosil bo’ladi. Shuning uchun ayrim qo’llanmalarda bu to’qimalar mezenxima to’qima deb, bir guruhga qo’shib ham o’rganiladi.

Download 403.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling