O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi


Gistologiya fanining mazmuni, vazifalari, rivojlanish tarixi, tadqiqot usullari


Download 403.61 Kb.
bet2/40
Sana17.06.2023
Hajmi403.61 Kb.
#1522019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
gistologiya

Gistologiya fanining mazmuni, vazifalari, rivojlanish tarixi, tadqiqot usullari.
Reja:

  1. Gistologiya fanining mazmuni va vazifalari.

  2. Gistologiyada qo’llaniladigan tadqiqot usullari.

  3. Fanning rivojlanish tarixi.

Asosiy tayanch tushunchalar.. Gistologiya, gistoximiya, gistofiziologiya, qiyosiy gistologiya eksperimental gistologiya, tasviriy gistologiya.
Ma’lumki hayvonlarning ham, odamning ham organizmi hujayralardan va ularninig yig’indisi-to’qimalardan tarkib topgan. Hayvonlar bilan odam tanasidagi barcha kichik katta organlar o’ziga xos hujayra va shu hujayralardan tashkil topgan to’qimalardan tuzilgan. To’qimalarning tuzilishi, rivojlanishini, hayotiy faoliyatini odatda gistologiya o’rganadi. Gistologiya ham fundamental morfologik fan bo’lib, uning asosiy predmeti tirik materiya tashkil topishida moddiy asos bo’lib xizmat qiladigan to’qima-murakkab biologik sistemadir. Gistologiya – yunoncha so’z bo’lib, histos – to’qima, logos – fan degan ma’noni anglatadi. Biz gistologiyani bir necha guruhlarga bo’lib o’rganamiz. Bo’lib o’rganishdan maqsad, birinchidan, metodik jihati bo’lsa, ikkinchidan organizmning o’ziga xos qismlarini sistemaga solib o’rganishdir. Uchinchidan, bu usul to’qimalarni ularninig evolyutsiyasi jarayonida morfologik-qiyosiy o’rganish imkonini beradi. Binobarin, gistologiyadagi konkret tadqiqot ob’yektlari, shuningdek, murakkab tekshirish usullari uni tarmoqlarga bo’lib o’rganishni taqozo etmoqda. Natijada, gistologiyaning gistoximiya, gistofiziologiya, qiyosiy gistologiya, eksperimental gistologiya, tasviriy gistologiya, evolyutsion gistologiya, ekologik gistologiya kabi sohalari yuzaga keldi. Gistoximiya to’qimalarning ximiyaviy xossalarini o’rganadi. Bu bo’limda gistologiya gistologik va ximiyaviy usullar yordamida hujayra va to’qimalarning tuzilishi, ulardagi ximiyaviy elementlarning taqsimlanishi o’rganiladi. Gistoximiyaviy usullar yordamida hujayra va to’qimalarninig tuzilishi, ulardagi ximiyaviy elementlarning taqsimlanishi o’rganiladi. Gistoximiyaviy usullar yordamida oqsillar, fermentlar, aminokislotalar, uglevodorodlar, lipidlar va boshqalarni ham aniqlash mumkin. Gistofiziologiya hayvonlar va odam hujayralari va to’qimalarining mikroskopik tuzilishini ularning vazifasiga bog’lab o’rganadi. Chunki hozir gistologiyada to’qimalarning faqat mikroskopik yoki ultramikroskopik tuzilishini o’rganmasdan, balki har qaysi to’qima, hujayra, organoid va hujayra kiritmalarning tuzilishi,ularda sodir bo’ladigan har qanday o’zgarishi fiziologik vazifasi bog’lab o’rganiladi.

Download 403.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling